Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining o’ziga xos xususiyati. Reja: Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining o’ziga xos xususiyati


Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini rivojlantirishning muhim yo’nalishlari



Yüklə 31,25 Kb.
səhifə2/4
tarix12.01.2023
ölçüsü31,25 Kb.
#78992
1   2   3   4
Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining o

Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini rivojlantirishning muhim yo’nalishlari

Tashqi iqsodiy faoliyat marketingini rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri ishlab chiqarish, mahsulotni va marketing sohalarida qo’shma korxonalar (QK) shaklida tadbirkorlik, o’zaro hamkorlik qilishdir. Ichki iste’mol bozorlarini to’ldirishda, respublika eksport hijmini oshirishda qo’shma korxonalarning marketing faoliyati muhim rol o’ynaydi. Respublikamizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi 2003 yilga nisbatan 24 foiz ortgan, umumiy ishlab chiqarishda ularning ulushi 20.2 foizni tashkil etgan, eksporti esa 39,1 foizga ko’paygan. O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish hisobiga 2004 yilda 2003 yilga nisbatan 5,2 foiz ko’p kapital qo’yilma o’zlashtirildi. Respublika bo’yicha moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan jami 2473,2 milliard so’mlik kapital qo’yilmalar o’zlashtirilgan.

Xorijiy sarmoyadorlar faoliyati jadallashdi. 2004 yilda Investitsiya dasturi doirasida 754,6 million dollarga teng xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar miqdori 2 marta oshgan.

Xo’jalik sub’ektlari va xorijiy investorlarning faollashuvi natijasida hisobot davrida markazlashtirilmagan investitsiyalarning salmog’i 68,2 foizga yetgan, 2003 yilda bu ko’rsatkich 64,4 foiz edi, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlar-10,0 foiz (2003 yilda 7 foiz), tijorat banklari kreditlari-2,3 foiz (2003 yilda 1,8 foiz), korxonalarning mablag’lari-43,2 foizga (2003 yilda 41,1 foiz) yetgan.

2004 yil davomida respublikamizda Amudaryo ustida ulkan ko’prik bunyod etildi. Keles shahridan Samarqand shahri oralig’idagi 105 kilometrlik temir yo’l rekonstruksiya qilindi. Toshguzar-Dehqonobod uchastkasidagi temir yo’l liniyasi ishga tushirildi, 500 kv. lik «So’g’diyona» podstansiyasi, Tolimarjon IESda quvvati 8000 MGt.lik blok, «Avtooyna» AJda avtomobil oynalari, «Farm Glas» qo’shma korxonasida shisha ampulalar, «Sayxunmedteks» QKda tibbiy tikotaj mato, «Novofarm plyus» QKda in’eksiya preparatlari ishlab chiqarish, bo’yicha yangi quvvatlar, 17 to’qimachilik sanoati ob’ekti, shu jumladan ip-kalava ishlab chiqarish bo’yicha «Beruniyteks» QK va «Baliqchiteks» QK, tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan «Bursel-Toshkent»QK kabi yirik korxonalar foydalanishga topshirilgan.

Milliy iqtisodiyotda xorijiy kapital va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, boshqaruv tajribasi va marketing faoliyatini o’rganish, ishlab chiqarish va mahalliy bozordagi mavjud taqchilliklarni bartaraf etish, eksport ko’lamini, tuzilmasini kengaytirish va uni takomillashtirish, qat’iy valyuta tushumlarini ko’paytirish, xo’jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida xatarlarni pasaytirish kabi bir qator iqtisodiy tadbirlarni samarali tashkil etishda xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan korxonalarning o’rni o’ta ahamiyatli ekanligini bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi namoyon qilib turibdi.

Xorijiy investitsiya asosidagi korxonalarning ijtimoiy va ig’tisodiy xususiyatlarini to’liq e’tirof etgan mamlakatimiz rahbariyati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali qo’shma korxonalar tashkil etish va rivojlantirishga katta e’tibor berib kelmoqda. Xususan, chet el investitsiyalarini jalb etish va rivojlantirishga qaratilgan «Investitsiyalar faoliyati to’g’risida»gi va «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi qonunlar, qarorlar va maxsus yo’riqnomalar qabul qilindi va ular orqali milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tadbirlari muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunga kelib tarmoqlar iqtisodiyotida ro’yxatdan o’tgan korxonalar soni to’rt mingga yaqin bo’lib, ularning aksariyati mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda, yangi ish o’rinlarini tashkil eitshda, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta’minlashda hissa qo’shib kelmoqda.

O’zbekistonda islohot yillari davomida 14 milliard dollarlik chet el investitsiyalari va kreditlari o’zlashtirilgan. Investitsiyalar yirik ob’ektlar bilan bir qatorda tog’ qazilamlari sanoatiga, yengil sanoat, oziq-ovqat, go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlariga talay mablag’lar jalb qilinmoqda.

Ayni paytda O’zbekiston ham, xorijiy investitsiyalarga iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirish, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish menejmentining ilg’or usullarini amaliyotda qo’llashning muhim omili sifatida baho bermoqda. Zero, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini jadallashtirmay turib, iqtisodiy tizimda tarkibiy o’zgarishlarni yuzaga keltirish, korxonalarimizni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlash, hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish murakkab masala hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, hech qaysi mamlakat jahon iqtisodiyotidan ajralgan holda iqtisodiy taraqqiyotning yuqori cho’qqilariga erisha olmaydi. Binobarin, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyot tajribasi ham xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy yuksalishdagi o’rni nihoyatda yuqori ekanligini ko’rsatadi.

Ichki investitsiyalar va moliyalashtirish manbalarining yetarli emasligi sababli, xorijiy investitsiyalar O’zbekiston iqtisodiyotidagi tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Chunki O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish kuchlarini zamonaviylashtirish uchun svrmoyaviy qo’yilmalarga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun xorijiy investitsiyalarni keng miqiyosda jalb etish davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning eng muhim strategik yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, mamlakatda investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratmasdan, xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlab bo’lmaydi.

O’zbekistonning XX1 asrdagi siyosiy barqarorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi mamlakat hukumati tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga uzviy bog’liqdir. Bugungi kunda O’zbekiston hukumatining mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mamlakatda qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish hamda kichik va xususiy biznesni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan izchil siyosati to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish jarayonini faollashtirish uchun real imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, O’zbekistonda yetarli malakaga ega bo’lgan nisbatan arzon ishchi kuchi va turli-tuman tabiiy xom ashyo zaxiralari mavjuddir.

Bizga ma’lumki, respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini TIF marketingi asoslab bermog’i lozim. Buning uchun TIF marketingi quyidagilarga amal qiladi:

- respublikamizning xom ashyo va tabiiy boyliklarga serobligi va ilg’or zamonaviy xorijiy texnologiyalarini jalb etish orqali ko’plab qayta ishlovchi korxonalar qurish imkoniyati mavjudligi;

- iqtisodiyot tarmoqlaridagi aksariyat ishlab chio’arish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirganligi, ular qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga mansub bo’lib, aksariyati ishga yaroqsiz holga kelib qolganligi;

- sanoat ishlab chiqarishida moddiy–texnika bazasining yetarli darajadan pastligi va oqibatda, ko’pgina zarar ko’rib ishlaydiga korxonalarning mavjudligi;

- respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning nomunosibligi natijasida jamg’arishning investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi;

- aholi sonining o’sib borayotganligi vaa mehnat resurslarining manbai bo’lmish qishloqda zamonaviy mo’’jaz korxonalarni barpo etish zarurligi;

- respublika eksportida xom ashyo samog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar ishlab chio’arish imkoniyatini yuzaga keltirish zarurligi kabi bilan asoslanadi.





Yüklə 31,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin