Tashqi savdo – har qanday mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan eksportni (tashqi bozorda sotish uchun tovarlar va xizmatlarni xorijga yetkazib berish) va importni (ichki bozorda sotish uchun tovarlar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish) amalga oshirishni o'z ichiga olgan savdosi. Tashqi savdoning rivojlanish darajasi quyidagi ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi:
Tashqi savdo aylanmasi yoki eksport va import qiymatining summasi. Bu ko'rsatkich pulda o'lchanadi va ayrim mamlakatlarning (yetakchilar – Xitoy, AQSh), iqtisodiy guruhlarning, masalan, ma'lum bir davr uchun Yevropa Ittifoqining tashqi savdo hajmini tavsiflaydi.
Tashqi savdo balansi yoki eksport va import o'rtasidagi qiymat farqi. Eksport hajmining import hajmiga nisbatiga ko’ra, tashqi savdo balansi ijobiy (faol) yoki salbiy (passiv) bo'lishi mumkin. Xalqaro moliya institutlari, xususan, XVF, milliy iqtisodiyotlarni faol tashqi savdo balansiga intilishlarini tavsiya qiladi.
Eksport va import kvotalari yoki eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi. So'nggi vaqtlarda bir qator mamlakatlar Jazoir, Belgiya, Venesuela, Isroil, Irlandiya, Malayziya, Janubiy Afrika eksport kvotasini oshirmoqda
Tashqi savdo kvotasi yoki mamlakatning eksport va import hajmlari miqdorining YaIMga nisbati. Bu ko'rsatkich har qanday mamlakatning sherik-mamlakat (individual kvota) yoki ko'plab mamlakatlar (global kvota) bilan tashqi savdosi hajmini tavsiflaydi.
Jahon savdosi butun dunyo bo'ylab barcha mamlakatlarning umumiy savdo hajmini anglatadi. Jahon savdosi dinamikasining asosiy ko'rsatkichi – bu jahonsavdo aylanmasi bo’lib, barcha davlatlarning eksport va import hajmlarini umumlashtirishdir.
Jahon savdosi ko'rsatkichlari guruhiga o'tgan yilga nisbatan uning hajmi ning o'sish sur'ati, geografik va tovar tuzilmasi, savdo shartlari ham kiritilgan.
Xalqaro savdoning ob’ektlari sifatida xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, iste'mol va ishlab chiqarish uchun tayyor mahsulotlar, texnologiyalarni ajratib ko'rsatish kerak. Rivojlanishning hozirgi bosqichida tobora ommalashib borayotgan xalqaro savdo ob'ekti bo’lib biznes, axborot, ilmiy-texnik, qurilish, transport, sayyohlik, ta'lim, moliyaviy xizmatlar hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlangan va bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning fan va sarmoya sig’imkorligi yuqori mahsulotlari jahon eksportining o'sishi an'anaviy xizmatlar – tijorat, ishlab chiqarish va yangi xizmatlar– muhandislik, konsalting, kosmik xizmatlar, ekkaunting kabi xizmatlarning davlatlararo almashuvining jadallashishiga olib keldi.
Xalqaro savdo almashinuvi ikki usul bilan amalga oshiriladi: to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita.
To'g'ridan-to'g'ri usul, bevosita ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste'molchi (xaridor) o’rtasida savdo bitimini nazarda tutadi, bir necha afzalliklarga ega: vositachilar bo’lmaganligi tufayki komissiya to’lovlarida tejash, uzoq vaqt davomida bozorda bo’lish tijorat operatsiyalarini amalga oshrish tajribasiga ega bo’lishga ko’maklashadi.
Shu bilan birga, bevosita ishlab chiqaruvchi jahon narxlarining o'zgaruvchanligi, bozor sharoitida o'zgarishlar haqida to'liq ma'lumotga ega emas, shuning uchun jahon tovar ayirboshlash munosabatlarini (bilvosita usul) amalga oshirishda vositachilik mavjudyuzaga keladi.
Xalqaro savdo doirasidagi savdo vositachiligini quyidagilar amalga oshiradi:
ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni qidiradigan, ammo bitimlar tuzishda ishtirok etmaydiganlar - brokerlar yoki oddiy vositachilar;
distribyutorlar - sotuvchilar va xaridorlar bilan alohida sotish shartnomalarini tuzadigan savdo firmalari;
shartnoma asosida eksport qiluvchi yoki import qiluvchi nomidan va manfaatlari uchun ishlaydigan, asosiy majburiyatlarga qo'shimcha ravishda agentlar, masalan, mahsulotni sotishdan oldin xizmat ko’rsatishni amalga oshirishi mumkin bo’lgan savdo agentlari.