Tasmasimonlar chuvalchanglar sinflari: tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi vakillarining rivojlanishi va patogen ahamiyati. Reja



Yüklə 71,15 Kb.
səhifə3/7
tarix15.03.2022
ölçüsü71,15 Kb.
#53806
1   2   3   4   5   6   7
tasmasimonlar 11min tayyorlaganiga cqarwni hisoblab beriladi

Tuzilishi. Sestodalarning gavdasi uch qismdan, ya’ni bosh (skoleks), bo‘yin va bo‘g‘imli tanadan iborat. Gavdasining oldingi qismi ingichka ipsimon ko‘rinishda bo‘lib, uning uchida skoleksi va undan keyin esa bo‘yin qismi joylashgan. Skoleks sestodalarning yopishuv organlari hisoblanadi. Unda ixtisoslashgan yopishuv organlari, so‘rg‘ichlari, botridiylar va xitinli ilmoqlar bo‘ladi. Umuman, sestodalar skolekslar yordamida o‘z xo‘jayinlarining ichak devorlariga yopishib, uzun gavdasini tutib turadi. Hamma jinsiy voyaga yetgan tasmasimon chuvalchanglar o‘z xo‘jayinining oshqozon va ichaklarida parazitlik qiladi. Sestodalarning skolekslari va bo‘g‘imlari turlariga qarab har xil shaklda tuzilgan.

  • Tasmasimon chuvalchanglar tanasi teri-muskul xaltaga ega. Uning yuza qismi-tegumenti morfologik jihatdan trematodalarnikiga o‘xshash, fiziologik yoki funksional jihatdan esa umurtqalilar ichagining shilliq pardasini eslatadi. Unda bir necha hazm fermentlari mavjud. Bulardan tashqari tegument sestodalarni asosiy xo‘jayin ichagida hazm bo‘lib ketishdan saqlaydigan antiproteolitik fermentlar ishlab chiqadi. Tegument ostida halqasimon, bo‘ylama va dioganal muskul qatlamlari joylashgan.

  • Tasmasimon chuvalchanglar parazitlikka o‘tishi oqibatida, ularda hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Shu sababli ular asosiy xo‘jayinlarining suyuq, hazm qilishga tayyorlangan oziqalar to‘plangan ingichka ichak bo‘shlig‘ida yashaydi va undagi oziqani butun tana yuzasi orqali osmos yo‘l bilan shimib oziqlanadi.




  • Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo‘ylab o‘tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi; oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerdan tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o‘zaro ko‘ndalang naylar orqali qo‘shilganidan ayirish sistemasi narvon ko‘rinishga ega.

  • Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylari va ulardan tana bo‘ylab orqaga ketadigan nerv tomirlardan iborat. Nerv tomirlari ko‘ndalang nervlar bilan o‘zaro qo‘shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi. Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv tomirlari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to‘rini hosil qiladi. Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa, ko‘p bo‘ladi.

  • Barcha tasmasimon chuvalchanglar germafrodit. Ularning bo‘yinchasida va unga yaqin joylashgan bo‘g‘imlarida jinsiy organlar bo‘lmaydi. Ulardan keyin joylashgan bo‘g‘imlarda dastlab erkaklik jinsiy organlari rivojlanadi, so‘ngra esa urg‘ochilik jinsiy organlari paydo bo‘la boshlaydi. Gavdaning o‘rta qismida joylashgan proglottidlar odatda germafrodit. Barcha jinsiy organlar yetilib bo‘lgach, bachadondagi tuxumlarning otalanishi ro‘y beradi. Barcha tuxumlar otalanib bo‘lgach, dastlab erkaklik jinsiy organlari asta-sekin yo‘qola boshlaydi, ulardan so‘ng esa bachadondan tashqari boshqa urg‘ochilik jinsiy organlari ham yo‘qolib ketadi. Ularning barchasini o‘rnini bachadon egallaydi. Shunday qilib tasmasimon chuvalchanglarning yetilgan so‘nggi bo‘g‘imlarida jinsiy organlardan faqat otalangan tuxumlarga zich to‘la bachadon qoladi.

Yetilgan bo‘g‘imlar tashqariga alohida-alohida bo‘lib, bittadan uzilib tushadi. Har bir uzilib tushgan proglottidlar tashqarida siljib harakatlanadi va shu jarayonda bachadon yoriladi, ulardan yuqumli holga kelgan olti ilmoqchali onkosferaga (lichinkaga) ega bo‘lgan tuxumlar atrof-muhitga tarqaladi.


Yüklə 71,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin