Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo’llari


Tarif siyosatining asosiy ko’rinishlari



Yüklə 250,24 Kb.
səhifə3/13
tarix09.08.2023
ölçüsü250,24 Kb.
#139018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3.3. Tarif siyosatining asosiy ko’rinishlari
Milliy xo’jaligining holatiga bog’liq ravishda bojxona siyosati olib borishning ikki variantini ajratib ko’rsatish mumkin - iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi bojxona siyosatlari.
Rivojlangan mamlakatlar uchun kup ustunli tariflar xos bulib, u turli import boji stavkalari: barcha davlatlar uchun taallukli bulgan mikdori baland umumiy stavkalar, eng qulay sharoit yaratish rejimi stavkasi (ikki mamlakat urtasida kelishilgan xolda urnatilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi), kambagal, past darajada rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlardan kilinadigan importlar uchun belgilangan preferentsial koeffitsentli stavkalarni nazarda tutadi.
Rivojlangan mamlakatlar bojxona tariflarining boshka bir xususiyati, bu tariflarning 1988 yilda joriy etilgan «Xalqaro tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygunlashtirilgan tizimi» (UT) bilan korrelyatsiyasi (o’zaro bog’liqligi) hisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi bojxona siyosatining uziga xos xususiyati eksport bojlaridan keng kulamda foydalanish va nisbatan yukori import tarifi stavkalarini ushlab turish (bu stavkalar rivojlangan mamlakatlar uchun misli kurilmagan darajaga yetadi - 50-100 foizgacha, Misr, Ekvador, Pokistonda hatto bundan ham yuqori) xosdir.
Bundan tashkari kupchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda, AQSH, Yaponiya va Yevropa derjavalaridan farkli ravishda, eski Bryussel tovar nomenklaturasidan yangi Uygunlashtirilgan tizimga endigina utishmokda. SHuning uchun ularning ba’zilari ko’p kolonkali tariflarni qo’llaydi (Senegalda — 9 ta, Malida — 17 ta). Milliy tariflar bilan bir katorda jaxon iqtisodiyotida bir necha mamlakatlarni bojxona ittifoqlariga birlashishi keng tarkalib bormokda. Bojxona ittifoklari tashki savdoni davlatlararo tartibga solishni turli ko’rinishlaridan amaliy foydalanishmokda, bunda ular turli hududiy va global xalqaro tashkilotlar ko’magiga suyanmokda.
Bojxona bojlarining mohiyati va ko’rinishlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyotida tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bojxona bojlari hisoblanadi. Bojxona boji iqtisodiy mohiyati jihatidan tovar davlat chegarasidan o’tayotganda olinadigan maxsus pul yig’imi, soliqni bildiradi.
Bojxona bojlari ko’rinishlarining turli-tumanligi ularning tovar oqimlarini tartibga solish jarayonida bajaradigan funktsiyalarining nihoyatda keng ko’lamliligi bilan tushuntiriladi. Eslatib o’tamiz, bojxona bojlarini joriy etishdan asosiy maqsad: byudjetning daromad qismini ko’paytirish va «nohalol» raqobat bilan kurashishdir. SHuning uchun ham savdoga ta’sir o’tkazishning bu usulidan hozirgi kunda jahonning yuzdan ortiq mamlakatida foydalaniladi.
Tovar oqimlarining yo’nalishiga bog’liq ravishda import, eksport va tranzit bojlari mavjud.
Import bojlarini joriy qilish milliy kompaniyalar (rezidentlar)ga ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatini beradi, chunki ular jahon bozoridagi o’rtacha darajaga nisbatan yuqoriroq xarajatlar bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Hozirgi paytda eksport bojlari ancha kam qo’llaniladi. Ulardan deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar voj kechishgan, chunki ularni joriy qilish jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitda eksportning qimmatlashishiga olib keladi.
Tranzit bojlar mamlakat hududini kesib o’tuvchi tovarlardan olinadi va tranzit yig’imlar ko’rinishiga ega.
Bojxona bojiga tortishning ikkita asosiy usuli mavjud:
Maxsus, bunda boj miqdori tovarning og’irligi, hajmi miqdori birligidan belgilangan summa sifatida o’rnatiladi (masalan, avtomobil dvigatelining 1 sm3 dan).
Advalor (lot. — ad valorem — qiymatdan), bunda bojxona boji sotuvchi tomonidan qayd etilgan tovar qiymatidan foiz ko’rinishida aniqlanadi.
Bundan tashkari tashki savdo amaliyotida bojlarni hisoblashning kombinatsion usuli mavjud. Uning mohiyati shundan iboratki, malum bir bojxona tashkiloti vaziyatdan kelib chiqqan xolda maxsus va advalor orasidagi usulni mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega buladilar.
Bojxona boji urnatishning u yoki bu usulini tanlash tovar guruhi tabiatiga bog’liq Xomashyo tovarlariga odatda birinchi usul qo’llaniladi, eksport bojlariga kelsak, ular ham odatda maxsus usuldan foydalangan xolda o’rnatiladi. Advalor usuldan foydalanish bo’lsa, mashinasozlik mahsulotlari va butlovchi kismlar, ya’ni yukori darajada differentsiatsiyaga ega buyumlar importida qulay hisoblanadi. Hozirgi paytda bu usul hissasiga barcha bojxona yig’imlarining 80 foizidan ko’progi to’g’ri keladi. Savdo aloqalaridagi mamlakatlar bir-biri bilan turli shartnoma munosabatlarida bo’lganligi uchun import bojlari: preferentsial (maxsus imtiyozli) boj, shartnomaviy (minimal) boj va asosiy (jahon bozori uchun maksimal darajada mumkin bulgan) bojlar bo’lishi mumkin.
Iqtisodiyotda davlat tomonidan tashlangan protektsionistik qadamlar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga hamda qisqa va uzoq muddatli istiqbolda davlatning o’ziga ham har xil ta’sir ko’rsatadi. Bunday siyosatning ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyalarga ta’sirini ko’rib chiqishdan boshlaymiz.

Yüklə 250,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin