Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə35/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

А. Savdo shartnomalari
Davlatlar o'rtasidagi savdo munosabatlari ikki tomonlama asosda ijro etuvchi hokimiyat darajasida (hukumatlar o'rtasida) tuzilgan savdo shartnomalari va bitimlar yordamida tartibga solinadi. Bunday bitimlar qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan ratifikatsiyalanadi. Ular odatda 5-10 yilga tuziladi va tomonlar tomonidan davriy qayta ko'rib chiqiladi.
Savdo shartnomasi, – savdo va dengizda suzish to'g'risidagi bitim - davlatlararo shartnomalar turi, ikki tomonlama savdo tamoyillari va rejimini belgilaydi. Xalqaro huquqning asosiy tamoyili shundaki, har bir davlat o'z hududida mutlaq yurisdiktsiyaga ega va bu hududda joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar uning yurisdiktsiyasiga kiradi.
B. Huquqiy rejimlar
Jahon amaliyotida xalqaro savdoni tartibga solishda quyidagi huquq rejimlaridan biri berilishi mumkin: milliy rejim yoki "mumkin qadar qulaylik yaratish (imkon tug'dirish)" rejimi.
Milliy rejim - bir davlat xorijiy rezidentlarga o’zining yuridik va jismoniy shaxslari uchun yaratib bergan rejimdan kam bo'lmagan qulay rejim taqdim etishi. Ko'pincha milliy rejim integratsiya guruhlariga a'zo davlatlar o’rtasidagi va kapitalni eksport qilish bilan bog'liq munosabatlarda qo’llaniladi. Xorijiy investisiyalarga milliy rejim taqdim etilganda milliy va xorijiy tadbirkorlar, ba'zi bir istisnolardan tashqari, bozorda teng huquqli sub'ekt sifatida chiqadilar va bu xorijiy investorlar manfaatlarini cheklab qo'ymaydi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, "milliy rejim" qabul qiluvchi davlat hududida asosan chet elliklar huquqlari sarmoya chiqayotgan mamlakat qonunlari doirasida emas, balki mahalliy (milliy) qonunlar doirasida belgilanadi. Bunda xorijiy investisiyalar rejimi milliy yuridik shaxslarga taqdim etiladigan rejimdan qulayligi past bo'la olmaydi.
Mumkin qadar qulaylik yaratish (imkon tug’dirish) rejimi – xalqaro savdo shartnomalarida mustahkamlangan shart bo’lib, bir mamlakat tomonidan uchinchi mamlakatga yaratgan qulay shart-sharoitlarni, afzallik va imtiyozlarni o'z hamkor mamlakatiga ham taqdim etishini nazarda tutuvchi huquqiy rejim. Bu rejim JST shartlariga kiritilgan va xalqaro savdoda nodiskriminatsion rejim yaratish uchun asos hisoblanadi.

Yüklə 468,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin