II. Subyektiv ma’lumotlar Bemor 15 tish sohasida simillovchi og’riqqa shikoyat qiladi. Og’riq tishlaganda biroz kuchayadi. Tish joylashgan sohada og’riq tufayli ovqat chaynay olmaydi.
Anamnesis morbi: Anamnez yig’ishda bir necha yil avval 15 tishda karioz kavak paydo bo’lganini payqagani aniqlandi. Ahamiyat bermagan. Bir necha marta ovqatlanganda, tishga bosim bo’lganda simillovchi og’riqlar kuzatilgan. Og’riq qoldiruvchi tabletkalar qabul qilgach og’riq to’xtagan. Shifokorga murojaat qilmagan, davolanmagan.
Yaqin kunlarda tishlaganda kuchayuvchi og’riqlar paydo bo’lgan. Og’riq xarakteri simillovchi. Og’riq boshlangach 2kundan keyin tuman poliklinikasiga murojaat qilgan. 15 tishda bemor tishlaganda og’riq, milkning shishini kuzatgan. Og’riqli sohada ovqat chaynay olmaydi, ovqat qoldiqlari tiqilib qoladi, og’izdan noxush hid keladi.
Anamnesis vitae:bolalik va yoshlik vaqtida rivojlanishda nuqsonlar bo’lmaganini aytadi. Bolalikda qizilcha, qizamiq O’RVI kabi infeksion kasalliklar bilan og’rigan. Sil, zahm, psixik kasalliklar, xavfli o’smalar va alkogolizm borligini inkor etadi.