Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl
Xalqaro xizmatlarning guruhlanishi. Hozirgi kunda xizmat larning iqgasodiyotda va xalqaro savdodagi o'rni birinchi navbatda ilmiy texnika inqilobi, xalqaro iktisodiy alokalarning rivojlanishi, ko'pgina jahon mamlakatlarida aholi daromadlarining va xarid qobiliyatining oshishi natijasida jadal o'sib bormoqda. Jaqon bozorida savdo qilinuvchi xizmatlar tarkibi turlicha bo'lib, ularning soni 600 dan ortiq. Shu bois ularni tasniflash, ma'lum bir guruxlarga ajratish xalqaro miqyosda muzokaralar olib borish, xizmat turlari va xizmatlar savdosi to'sikdari haqida ma'lumotlar bazasini yaratish, xalqaro xizmatlar savdosi bo'yicha statistika xdsobiii olib borish kabi masalalarni hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Hozirda ko'pgina xalqaro tashkilotlar, xususan, jaxrn savdo tashkiloti, xalqaro valyuta fonda, jaxrn banki, Birlashgan Millatlar tashkiloti, iktisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti xamda Evrostat tomonidan xizmatlar klassifikatori ishlab chiqilgan.
Xizmatlar xalqaro ayirboshlash nuqtai nazaridan ikki guruhga ajratiladi:
- savdo qilinmaydigan xizmatlar - ular ishlab chiqarilgan mamlakatda iste'mol qilinadi, ya'ni ishlab chiqaruvchi va iste'molta bir mamlakat rezidenti xisoblanadi, bunday xizmatlarga kommunal va maishiy xizmatlar kiradi.
- savdo qilinadigan xizmatlar - ular bir mamlakat rezidenta tomonidan ishlab chiqariladi va boshqa mamlakat rezidenti tomonidan iste'mol qilinadi. Bu xizmatlarga turizm, transport, bank xizmatlari va boshqalar kiradi.
Jahon banki guruhi xizmatlarni ishlab chiqarshp omillari nuqgai nazaridan quyidagi guruxlarga ajratadi:
omilli xizmatlar (factor services) - ishlab chiqarish omillari, asosan kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati natijasida paydo bo'luvchi xizmatlardir.
omil bo'lmagan xizmatlar (non-factor services) - ularga transport, turizm va boshqa nomoliyaviy xizmatlar kiradi6.
Bu taqsimot asosan omilsiz xizmatlarga e'tiborini qaratgan Jahon savdo tashkiloti doirasida xalkaro xizmatlar savdosini tartibga solish muammolarini xal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xizmat ko'rsatish ko'p hollarda tovarlar savdosi bilan bir vaktda yoxud u yoki bu mamlakatga investisiyani amalga oshirish orkali sodir bo'ladi. Shuning uchun istemolchilarga xizmatlarni etkazib berish uslublariga ko'ra xizmatlar quyidagilarga bo'linadi:
- investisiya bilan bog'liq xizmatlar - bank, mehmonxona va mutaxassis xizmatlari;
- savdo bilan bogliq xizmatlar —transport, sugurta xizmatlari;
- bir vaqtning o'zida investisiya va savdo bilan bog'liq xizmatlar — aloqa, kurilish, kompyuter va axborot xizmatlari, shaxsiy, madaniy va rekreasiya xizmatlari.