Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə20/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

Jahon tovar bozori - xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo-iqtisodiy, valyuta-moliya va kredit munosabatlariga asoslangan tovar va xizmatlar almashinuvining doimiy rivojlanadigan.
Jahon tovar bozorida yuz berayotgan jarayonlarga ham xalqaro savdoga ta'sir ko’rsatadigan bir xil omillar ta’sir ko’rsatadi:

  • jahon iqtisodiy aloqalarining globallashuvi;

  • ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalangan holda ehtiyojlarning yangi tarkibining shakllanishi;

  • davlatlarning tashqi savdo siyosati;

  • dunyodagi siyosiy jarayonlar;

  • ishlab chiqarish va kapitalning davomiy konsentratsiyasi;

  • integratsion tuzilmalar va xalqaro savdo tashkilotlarining savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish masalalariga ta'siri.

Jahon bozorlarida kuchayib borayotgan raqobat va jahon narxlari, talab va taklifning o’zgarishi ta’siri ostida, jahon iqtisodiy aloqalarini xalqarolashtirish va globallashuvi jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan jarayonlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi: milliy va jahon narxlarining yaqinlashuviga, tovarlar va xizmatlarni sotishdagi tashqi savdo to'siqlarini bartaraf etishga, tashqi savdo faoliyatini yuritish qoidalarini unifikatsiyalashtirishga yordam beradi.
Zamonaviy jahon tovar bozorida mahsulotlarning xilma-xilligi, sifati va ishonchliligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish elektron birjalar (shu jumladan tovar), tele - va Internet-yetkazib berish kabi yangi savdo shakllarining paydo bo'lishiga yordam berdi.
Jahon tovar bozorining tuzilmasi hisobiga yangi turdagi tovarlarning paydo bo’lishi va mavjud bozorlardan mahsulotni sotish hajmi jadal o'sib borayotgan segmentlarning ajralishi hisobiga muntazam o'zgarib turadi. Misol uchun, mashina va uskunalar bozorining nomenklaturasidan qurilish mashinalari va uskunalarini ijaraga olish jahon bozori, qadoqlash uskunalari ningjahon bozori va boshqalar paydo bo’ldi. Tarkibiy qismlaridan biri ilmiy-texnik mahsulotlar bozori bo'lgan fan sig’imkorligi yuqpori bo’lgan mahsulotlarning jahon bozori shakllandi.
Fan sig’imkorligi yuqori tovarlar bozori ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. IHTT tasnifiga muvofiq fan sig'imkorligi yuqori tovarlarga quyidagi to'rtta tarmoqqa tegishli tovarlar kiradi: aerokosmos, farmasievtika, kompyuter va ofis jihozlari ishlab chiqarish, kommunikasiyaning elektron vositalari. Fan sig’imkorligi yuqori tovarlar ro'yxati milliy guruhlashlarda yanada kattarok bo'lshpi mumkin. Masalan, AQShda ularga biotexnologiya, yangi materiallar, atom reaktorlari, qurol-yarog'larning alohida turlari ham kiritiladi.
Jahon tovarlar bozori ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xarakteriga ko'ra yopiq, ochiq, preferentsial bozorlarga bo'linadi.
Xalqaro savdo qatnashchilarini, birinchi navbatda, tovar bozorlari kon'yunkturasi qiziqtiradi. Zamonaviy dunyoda, bozor raqobati tobora kuchayib borayotgan bir vaqtda, tijoratda muvaffaqiyatga erishishning eng muhim sharti - kon'yunktura omillarining o'zaro ta'sirini tahlil qilish asosida tovarning talab va taklif nisbatlarini doimiy aniqlashdir. Odatda, quyidagi omillar guruhini asosiy omillar qatoriga kiritish mumkin:

  • doimiy va o'zgaruvchan;

  • tsiklik va notsiklik;

  • bozor rivojlanishini rag'batlantiradiganuvchi va cheklovchi omillar;

  • amal qilish muddati bo’yicha farq qiluvchi omillar.

Misol uchun, notsiklik xarakterdagi doimiy faol omillarga davlat tomonidan monopoliyaning tartibga solinishi keltirish mumkin. Qator sohalardagi (ayniqsa, qishloq xo'jaligi sohasida) ishlab chiqarish va iste'molning mavsumiyligi kabi omillar tsiklik omillarga kiradi. Tsikllar, ma'lumki, turli xil xarakter va davomiylikka ega: katta, qisqa – ishlab chiqarish, mavsumiy, biologik va boshqalar.
Davomiyligi bo'yicha kon'yunkturani tashkil etuvchi omillar qisqa muddatli – bir necha haftadan bir yilgacha, o'rta muddatli – odatda besh yilgacha va uzoq muddatli deb tasniflanishi mumkin. Kon'yunkturani tashkil etuvchi ba’zi omillar ikkitomonlama namoyon bo'lishi bilan ajralib turadi: bir tomondan ular doimiy faoliyat ko'rsatishi mumkin, ikkinchidan, ular davriy (tsiklik) xarakterga ega.
Ilmiy-texnik taraqqoyot (ITT) alohida mamlakatlar va umuman jahon iqtisodiyotining iqtisodiy rivojlanishiga doimiy ta’sir qiladi. Biroq, bu omilning doimiy ta'siridan tashqari, uning ta'sirining tsiklikligi ham namoyon bo'ladi, chunki bilim, texnologiya, ishlab chiqarilgan mahsulotlar doimo takomillashib boradi va ma'lum bir bosqichda sifatli sakrash yoki ilmiy-texnik inqilob (ITI) sodir bo’ladi.
Bozorni rivojlantirishni rag'batlantiruvchi yoki cheklovchi omillar, birinchi navbatda, savdo siyosati vositalarini, masalan, biror bir mahsulotni eksport qilishni qo'llab-quvvatlash choralarini yoki savdo urushlarini o'z ichiga oladi.



Yüklə 468,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin