Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini davlat tomonidan tartibga solish.
Hozirgi sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi boshqa har qanday iqtisodiy faoliyat kabi ma’lum tartiblashga muxtojdir. Turli mamlakatlar o’rtasida o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning kuchayishi va dunyo bozorida raqobatning keskinlashuvi, jahon iqtisodiyotida transport milliy korporatsiyalar rolining oshishi, valyuta kurslarining barqaror emasligi, to’lov balanslarining taqchiligi, rivojlanayotgan mamlakatlar qarzlarining yanada o’sishi va hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlari rivojlanishining boshqa xususitlari ularni nafaqat alohida davlatlar darajasida, balki iqtisodiy tashkilotlar darajasida ham tartibga solish zarurligini belgilaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini davlat tomonidan tartibga solish davlat tashkilotlari tomonidan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va uni bajarilishini ta’minlash jarayonini o’zida aks ettiradi. Bu chora-tadbirlar mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvidagi ishtirokidan keladigan foydani olish, jahon xo’jaligidagi davriy pasayishlarning ta’sirini yo’qotish yoki kamaytirish, shuningdek valyuta kurslarining tebranishi va jahon iqtisodiyotidagi boshqa salbiy xodisalarning ichki iqtisodiyotga ta’sirini pasaytirishga yoki yo’qotishga, dunyo bozorida milliy ishlab chiqarish mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan. Boshqacha aytganda, davlat tomonidan tartibga solish har bir mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasini, ya’ni milliy iqtisodiyotni samarali rivojlanishi uchun qulay tashqi sharoit yaratishni ko’zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni marketingini davlat tomonidan tartibga solishga tub iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan mamlakatlarda katta ahamiyat beriladi. Ayniqsa O’zbekistonda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bosh islohotchi sifatida davlatga muhim rol ajratilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini davlatlararo tartibga olish xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonida ishlab chiqiladigan va ishtirokchi mamlakatlar manfaatlarini ta’minlashga, xalqaro ayirboshlashni rag’batlantirish va uning samaradorligini oshirishga, umuman jahon xo’jaligini barqaror bo’lishiga va rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish demakdir. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini alohida davlat darajasida, ham davlatlararo darajada tartibga solish turli mamlakatlardagi sheriklar o’rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy operatsiyalarga, bitimlarga turli xil usullar, vositalar, yo’l-yo’riqlar yordamida ta’sir etish jarayonini aks ettiradi, xalqaro iqtisodiy aloqalar rivojlangan sari ta’sir etish usullari ham takomillashib bormoqda. Shuningdek, o’zaro munosatbatlarining murakkablashuvini, yangi ustuvorliklarni, tashqi savdo va valyuta-kredit bitimlarini tuzilishda, xorijiy sarmoyalash va boshqa operatsiyalarda sheriklarning maqsad va manfaatlarini to’laroq hisobga oluvchi yangicha yondashuvlar yuzaga kelmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni marketingini tartibga solishining barcha usullarini ularning mazmun-mohiyatiga ko’ra shartli ravishda bilvosita va bevosita usullarga bo’lish mumkin.
Bilvosita usullarga-xalqaro ayirboshlashda qatnushuvchilarning iqtisodiy manfaatlariga, ya’ni daromadlar, foyda miqdori va ularni taqsimlanishiga, bitim shartlariga, ularni o’tkazish muddatlariga va boshqa shu kabilarga bilvosita ta’sir etuvchi iqtisodiy xarakterdagi usullar kiradi. Masalan, tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona ta’riflari va bojlari, turli soliqlar, valyutada tushgan puldan ajratmalar normativi, xalqaro operatsiyalarni kreditlash va sug’urta qilinishining foiz stavkalari va boshqalar shular jumlasidandir.
Ular tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini tartibga solishda u yoki bu harakatni tanlashga ma’lum bir darajada imkoniyatlar tug’diradi. Shu tufayli bu usllar «egiluvchan usullar» deb ataladi.
Bevosita usullar-majburiy ruxsat berish-taqiqlash xususiyatiga ega bo’lib, xalqaro ayirboshlashda ishtirok etuvchilarning hatti-harakatlarini qat’iy tartibga solib turadi hamda litsenziyalish, kvotalash, mahsulotlar bayonnomasi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ro’yxatga olish, ularning huquq va majburiyatlarini aniqlovchi qonuniy va me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va boshqa usullar yordamida amalga oshiriladi (11-rasm).
Dostları ilə paylaş: |