Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 146
w www.oriens.uz October 2021 pasaytirilishining oldini olish hisobiga 2020-yilda 8402 holatda 195 mlrd.
213,9 mln. so‘m bojxona to‘lovlari yo‘qotilishining oldi olindi. Bojxona qiymatini
nazorat qilish yo‘nalishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan
foydalanish natijasida qo‘shimcha 305,4 mlrd. so‘m bojxona to‘lovlari undirildi.
Qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari tahlil qilinganda, tovarning nomini
yoki TIF TN kodini bojxona stavkalari past miqdordagi o‘xshash tovarlarga
o‘zgartirilishi natijasida import bojxona boji stavkalarining noto‘g‘ri qo‘llanilish
holatlari uchrab turibdi. Bu holat 2020 -yilda qo‘shimcha hisoblangan bojxona
to‘lovlarining tarkibida 8,8 foizni tashkil etdi.
XULOSA Bojxona xizmati organlari xom-ashyo, tovar, valyuta, xizmat va kapital olib
kelish, olib chiqish ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, tashqi iqtisodiy faoliyatni
tartibga solish, milliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, davlat budjeti daromadini
oshirish kabi muhim vazifalarni bajarishi barobarida mamlakat iqtisodiy manfatlarini
o‘z vakolatlari darajasida himoya qiladi va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydi.
Shu maqsadda, bojxona organlari oldida turgan quyidagi muhim vazifalarni
aniqlashga harakat qilindi:
birinchidan, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga, YevroOsiyo
iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida, tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
tartibga
solish
mexanizmlarini
bosqichma-bosqich
uyg‘unlashtirish, huquqiy, ma’muriy, tashkiliy-texnik jihatdan bojxona ishini xalqaro
standartlarga muvofiq takomillashtirish zarur. Islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat
qatnashchilariga to‘siq bo‘layotgan yoki tovarlar harakati sur’atiga ta’sir etayotgan
ma’muriy cheklovlarni aniqlash, qisqartirish va bojxona ma’muryatchiligini yanada
soddalashtirish prinsipiga tayanish lozim;
ikkinchidan, bojxona ishi, xususan bojxona nazoratini amalga oshirishda
zamonaviy tekshiruv, kuzatuv texnik vosita va moslamalarni qo‘llash, tashqi axborot
almashishning yagona lokal tizimini yaratish, axborotni qayta ishlash texnologiyalari
va tezkor aloqa vositalaridan foydalanish orqali tizimni to‘liq raqamlashtirish,
idoralararo va davlatlararo tehnologik dasturlar asosida ishni tashkil etish lozim.
Umuman, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olib, uning imkoniyatlaridan
unumli foydalanish va salohiyatini yanada mustahkamlash, mamlakat taraqqiyotining
ustuvor yo‘nalishlari va tamo-yillariga tayangan holda ilmiy asoslanilgan islohotlarni
olib borish zarur.