Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga orgatish. Applikatsiya sozi lotincha sozdan olingan bolib, «joylashtirish» degan manoni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo oziga xosligi bilan ajraladi. Qogoz, somon, quritilgan osimlik oramga joylashtirilib, turli xil elim bilan elimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq -ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli boladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, kop ranglisi esa gozallik. Uni ham buni ham badiiylik boladi. Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bolib hisoblanadi.
Applikatsiya oziga xosligi katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. SHuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uygunlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir.
Applikatsiya qogozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi.
Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini kora olishiga orgatadi, ularni ozaro bogliqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash
rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich korsatish malakasini korsata oladi.
Maktabgacha talim muassasasida applikatsiya mashgulo tlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi.
Bu guruhda barcha mashgulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qogozga togri, turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni elimlash usullarini orgatishdir. Kattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat boladi, yani moyqalamni togri ushlab, unda ozgina elim olish, shaklni teskarisi bilan qoyib, elimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, surayotgan chap qolining barmogi bilan shaklni tutib turish, song moyqalamga ehtiyotkorlik bilan qoyib, shaklni sekin rang tomoni bilan ogirib, qogoz varagining kerak joyiga qoyish va salfetka yordamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan ortiqcha elimni sekingina artib olish.Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas.Eng sodda shakl - kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash__ lozim.
Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini togri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida otkazila digan applikatsiya mashgulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bolmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir; keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qoziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga organadilar.
SHuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti- etti xil rangni qizil, kok, sariq, yashil, jigarrangni togri aytib berishlari lozim.
Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qol harakati etarli taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati etarli bolmaganligi sababli bolalar qolidagi qaychi xavf tugdirishi mumkin. Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga orgatishida ish uchun beriladigan materiallar va mashgulotni tashkil etish ahamiyatiga egadir. materialning rangi bolalarni dikkatini tortib ularni chalgitadi. SHuning uchun dastlabki mashgulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bolgandan song tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bolganidan song material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar.
Tarbiyachi dastlab elementlarni qoyib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga elim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda
olib borish kerak. namunani korsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmogi bilan uni korsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq korsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini korsatib berilishi, bolalarni turli malaka va oquvini vujudga kelishida muhimdir. SHuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan korsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ishlab qoyib elim surtdi va boshqalar.
Tarbiyachi ozining har bir harakatini soz bilan birgalikda olib boradi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish mumkin. SHunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni korsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appilikatsiya mashgulotlari, bolalarni boshqa mashgulotlarga, dekorativ, predmetli va syujetli mashgulotlariga ijobiy tasir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qol bilan tahlil qobiliyati osadi va badiiy didlari shakllanadi.
O rta guruhda applikatsiyaga o rgatish. Tasviriy faoliyat (4-5 yosh) Bola hayotining 5yoshida ham psixologik, ham jismoniy tomondan osadi. Bu esa bolaning applikatsiya boyicha bajaradigan ishning sifat jihatidan ozgarishiga olib keladi.Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bolgan predmetlarni tasvirlashga organadilar. Orta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va konikmalarini ancha egallagan boladilar. Bu guruh bolalari 23 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga organadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini togri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish togri qirqim olishga organadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qogoz lentalar qirqishga organadilar. Bu guruhda bolalar elimlash malakasini egallashi davom ettiradilar. Bola hayotining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, ozun togri tortburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda bolgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qoshimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va togri aytishga organadilar. Ular qogoz varogida tez va osonlik bilan moljal olishga organadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar togri kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar qirqishga organadilar. Ular kvadrat va togri tortburchakning burchaklarini dumaloqlashga organadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qoziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga organadilar.YOpishtiriladigan qismlar soni ham kopayadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. SHakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: tortburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qogoz varagida togri moljallashga organadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.
Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqalar. Orta guruhda tarbiyachi ozining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi.