Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini loyihalashtirish


II. BOB Maktabgacha ta’lim muassasi turli yosh guruhlarida applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari



Yüklə 272 Kb.
səhifə3/8
tarix13.09.2023
ölçüsü272 Kb.
#143163
1   2   3   4   5   6   7   8
multimedia hgj

II. BOB Maktabgacha ta’lim muassasi turli yosh guruhlarida applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari
2.1. Kichik va o‘rta guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish tartibi.
Bolani rasm chizishga qiziqtirish, atrof-olam haqidagi tasavvur va taassurotlarini tasvirlashga o‘rgatish. Yil davomida bolaning ranglar (qizil, ko‘k, sariq, yashil, oq, qora) haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlab borish lozim.
Bolaga qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlashni o‘rgatishda davom etish. Qalamni bosh, o‘rta va ko‘rsatkich barmoq bilan uchi ochilgan joydan yuqoriroqdan, mo‘yqalamni temir bilan qoplangan qismidan yuqoriroq joyidan (yog‘och qismidan) to‘g‘ri ushlagan holda barmoqlarini siqmasdan, qog‘oz sathida erkin, bemalol harakatlantirib rasm solish, turli ko‘rinishdagi gorizontal, vertikal, to‘lqinsimon, egri chiziqlarni chizish, dog‘larni surkab yubormasligiga alohida e’tibor berish shart.
Bolada rasmni (qalam va mo‘yqalam bilan) bo‘yash malakasini tarkib toptirish. Qalamni qattiq bosmay bir tekisda harakatlantirib yuqoridan-pastga, chapdan-o‘ngga yoki qiyalatib; mo‘yqalamda esa tuklarini faqat bir tarafga yo‘naltirib yuqoridan, chapdan o‘ngga uzib-uzib bo‘yash. Mo‘yqalamga etarli bo‘yoqni surkash, ortiqchasini suvli idish chetiga surib, siqib tashlash; boshqa rangdan foydalanish uchun mo‘yqalamni suvli idishga solib yaxshilab yuvish. Mo‘yqalamni qog‘oz salfetka yoki doka bo‘lakchasi yordamida quritishga odatlantirish lozim bo'ladi.
Bolani rangli qalam va mo‘yqalamda ketma-ket takrorlanib keluvchi harakatlarni tasvirlayotganda so‘z va o‘yinga bog‘lab (“Tomchi tomar - chak- chak”, “Barg to‘kilar - shitir-shitir”, “Qor yog‘adi - gup-gup”) ifodalashga o‘rgatish kerak.
Doira va kvadrat shakllarni tasvirlash bo‘yicha tushuncha berish. Qo‘l sezgisi va ko‘z bilan chamalash ko‘nikmasini tarkib toptirish: bolaga turli hajmdagi (katta-kichik) kvadart va doira shakllarni qo‘lida ushlab ko‘rish, kvadratning tomonlari bo‘ylab qo‘lni yurgizish, burchakda to‘xtab, yana davom etishni; doira (yoki koptok)ning silliq sathi bo‘ylab aylanali, ohista, sirg‘aluvchi harakat orqali shakl va mutanosiblikni his qilish, chamalash malakasini hosil qilish joiz bo'ladi.
Doiradan - katta-kichik sovun ko‘piklari, rangli pufaklar, koptok, olma; kvadratdan - dastro‘mol chizishni o‘rgatish kerak.
Bolani rasmda ranglardan to‘g‘ri foydalanishga, turli narsalar yoki tabiat hodisalari (quyosh - sariq, archa - yashil, qor - oq)ni tasvirlash uchun muvofiq rang tanlashga o‘rgatish. Rang tanlashga qiynalayotgan bolaga yordam berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Tabiat go‘zalligi (ko‘m-ko‘k osmonda oppoq bulutlar, charaqlab turgan quyosh); fasllarning o‘zgarishi: kuzda rang-barang yaproqlar; qish faslida qor bola, qor parchasi; bahor faslida gullar, kamalak; yozda o‘rik, olcha, olmalarni tasvirlashga o‘rgatish hamda murakkab bo‘lmagan voqeaband rasmlar chizish (“O‘tloqda sariq va qizil koptok”) ga o'rgatish lozim.
Xohishiga ko‘ra o‘yinchoq va turli tabiat manzaralarini chizish, jamoa bilan ishlashga o‘rgatish (“Ko‘m-ko‘k maysalar va gullar”) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, o‘sma, sabzi, turp suvi)dan foydalangan holda noan’anaviy usullarda (barmoqlar, ka^lar, tayyor shakllar asosida) rasm solishga qiziqtirishni davom ettirish kerak.
Tasviriy faoliyatda foydalaniladigan ish qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga odatlantirish.
Rasm chizishda qomatni to‘g‘ri tutishni shakllantirishga (erkin o‘tirish, qog‘oz varag‘i ustida boshni juda past egiltirmaslik), barmoq va qo‘l harakatlarini rivojlantirishga doimo e’tibor berish. Qalam, mo‘yqalam va bo‘yoqlardan foydalangach, qo‘llarini tozalab yuvish va suvdan to‘g‘ri foydalanishga odatlantirish lozim.
Loy, plastilin (tuzli hamir va rangli shamcha)lar bilan ishlash. Bolada loy, plastilin (tuzli hamir, rangli shamcha)lardan narsalar yasashga qiziqish uyg‘otish. Plastik material (loy, plastilin, tuzli hamir, rangli shamcha)larning xususiyatlari haqida tushuncha berish, bola narsani qo‘llari bilan ushlab, his qilishiga erishish; ikkala qo‘lidan foydalangan holda narsa yasash usullarini o‘rgatishda davom etish. Qo‘l kaftlari orasidagi loy bo‘lagini ishqalash harakati bilan - qo‘g‘irchoq uchun konfet, sabzi, tayoqchalar hosil qilish; aylanali harakatlar bilan ritmik tarzda dumaloqlash va bo‘g‘irsoq, olma yasash, yumaloqlangan loyni ikkala qo‘l kafti bilan ezib yapaloqlab - kulcha non, holva; barmoqlar bilan yassilangan guvala o‘rtasida chuqurcha qilib - kichkina va katta likopcha, piyola yasash va ular bilan turli o‘yinlar o‘ynash samarali natija beradi.
Loy yoki plastilin bo‘lagidan tayyorlangan bir necha yumaloq shakllarni birlashtirib, turli buyumlar va o‘yinchoqlar (qorbola, sarak-sarak qo‘g‘irchoq, jo‘jacha)ni yasash. CHimdish usulidan foydalanib o‘yinchoqlarning xarakterli jihatlari (burni, tumshuqchasi, quloqchasi)ni hosil qilishga o‘rgatish shart.
Qaysi plastik materialdan qanday predmetlar yasash mumkinligini tushuntirish, to‘g‘ri va aylanali harakat, yassilash, yulish, pachoqlash, uzib olish va cho‘zish, barmoq uchi bilan chetlarini chimchilab tugib qo‘yish usullaridan foydalangancha 2-3 qismli bir xil yoki har xil shakldagi predmetlarni mustaqil yasashga qiziqtirib boriladi.
Bolada loydan yasalgan o‘zbek xalq o‘yinchoqlaridagi go‘zallikni ko‘ra olish va yasalgan narsalarni bezashga havas uyg‘otish kerak.
Applikatsiya. Bolani applikatsiya bilan tanishtirish, applikatsiyali tasvir tayyorlashga qiziqish uyg‘otish. SHakl (doira, kvadrat, uchburchak)lar va ranglar bo‘yicha tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Bolani tarbiyachi tomonidan kesib tayyorlangan bitta shaklni (olma) qog‘oz sathiga to‘g‘ri qo‘yish va elimlashni o‘rgatish. Tayyor shakllar (hajmi bir xil, ranglari har xil bo‘lgan qizil, sariq, yashil koptoklar)ni qog‘oz sathiga oraliq masofani hisobga olib, rangiga ko‘ra navbatma-navbat joylashtirish va elim surtilgan shaklni bosma qog‘oz yordamida qattiq bosib, yaxshilab elimlashga o‘rgatish lozim.
Bolada turli shakllardan naqsh yasash, shakl va ritmning o‘zaro mosligini his qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish. SHakli bo‘yicha doira va kvadratni qog‘ozda tartib bilan qo‘yish va elimlash orqali muayyan tasvir hosil qilishga erishish. Rangiga ko‘ra geometrik shakllarni (doira,uchburchak va kvadratlar) va o‘simliklarni (gullar va yaproqlar) navbatma-navbat qo‘yish yo‘li bilan 2-3 qismli naqsh hosil qilish. Yaxlit tasvir tuzish va qog‘oz sathiga elimlash kerak.
Bolaga tabiiy materiallardan bezakli kompozitsiyalar (qizil va sariq gullar, yashil barglar) tuzishni; uchburchak, kvadrat va yumaloq shakldagi (archa,bo‘g‘irsoq) narsalarni tasvirlashni, qog‘ozni yirtish yo‘li bilan turli applikatsiyalar hosil qilishni o‘rgatish lozim.
Jamoa bo‘lib sodda kompozitsiyalar tuzish, masalan, “YAproqlar o‘yin tushar” mavzusi bo‘yicha tarbiyachi katta (vatman) qog‘ozga daraxt shaklini elimlaydi. Bolalarga ko‘p miqdorda qirqib tayyorlangan har xil rangdagi (qizil, sariq, yashil) barglar siluetini daraxtga va uning atrofiga elimlashni taklif qilish orqali kuzgi go‘zal manzarani aks ettirishga yoki noan’anaviy usuldan foydalanib, qizil, sariq, yashil rangli qog‘ozlarni yirtish yo‘li bilan barg yasash va elimlashni o‘rgatish mumkin bo'ladi.
Bolaga ijodiy applikatsiya ishlarini amalga oshirishiga imkon berish va o‘zi yasagan ishdan zavqlanish, quvonish hissini uyg‘otish.
Qurish-yasash. Bolada qurish-yasash faoliyatiga nisbatan qiziqishni tarbiyalash, mustaqil o‘rganishiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish; yasagan narsalari bo‘yicha imkon darajasida so‘zlab berishga undash. Asosiy qurilish materiallari (kubik, g‘ishtcha, doira, uchburchak)ning nomlarini aytishni va ulardan foydalanishni o‘rgatish lozim.
Bolani oddiy qurish-yasash ishini (tarbiyachi bilan birgalikda) amalga oshirishga: kengligi va uzunligi bo‘yicha - piyodalar va mashinalar uchun yo‘l qurish, balandligiga qarab joylashtirib - uy va darvoza qurish, tartib bilan bir- birining ustiga mustahkam qilib taxlashga; ma’lum oraliqda joy qoldirib, eshik, deraza qo‘ya olishga o‘rgatish. Tayyor bo‘lgan binoga yangi detallar qo‘shib konstruksiyaning boshqa variantini hosil qilish; bitta detalni boshqasi bilan almashtirib yoki minoraning balandligi va uzunligini o‘zgartirib (past va baland minora) qurish. Bolani o‘z inshootini maromiga etkazish (uy, yo‘lakcha, ko‘cha), xonani jihozlash: stol, stul, divan, mebel tarzida joylashtirishga o‘rgatish zarur.
Bolaga pazllarni, mozaykalarni mustaqil terishga imkon berish va o‘z rejalari asosida legodan qurish-yasash ishlarini amalga oshirish xohish-istagini rag‘batlantirish. O‘ynab bo‘lgach, barcha qurilish materiallarini saqlash qutisiga tartib bilan taxlab qo‘yishga odatlantirish.
Applikatsiya ishiga o‘rgatishning asosiy maqsadi-tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go‘zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi - ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi.

Yüklə 272 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin