Islimi bargak
-tanob, band, barglar bilan chirmashib ketgan
o‗simliksimon naqsh.
Islimi bulbul - bulbul tasviri ishlangan o‗simliksimon
Islimi bofta - kompozisiyasining asosiy chiziqlari bir-biriga to‗qilib
ketgan naqsh.
Islimi davron - motivi bir doira ichida aylangan naqsh.
Islimi doyra - turlicha naqshlar bilan to‗ldirilgan doira chiziqlarning
bir-biriga tutashuvidan hosil bo‗lgan naqsh.
Islimi gul dona - o‗simlik elementlaridan tuzilgan va o‗rtasiga
alohida dona gullar solingan naqsh turi.
Islimi gulzor - o‗zaro nafis chirmashib ketgan o‗simliksimon juda
murakkab naqsh.
Islimi zanjira - chirmashtirib, o‗simliksimon zanjiraga o‗xshatib
ishlanadigan naqsh.
Islimi madohil - o‗simliksimon elementlardan tuzilgan murakkab
naqshning bir turi.
Islimi mehrob -o‗simliksimon naqshlar bilan to‗ldirilgan mehrob.
Islimi murakkab -tanob, targ, band barglari bir-biri bilan nafis
chirmashib ketgan o‗simliksimon murakkab naqsh.
Islimi isfaxoni - Isfaxon idishlaridagi naqshlarga o‗xshatib chizilgan
naqsh elementi. Xorazm naqshida ko‗p qo‗llanadi.
Islimi mashadi - naqsh, ko‗pincha misgarlikda, yog‗och, ganch,
marmar o‗ymakorligida, keramikada uchraydi.
Islimi mehrob - o‗simliksimon naqshlar bilan to‗ldirilgan mehrob
shaklidagi turi.
Islimi obi - serbarg va sershoh, g‗oyatda nozik chiziqlardan iborat.
129
Islimi murakkab -yog‗ochga, ganchga va marmarga chiziladigan
naqsh
turi.
Ko‗pincha
Buxoro,
Samarqand,
Toshkent
naqqoshlarining ishlarida uchraydi.