Tasvir va signallarni qayta ishlash uchun paketlar.
Reja:
Tasvir va signal tushunchasi.
Signalni qayta ishlash asboblar to’plami.
Rasmga ishlov berish asboblar to’plami.
Signal va tasvirlarni qayta ishlash uchun paketlar.
Tasvir va signal tushunchasi.
Signal (lot. signum — belgi) — 1) axborot, maʼlumot va boshqalarni muayyan masofaga uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi. Mexanik, issiqlik, yorugʻlik (mas, sfetofor Si), elektr, elektromagnit, tovush va boshqa turlari boʻladi.Signal ikki xil bo'ladi analog(vaqt boyicha uzluksiz) va raqamli(1(Ha) va 0(Yo'q))."S." tushunchasi kibernetika fanida aniq ifodalab berildi. Shunga koʻra, aniq bir hodisa toʻgʻrisidagi axborotni eltuvchi S. 4 tarkibiy qism birligidan iborat. Bular: S.ning fizik vositasi (eltuvchisi), S.ni ifodalash shakli (sintaksis); interpretatsiya mazmuni (semantika); ayni bir S.ga har xil maʼno berish qoidalari (pragmatika). S.larni oʻzgartirish va uzatishga oid umumiy qonuniyatlarni informatsiya nazariyasi oʻrganadi; 2) geodeziyaaa triangulyasiya punktlarida oʻrganiladigan yogoch yoki metall belgi (minora). Bir minoradagi S. ikkinchisidan koʻrinib turishi kerak. Joylarda burchak oʻlchash paytida teodolitni oʻrnatish va boshqa geodezik oʻlchash ishlari uchun qoʻllanadi.
Tasvir — bu fotosurat yoki boshqa ikki oʻlchovli rasm kabi artefakt boʻlib, u ob’ektga — odatda jismoniy ob’ektga oʻxshaydi va shuning uchun uning tasvirini beradi. Signalni qayta ishlash kontekstida tasvir rang(lar)ning taqsimlangan amplitudasidir. Tasviriy skript — bu alifbolar tomonidan ishlatiladigan mavhum belgilar emas, balki turli xil semantik ob’ektlar uchun belgilar sifatida tasvirlardan foydalanadigan yozuv tizimi.
Raqamli signalni qayta ishlash
jismoniy ma'no- signal vaqt ichida sodir bo'ladigan ma'lum bir jarayon tomonidan yaratiladi.
Eng muhim shakllaranalitik ifodasignal - tebranishlar yoki spektr (vaqt yoki chastota tasviri) yordamida ushbu signalni yozib olishning tasviri.