Tasmasimonlar chuvalchanglar sinflari: tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi vakillarining rivojlanishi va patogen ahamiyati. Reja


Exinokokk (Echinococcus granulosus)



Yüklə 71,15 Kb.
səhifə6/7
tarix15.03.2022
ölçüsü71,15 Kb.
#53806
1   2   3   4   5   6   7
tasmasimonlar 11min tayyorlaganiga cqarwni hisoblab beriladi

Exinokokk (Echinococcus granulosus) mahsuldor hayvonlarga va odamlarga juda katta zarar keltiradi.

Voyaga yetgan exinokokkning shakli tasmasimon bo‘lib, uzunligi 2-6 mm atrofida, tanasi skoleks va 3-4 bo‘g'imdan iborat. Skoleksida 4 ta so‘rg'ichi va xartumi bor. Xartumi ikki qator joylashgan, 28 tacha xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo‘g'imlari germafrodit bo‘lib, unda 50 ga yaqin urug'don, urug' tashuvchi naycha, jinsiy bursa, tuxumdon, melis tanachasi va qin joylashgan. Oxirgi yetilgan bo‘g'imi 400-800 ta tuxum bilan to‘lgan bo‘ladi.



  • Voyaga yetgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go‘shtxo‘r yirtqich hayvonlarning ichagida 6 oy, ba'zan 1 yilgacha yashashi mumkin. Exinokokkning yetilgan oxirgi bo‘g'imlari asosiy xo‘jayini axlati bilan tashqariga chiqariladi va bu bo‘g'imlar faol harakat qilib, 5-25 sm gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tib, yem-xashak hamda boshqa narsalarga o‘z tuxumlarini sochadi.

  • Oraliq xo‘jayinlar, ya'ni qo‘y, echki, qoramol, tuya, cho‘chqa va boshqa o‘txo‘r hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan yutib, bu parazitni o‘zlariga yuqtiradi.

  • Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka - onkosfera tezda ichakni teshib qonga o‘tadi, so‘ng hayvonlarning o‘pkasi, jigari, buyragi va boshqa organlariga borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufagi hosil bo‘ladi. U juda sekin va uzoq o‘sib, tobora kattalashib boradi.

  • Exinokokk pufaklari no‘xatdek, yong'oqdek, olmadek, yosh bola boshiga teng keladiganlari va undan ham katta bo‘ladi. Masalan, exinokokk pufagi bilan zararlangan sigir o‘pkasida og'irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan finna topilganligi va bunday finnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga ma'lum. Bunday miqdordagi suyuqlik xo‘jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi. Demak, exinokokk pufagi, birinchidan, hajmining katta bo‘lishi, ikkinchidan, birinchi pufak ichida ko‘p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining bo‘lishi va har qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo‘lajak tasmasimon exinokokkning boshlari-skolekslari bo‘lishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglarning finnasidan farq qiladi.

  • Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalarning soni 10 tadan 1000 tagacha bo‘ladi. Asosiy xo‘jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan organlarni iste’mol qilish natijasida ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi skolekslardan jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil bo‘ladi.

  • Exinokokk asosiy xo‘jayini ichagiga tushgandan 70–100 kundan keyin jinsiy voyaga yetadi va tuxumlarini chiqaradi. Exinokokk keltirib chiqaradigan kasallik exinokokkoz deb ataladi. Bu kasaliik yer yuzining turli mintaqalarida keng tarqalgan. MDH mamlakatlarida hamma respublikalar chorvachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan va chorvachilikka hamda inson sog‘ligiga katta zarar yetkazadi.


  • Yüklə 71,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin