8
|
7
|
6
|
5
|
4
|
3
|
2
|
1
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
8
|
7
|
6
|
5
|
4
|
3
|
2
|
1
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
|
|
Pt
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
С
|
|
|
Tish qatori yoyi shakli, tishlarning shakli va o’lchami fiziologik normaga mos keladi. Nokarioz kasalliklar belgilari yo’q, tishlar karash bilan qoplangan.
Status localis: Tishda chuqur karioz kavak mavjud. Karioz kavak tish bo’shlig’I bilan tutashadi. Zondlanganda og’riq sezilmaydi. Gorizontal va vertical perkussiya biroz og’riqli. Tish rangi o’zgargan.
IV. Dastlabki tashxis: 15 tish surunkali granulyatsiyalashgan yoki granulematoz periodontit.
V. Qo’shimcha tekshiruv usuli: Rentgenogrammada 15 tish chaynov yuzasida joylashgan karioz kavak aniqlandi. Karioz kavak tish bo’shlig’I bilan tutashgan. Periodontal yoriq kengaygan. Perapikal sohada yumaloq shakldagi suyak rezorbsiyasi sohasi aniqlandi. EOD – ≥100 mkA .
VI. Qiyosiy tashxis:
Kasallik
|
O’xshashlik
|
Farqi
|
Surunkali granulyatsiyalashgan periodontit
|
Og’irlik hissi, termik ta’sirga sezuvchanlik yo’q, perkusssiya biroz og’riqli
|
Rentgen tasvirda aniq chegarali suyak rezorbsiyasi sohasi
|
Surunkali fibroz pulpit
|
Ovqat chaynaganda og’riq sezgisi paydo bo’lishi
|
Surunkali fibroz pulpitda og’riq haroratli ta’sirlovchidan kuchayadi
|
O’rta kariyes
|
Shikoyatsiz kechishi
|
O’rta kariyesda emal dentin chegarasi zondlanganda og’riqli. EOD- 2-6 mkA.
|
VII. Yakuniy tashxis: 15 Surunkali granulematoz periodontit.
Tashxis klinik ko’rinish, anamnez ma’lumotlari, asosiy va qo’shimcha tekshiruvlar asosida qo’yildi.
Bemor shikoyati: Bemor 15 tish sohasida simillovchi og’riqqa shikoyat qiladi. Og’riq tishlaganda biroz kuchayadi. Tish joylashgan sohada og’riq tufayli ovqat chaynay olmaydi.
Tishda chuqur karioz kavak mavjud. Karioz kavak tish bo’shlig’I bilan tutashadi. Zondlanganda og’riq sezilmaydi. Vertikal perkussiya biroz og’riqli. Tish rangi o’zgargan.
Rentgenogrammada 15 tish chaynov yuzasida joylashgan karioz kavak aniqlandi. Karioz kavak tish bo’shlig’I bilan tutashgan. Periodontal yoriq kengaygan. Perapikal sohada yumaloq shakldagi suyak rezorbsiyasi sohasi aniqlandi. EOD – ≥100 mkA .
VIII. Kelib chiqish sabablari:
Periodontit – periodont to’qimasining yallig’lanish jarayoni.
Etiologic omillarning periodontga ta’sir qilish yo’llari turlicha: ildiz kanali orqali, apical teshik orqali, limfa qon tomirlari orqali,, butunligi buzilgan tish – milk cho’ntagi orqali.
Etiologiyasiga ko’ra:
Infeksion periodontit
Travmatik periodontit
Medikamentoz periodontit
Patogenez: Gramm manfiy mikroorganizmlarni parchalanishida hosil bo’ladigan endotoksin periodontga salbiy ta’sir qilib, biologik faol modda ishlab chiqaradi va qon tomirlarni o’tkazuvchanligini oshiradi. Natijada o’tkir kechuvchi periodontit rivojlanadi. Endotoksin periodontning immune tizimiga kuchli ta’sir qiladi. Buning natijasida periodontda va atrof to’qimalarda antigenlar ko’paya boradi.
Agar immunologic himoya reaksiyalari kuchli bo’lsa, ildiz cho’qqisi sohasida yallig’lanish chegaralanadi va atrof to’qimalarga tarqalmaydi, natijada surunkali yallig’lanish o’chog’I rivojlanadi.
IX. Davolash rejasi: Surunkali granulematoz periodontitni davolashda quyidagi muammolarni hal qilish kerak:
Og’riqni bartaraf qilish
Ildiz kanali va periodontda yallig’lanish o’chog’ini bartaraf qilish
Periodont funksiyasini tiklash
Tish anatomik shaklini tiklash
Surunkali periodontitlarni davolash usullari:
I Konservativ usul (terapevtik)
1 qatnovli
2 qatnovli
3 va undan ko’p qatnovli
II Konservativ – jarrohlik usuli
Ildiz cho’qqisi rezeksiyasi
Ildiz amputatsiyasi
Ildiz gemiseksiyasi
Koronar – radikulyar separatsiya
Tish replantatsiyasi
III Jarrohlik usuli
Tishni va alveolyar suyakdagi patologik o’zgargan to’qimani olib tashlash
IV Fizik usul
Elektroforez
Ultrafonorez
Depoforez
Diatermokoagulyatsiya
Lazeroterapiya
UVCh
SVCH
Diadinamik toklar
Surunkali granulematoz periodontitni davolashda 3 qatnovli konservativ yoki ildiz rezeksiyasi usulidan foydalaniladi. Ko’p ildizli tishlarda ildiz rezeksiyasi usuli deyarli foydalanilmaydi.
Davolash bosqichlari:
I QATNOV
4.6 tish sohasida tishlarga antiseptik ishlov berish.
Og’riqsizlantirish
Rp: Aerozolum “Lidocainum” 10%
D.S. applikatsion anesteziya uchun.
Rp: Sol. Articaini hyrochloridi 4% - 1ml
D.t.d. N 10 in ampullis
S. O’tkazuvchan yoki infiltratsion anesteziya uchun.
Dastlab shilliq qavat anesteziyasi o’tkaziladi. Keyin o’tkazuvchan anesteziya orqali tishni og’riqsizlantirib olamiz.
Karioz bo’shliqni charxlash.
Pulpa kamerasini ochish. Sharsimon №2 bor yordamida past tezlikda eng turib chiqqan pulpa shoxi tomon harakatlantirib ochiladi.
Kanaldagi chirigan pulpa qoldiqlari bo’lsa antiseptic ostida bosqichma – bosqich olinadi.
Kanalga endodontik ishlov berish. Kanalga “ Crown Down” usulida ishlov berildi.
Kanalga medikamentoz ishlov berish.
Rp.: Sol. Chloramini B 2% - 5ml
D. S. Kanalga medikamentoz ishlov berish uchun
Rp.: Sol. Natrii hypochloridi 3% - 250 ml
D. S. . Kanalga medikamentoz ishlov berish uchun
Rp.: Iodinoli 100 ml
D. S. . Kanalga medikamentoz ishlov berish uchun
Rp.: Sol. Furacilini 0,5% - 50 ml
D. S. . Kanalga medikamentoz ishlov berish uchun
Kanalga yuqoridagi preparatlar bilan ishlov beriladi.
Kanalda antiseptik bog’lam qoldirish
Kanalni germetik bog’lam bilan berkitish.
II QATNOV
2 -3 kundan so’ng bog’lamni olib tashlash. Agar turundada ekssudat belgilari bo’lsa kanalga qaytadan medikamentoz ishlov beriladi. Turunda toza bo’lsa kanalga spirt bilan ishlov beriladi.
Kanal to’liq o’tilganligi tekshiriladi. Bunda rentgen yoki viziografdan foydalaniladi.
Agar kanal to’liq o’tilmagan bo’lsa ildiz kanalida dori vositasida ho’llangan turunda qoldirilib germetik bog’lam qo’yiladi.
III QATNOV
Bog’lamni olib tashlash. Agar turunda toza bo’lsa perkussiya og’riqsiz holda bo’lsa ildiz kanali 0.2 % li gipoxlorid natriy bilan yuvilib quritiladi.
Kanalni plombalash. Fosfat sement, endodont, endometazon, guttaperchali shtift va boshqalar bilan. Plomba kanalni to’liq to’ldirishi va apical teshikni yaxshi berkitishi kerak.
Doimiy plomba qo’yish.
X. Kundalik.
Umumiy ahvoli qoniqarli. Bemor 15 tish sohasida simillovchi og’riqqa shikoyat qiladi. Og’riq ovqatlanganda biroz kuchayadi. Tish joylashgan sohada og’riq tufayli ovqat chaynay olmaydi.
Tishda chuqur karioz kavak mavjud. Karioz kavak tish bo’shlig’I bilan tutashadi. Zondlanganda og’riq sezilmaydi. Gorizontal va vertical perkussiya biroz og’riqli. Tish rangi o’zgargan.
Rentgenogrammada 15 tish chaynov yuzasida joylashgan karioz kavak aniqlandi. Karioz kavak tish bo’shlig’I bilan tutashgan. Periodontal yoriq kengaygan. Periapikal sohada yumaloq shaklli granulyoma. EOD – 100 mkA .
Tashxis: surunkali granulematoz periodontit.
Taxshis asosiy va qo’shimcha diagnostik usullar yordamida qo’yildi.
Davolash: og’riqsizlantirish o’tkazildi, karioz kavak charxlandi, tish bo’shlig’I ochilib nekroektomiya o’tkazildi, ildiz kanallari o’tildi, H va K fayllarda kengaytirildi, kanalga 3% natriy gipoxlorid bilan medikamentoz ishlov berildi. Kanal o’tilganligi rentgenda tekshirildi. Kanalda medikamentga ho’llangan turunda qoldirildi. Sun’iy dentindan vaqtinchalik plomba qilindi.
Bemor umumiy ahvoli qoniqarli. Shikoyatlari yo’q. Kanal yuvildi va quritildi. Dastlab endometazon + rux oksidi tarkibli silerda plombalandi , keyin gutta-percha bilan lateral kondensatsiya usulida plombalandi. Takroriy rentgenogramma qilindi. Kanallar fiziologik cho’qqigacha plombalangan. Nur bilan qotuvchi kompozit ashyosidan doimiy plomba qo’yildi. Plombaga yakuniy ishlov berildi.
XII. Epikriz
Bemor Rahimova Saodatjon 1999- yil tug’ilgan. 17. 08. 2020 da 15 tish sohasida simillovchi og’riqqa shikoyat qiladi. Og’riq ovqatlanganda biroz kuchayadi. Tish joylashgan sohada og’riq tufayli ovqat chaynay olmasligiga shikoyat qilib keldi.
Bir necha yil avval 15 tishda karioz kavak paydo bo’lganini payqagani aniqlandi Ahamiyat bermagan. Bir necha marta tishlaganda simillovchi og’riqlar kuzatilgan. Og’riq qoldiruvchi tabletkalar qabul qilgach og’riq to’xtagan. Shifokorga murojaat qilmagan, davolanmagan.
Yaqin kunlarda tishlaganda kuchayuvchi og’riqlar paydo bo’lgan. Og’riq xarakteri mahalliy simillovchi. Og’riq boshlangach 2 kundan keyin tuman poliklinikasiga murojaat qilgan. 15 tishda bemor tishlaganda og’riq, milkning shishi va giperemiyasi kuzatgan. Og’riqli sohada ovqat chaynay olmaydi, ovqat qoldiqlari tiqilib qoladi, og’izdan noxush hid keladi.
Bolalik va yoshlik vaqtida rivojlanishda nuqsonlar bo’lmaganini aytadi. Bolalikda qizilcha, qizamiq O’RVI kabi infeksion kasalliklar bilan og’rigan. Sil, zahm, psixik kasalliklar, xavfli o’smalar va alkogolizm borligini inkor etadi.
Obyektiv ko’rikda: Teri odatiy rangda, elastikligi normada; qurish, toshmalar, qon quyilishlar aniqlanmadi. Assimetriya kuzatilmadi, teri osti yog’ kletchatkasi bir tekisda tarqalgan. Lablarning qizil hoshiyasi patologik o’zgarishlarsiz, lablar quruq. Dahan, bo’yin, quloq oldi, sohasidagi limfa tugunlar palpatsiyada aniqlanmaydi.
So’rov, obyektiv va qo’shimcha tekshiruvlar asosida15 tish surunkali granulematoz periodontit kuchayishi tashxisi qo’yildi.
15 tishSurunkali granulematoz periodontitni davolash uchun konservativ usuldan foydalanildi.
XII. Natija:
Bemorning yoshligi, immun tizimining yaxshi holati, vaqtida to’g’ri davolash sababli natija hayrli bo’ldi.
Og’iz bo’shlig’I gigiyenasiga qat’iy rioya qilish, uglevodlarni kamroq iste’mol qilish, yarim yilda 1 marta og’iz bo’shlig’I sanatsiyani o’tkazish maslahat berildi.
Dostları ilə paylaş: |