Xalqaro muhojirlarning 52 % ni erkaklar, 48 % ni ayollar, 74 % ni mehat yoshidagi (20-64 yosh) kishilar tashkil etadi9. (11.1-rasm)
Mehnat resurslarining uzluksiz harakatlanishi jarayonida jahon mehnat bozori shakllandi, va to'rtta asosiy markazni ajratib ko’rsatish mumkin: AQSh, G'arbiy Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasi.
11.1-rasm. Xalqaro muhojirlarning yosh va jinsi bo’yicha tarkibi Quyidagi jadvalda muhojirlarning eng ko'p soni bo'lgan mamlakatlar ko’rsatilgan. 2019 yilda Yevropa va Osiyo mos ravishda 82 million va 84 million xalqaro muhojirlarni qabul qildi, bu xalqaro muhojirlar umumiy sonining 61 foizini tashkil etadi. Shimoliy Amerika 59 mln. muhojirlarni yoki dunyodagi muhojirlar umumiy sonining 22 % ni, Afrika 10 %, Lotin Amerikasi va Karib 4 % ni, Okeaniya 3 % ni qabul qilgan.
Savdoning globallashuvi, transport va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va demografik dinamika kabi omillar aholining davlatlar o'rtasida ko'chish jarayonini soddalashtiradi va migratsiya jarayonlariga yordam berib migratsiya oqimlarini rag’batlantiradi.
Xalqaro ishchi kuchining migratsiyasi - bu mehnatga layoqatli aholining bir mamlakatdan boshqasiga ish, o'z qobiliyatlarini qo'llashning yangi sohalarini, yaxshi yashash sharoitlarini topish uchun ko’chishi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish sohasining xalqaro amaliyotida (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1990 yil 18 apreldagi 45/158-sonli rezolyutsiyada qabul qilingan "Barcha mehnat muhojirlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi Konvensiya) «mehnat muhojiri" atamasidan foydalaniladi. Bu atama, fuqaroligi bo'lmagan davlatda haq to’lanadigan faoliyat bilan shug'ullanadigan, shug'ullanayotgan yoki shug'ullangan shaxsni anglatadi10.
Turli soha olimlari mehnat migratsiyasi hodisasini tushuntirishga harakat qilmoqdalar, chunki bu jamiyat hayotining ko'p jihatlariga siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, diniy va boshqalariga ta'sir qiluvchi murakkab va ko'p o'lchovli hodisadir.
11.2- jadval