Qurish-yasash. Bolani inshootning har bir qismini tahlil qilishga; vazifasini belgilashga; ishlarni mustaqil rejalashtirishga orgatish kerak. Qurilma-konstruksiyalar haqida malumot berish va ulardan amaliy jihatdan foydalanish; qurilmalarni yasash yollarini tushuntirib boorish kerak.
Bolani chizma, rasm, surat boyicha inshoot qurishga; zaruriy qurilish materiallarini mustaqil tanlashga; maqsad boyicha jamoaviy binolarni jihozlashga, dostona, inoq ishlashga undash lozim.
Bolaga tayyor shakllardan (turli qutilardan v.b.) konstruksiyalar: mebel, transport vositalari yasashni; detallarni mahkam elimlashni orgatishda davom etish kerak.
Bolani yangi detallar: turli shakl va hajmdagi yogoch (uzun-qisqa, to rtburchak, doira, uchburchak), silindrlar va ularning xususiyatlari bilan tanishtirib borish lozim.
Pazl, mozaika va lego kabi oyinchoqlar yordamida kamida 16 ta bolakdan iborat shakl yigishga orgatish kerak.
Bolaning yogoch konstruktorning har xil bolaklaridan foydalanishi va nomlashini; qurilish jarayonida inshootning bazi detallarini ozgartirib, asosiy qismini ajrata olishini; qurish-yasashda oyin faoliyatini maqsad, sharoit, loyiha boyicha olib borishini ragbatlantirish lozim.
Qurish-yasashni, rang, shakl va kattalik boyicha mutanosiblikni idrok etish layoqatini takomillashtirib borish lozim.
Qol mehnati. Bolada qogozdan, qoshimcha materiallardan konstruksiya ishlarini bajarishga qiziqish uygotish. Oz qollari bilan turli oyinchoqlar, bezaklar tayyorlash, oyinchoqlarni tuzatish, kitoblarni elimlash, ozidan kichiklar uchun oyinchoqlar, xatchop, sanoq materiallari va mavzuga mos qol ishlari yasash istagini shakllantirish kerak.
Mashgulotlar va syujetli-rolli oyinlar uchun yasama oyinchoqlar (bayroqcha, sumkacha, kitob); ota-onalar, kattalar va kichkintoylar uchun sovgalar tayyorlash, qogozdan turli oddiy konstruksiyalar (origami) yasashga orgatish lozim.
Bolani materiallarni ehtiyotkorlik bilan maqsadga muvofiq, tejab, oqilona sarflashga, oz mehnati mahsulini ehtiyot qilishga odatlantirish kerak.
Bolada ijodiy qobiliyatni, tasavvurni rivojlantirish, badiiy didni ostirish, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash; yasagan buyumlarini estetik jihatdan his etish va baholash konikmalarini shakllantirish joiz.
Rasmda buyumlarni, osimliklar, sabzavot va mevalarni bir-biri bilan ozaro qiyoslash, masalan, shakli va rangi bilan farqlanuvchi bir xil (katta-kichik, qizil- yashil) yoki shakli bir xil, ranglari har xil (lavlagi bilan turp); har xil daraxtlar (olma va yongoq daraxti, terak va tol); turli xil transport vositalari (yuk mashinasi va engil mashina, samolyot va raketa) solishtirish orqali oxshash va farqli tomonlarini topish va tasvirlashga orgatish kerak.
Tabiatda yil fasllari, ob-havoning ozgarishi bilan bogliq ravishda ranglarning ozgarishini (quyoshli kunda osmon zangori rangda, bulutli kunda kul rang; bahorda barglar - yashil, kuzda - sariq, qizil v.b.) payqashga, tabiat manzarasi tasvirida zarur ranglarni tanlay olish, ranglarning qarama-qarshi va tekis tovlanishini tasvirda etkazib berishga erishish shart.
Bolaga shaklni, chiziq va mayda doglar joylashuv tartibini jozibali tarzda etkazib berishda, tasvir gozalligini xayolan gavdalantirish malakasini shakllantirish.
Noananaviy usullarda (iplar, sham, sovun, barmoqlar, doglar yordamida) rasm solishga orgatish lozim.
Tasviriy sanat asarlari - peyzaj va natyurmortlarni mustaqil kuzatish, ularga hissiy-estetik jihatdan baho berishga orgatish zarur.
Bolaning bezakli rasmlarni solish boyicha ijodkorligini rivojlantirish, ozbek xalq hunarmandchiligi yonalishida naqshlar chizishga orgatish kerak.
Qadimiy va keng tarqalgan milliy bosh kiyimlardan - ozbek doppilari bilan tanishtirishda davom etish. Bolaga doppilarga kashtadozlik usullarida naqsh elementlari chizishni va oziga xos tartibda joylashtirishni orgatish. Bola diqqatini milliy anjomlarga (gilamcha, sozana v.b.) tikilgan nafis naqsh elementlariga, ranglar uygunligiga qaratish. Atlas va adrasdagi naqsh elementlarini chizishga qiziqtirishni davom ettirish lozim.
Rangli, qora va oq fonda naqshlarni kompozitsiyalash ustida mustaqil ishlashga orgatish. Turli hajmdagi siluet qogozlarga, jumladan, milliy buyumlar (choynak-piyola, kosa, lagan) siluetiga naqshlar (ilmoq, gajak, chiziqchalar, tayoqchalar) chizish; liboslarni ifodalovchi siluetlarga mayda va yirik elementlardan foydalanib naqsh chizish. Ozbek va boshqa xalqlar amaliy sanati ananalari asosida, turli fonda va har xil hajmda bezakli naqshlar chizish. Bezakli rasm elementlari nomlarini bilish - gajak, bodom, zigzak, yarimoy shakllari.
Engil harakatlar bilan rasmlarni boyashga orgatish, tasvir shaklidan kelib chiqqan holda boyashni togri rejalashtirish. Fikran milliy naqsh elementlaridan foydalanib, bezakli kompozitsiyalar tuzish, turli naqshlar ishlash, jamoa mehnatida ishtirok etish. Kompozitsiyalarni yakka ozi shuningdek, 3-4 kishilik kichik jamoa bilan birgalikda ishlash yaxshi natija beradi.
Ota-onalar bilan birgalikda korgazmalar, muzeylarga borishni tashkillashtirish lozim.
Bolani oz ishidagi kamchiliklarni sezishga va ularni tuzatishga undash. Ozining va tengdoshlarining ishini tahlil qilish, erkin fikr bildirish malakasini takomillashtirish, chizgan rasmlaridan zavqlanish, erishgan natijalaridan quvonish kabi his-tuygularni shakllantirishni davom ettirish shart.
Oz ish joyini tayyorlash, saranjom-sarishta, tartib bilan ishlash, toza tutish, yigishtirishga, ishdan song qollarini sovun bilan tozalab yuvishga odatlantirish kerak.
Loy, plastilin (tuzli hamir, rangli sham)lar bilan ishlash.
YAsashning turli usullaridan erkin foydalanishga orgatish; asosiy qism va boshqa qismlar shaklini, ularning bolaklari, tasvirlangan buyumlarning oziga xos xususiyatlarini etkazib berishga; barmoq va yogoch qalam bilan shakllar yuzasiga ishlov berishga orgatishni davom ettirish lozim.
Sodda shaklli narsalar (meva va sabzavotlar) va xalq ustalari ananalariga asoslanib, murakkabroq sopol oyinchoqlar (uloqcha, toychoq) yasashga orgatish.
Bola hajmli shakllar: shar, silindr, konus haqidagi bilimlariga tayanib, dastlab narsa shaklini organishi, songra uning alohida qismlarini ajrata olishi, nomini aytishi va yasashni boshlashi lozim.
Plastik materiallardan narsa yasash jarayonida, bolaning kompozitsiyani his etish tuygusini rivojlantirib borish; 2-3 shakldan iborat murakkab bolmagan haykaltaroshlik buyumini hosil qilish va figuralarni umumiy asosga birlashtirish. Turli idish-tovoqlar (piyola, kosa, choynak) yasash, ularning sirtqi qismini barmoq uchlari va yogoch qalam bilan silliqlash. Bola barcha bosqichlarni mustaqil bajarishi lozim: plastina (yassi, qattiq jism) yasash, jism relefini stek (haykaltaroshlar ishlatadigan qalam)da chizish. YAsalgan narsani guash yoki tempera (tuxum sarigidan tayyorlangan) boyoqlari bilan boyash. Xalq oyinchoqlariga oxshatib bezakli shakllar yasash va boyash. Sopolga milliy naqsh ishlash va boyash. Xalq ijodkorligi yonalishida oyinchoqlar, tekis yuzaga ishlangan bortma naqshlar yasash (suvenirlar, dekorativ tarzda loyni, tuzli hamirni, rangli shamlarni har tomonini naqshlar bilan bezatish).
Applikatsiya. Bolani simmetrik shakldagi narsalarning (koza, gullar, barglar) siluetini kesishga orgatishda davom etish lozim.
Ikkita bir xil narsa (kosa, piyola) hosil qilish uchun togri tortburchakni teng ikkiga buklab, rasmni toliq chizish va kontur boylab qirqishga orgatishni davom ettirish. Bir necha marta buklangan qogozni diagonal boyicha qirqib shakl hosil qilish (qorparcha, yulduzchalar), qogozdan yangi yil oyinchoqlari, bezaklari, turli ramzlarni qirqish texnikasini orgatish zarur.
Buyumlarning asliga qarab va tasavvurga kora muayyan mazmunga ega bolgan voqeaband (sabzavot, oyinchoq, gullar) tasvirini yasash va bezashga orgatish shart.
Qogozda geometrik shakl va osimliklarga xos belgilardan foydalanib, shakllarning bezakli kompozitsiyasini tuzish. Bola obrazli shakllar ustida ishlayotganida qogozlarni yirtish va tasvirlarni elimlashning turli usullaridan foydalanishini ragbatlantirish; rasmlarning dastlabki engil silueti bilan birga tasvirning mozaika, kvilling, borttirib ishlash usulini ham orgatish. Rang va uygunlikni his qilish tuygusini rivojlantirish lozim.
Ozbek milliy naqshlari boyicha, jumladan, har bir viloyatning oziga xos naqsh elementlari va ranglar mutanosibligi borligi haqida tushuncha berish. Bola oz ishlarida kashtachilik hamda yormadozlik elementlaridan foydalanib, bir- biriga mos yangi naqshlar hosil qilishini ragbatlantirish shart.
Turli sifatdagi matolardan (silliq, yaltiroq, tukli) applikatsiya qilishga orgatish (gullar, tasmalardan savatlar, kapalak uchun shoyi, bor yordamida kontur yuritish va syujetga muvofiq qirqish).
Bolada ranglar mutanosibligini his etish layoqatini rivojlantirish. Murakkab bolmagan kompozitsiyalar tuzishda guruh tarkibida ijodiy ishlashni davom ettirish. Navroz va boshqa bayramlarni otkazish uchun bino va hovlini bezatishda ishtirok etishni ta'minlash zarur.
Qurish-yasash. Bolaning qurilish materiallaridan bir-biriga mos keladigan, erkin konstruksiyalarni osonlik bilan qura olishini, bunda koz nazorati yordamida kerakli materiallarni tez va togri tanlashini, maqsad va tasavvuri boyicha bemalol qurilish ishlarini bajara olishini ragbatlantirish lozim.
Bolaning narsa qismlarini togri idrok etish; murakkab shakl xususiyatlarini ilgash; yaxlit badiiy kompozitsiyaning rang-tus va makoniy uygunligini anglab; qurayotgan inshooti bitganda qanday korinishga ega bolishini tasavvur etish layoqatini shakllantirish zarur.
Turli xildagi binolar (turar - joylar, teatr, minora v.b.)ning konstruksiyalarini kuzatishga orgatishni davom ettirish zarur.
Binolar konstruksiyasini tahlil qilish, uning vazifasini belgilab, shakliga muvofiqligini, foydalaniladigan sharoitga mosligini aniqlash. Bolaga detallarni ozaro mustahkamlashning turli usullaridan foydalanishni, lego va transformer bilan turli narsalarni mustaqil yasashni orgatish shart.
Bitta obektdan turli shart-sharoitlarda foydalanishni nazarda tutib loyihalash (piyodalar va transport harakati uchun koprik); qurilish uchun qaysi detal koproq mos kelishini aniqlash; ularni qaysi tartibda konstruksiyalash maqsadga muvofiq ekanligini belgilash; istiqboldagi qurilishni rejalashtirish konikmalarini rivojlantirish. Qurish-yasash loyihalarini va inshootlarini tahlil etish, uning asosiy vazifasini belgilash, shunga muvofiq ravishda uning shakli va hajmini aniqlash;
qismlarni bir-biriga mahkamlash usullarini qollab inshootning konstruktiv echimini izlab topishga yonaltirish lozim.
YAgona mazmunga birlashgan katta qurilishni (kocha, bino) yasashni orgatishni davom ettirish. Turli plastmassa konstruksiyalari haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Rasm, shaxsiy tasavvuri yoki tarbiyachining korsatmasi asosida turli modellar (bino, poezd, samolyot v.b.) yasashga orgatish.
Bolaning mustaqil holda pazl, mozaikalarni yigishi va legolardan turli narsalar yasashini ragbatlantirish shart.
Memorchilik sanati bilan tanishtirish, har bir binoning oziga xos vazifasi (turar - joylar, kinoteatrlar, dokonlar, maktabgacha talim muassasalari, maktablar) borligi haqida tushunchalarini kengaytirish lozim.