Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə3/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

Vazifalar

  • korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, tashqi iqtisodiy sohada mamlakatning raqobatbardosh ustunliklarini amalga oshirish bo’yicha kompleks bilimlarni shakllantirish,;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat nazariyasi va amaliyotini ochib beruvchi kontseptual apparatni o’zlashtirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ishlash, xalqaro va milliy huquq manbalari bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ilmiy va axborot adabiyotlari bilan mustaqil ishlash uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikma va bilimlarni shakllantirish;

  • korxonada tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va korxonaning eksport salohiyatini oshirish yo'llarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy shartnomani tuzish ko'nikmalarini egallash.

1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti va
o`rganish usullari
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti bo’lib tashqi iqtisodiy faoliyatni xo'jalik yurituvchi sub'ekt, firma, korxona darajasida tashkil etish va boshqarish hisoblanadi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatda, ham davlat hokimiyati organlari darajasida, ham xo'jalik yurituvchi sub'ektlar darajasida bitimlarni amalga oshirishning xalqaro-huquqiy, tashkiliy, ma'naviy-axloqiy tamoyillari, normalari va qoidalarining nazariy va amaliy asoslari hisoblanadi.
Iqtisodiy tadqiqot - mavzuni asoslash, gipoteza, maqsad va vazifalarni shakllantirish, tahlil ob'ektlarini tanlash, dasturni tuzish, omillarni to'plash va o'rganish, nazariy umumlashtirish va amaliyotda tadqiqot natijalarini qo'llash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o'z ichiga olgan murakkab tafakkur jarayoni.
Iqtisodiy tadqiqotning asosida metodologiya yotadi.
Fan metodologiyasi - bu ilmiy tafakkurning shakllanish tamoyillari, shakllari va usullari to’g’risidagi ta’limotdir. Metodologiya fanda qo'llaniladigan usullarga asoslanadi.

Yüklə 468,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin