4. Naqqoshlik elementlarida milliylik ifodasini bo‗lishining sababi?
39
1.7. Rang turlari, ularning o„ziga xos xususiyati
Bo‗yoqlarni akvarel, guash, tempera va moybo‗yoq turlari mavjud
bo‗yoqlar, Akvarel qadimdagi Misr Yaponiyada keng qo‗llanilgan. XIX
asrida akvarelda yirik san‘at asarlari ishlash juda taraqqiy etgan. Akvarel
bilan ishlash bundan bir yarim asr avval Angilyada rivojlangan edi.
D.Kozens, Terner, D.Konstabel, R.Boninton, T.Gertin kabi rassomlar
o‗zlarining akvarelda ishlagan asarlarida Angliyaning go‗zal tabiatini
mohirlik bilan ishlagan.
Rossiyada esa akvarel bilan ishlash san‘ati XVIII asrdan boshlab
keng yoyila boshladi. O‗rta asrlarda Rossiyada bo‗lganidek, g‗arbiy
Yevropada ham akvareldan cherkovga qarshi bo‗lgan diniy kitoblarni
naqsh va illustratsiyalar bilan bezashda foydalaniladi. Lekin, u vaqtlarda
akvarel oq bo‗yoq moddasi qo‗shilgan holda ishlatilar edi. O‗rta Osiyoda
akvarel kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo‗llaniladi. O‗rta
Osiyo rassomlari ichida ayniqsa, Kamollidin Behzod kitoblarga akvarel
bilan miniatura hamda illistratsiyalar ishlashda shuhrat qozondi.
Biz yuqoridagi sahifalarda bo‗yoq turlari va ularni xususiyatlari
hamda ijodiy ishlarda foydalanish yo‗llari bilan tanishgan edik. Ulardan
tayyorlanadigan ranglar va ularning dastasini naqsh kompozitsiya
zaminiga mos rang gammalarini tanlashdagi o‗rni.
Ranglarning milliy naqshlarga ishlov berishdagi tutgan o‗rni juda
muhumdir.
Ranglarning kishi ruhiyatiga ta‘siri o‗ziga xosdir. Ranglarni
tabiatda insonlarning o‗zlari tanlaydilar. Rang tuslari orqali kishilarning
xaraktеri kayfiyati va boshqa xususiyatlarini belgilash mumkin. Tabiatan
issiq rang tuslarini yoqtiruvchi kishilar jo‗shqin to‗pori, qiziqqon xaraktеr
egalari sanalsa – sovuq rang ixlosmandlari aksincha muloyim, bosiq
chehrali kishilardir. Ranglarning inson ruhiy olamiga ta‘sirini ko‗rib
chiqaylik:
Yashil rang tinchlantiradi, sariq rang tеtiklashtiradi qizil rang
kayfiyatni ko‗taradi, to‗q havo rang ishtaha ochadi, zarg‗aldoq rang
e‘tiborni tortadi, ranglar mazmuni yashil rang – ona tabiat ramzi, ko‗k
rang – moviy osmon, qizil rang – g‗alaba, shodlik, sariq rang –
muqaddaslik, qora rang – motam, zangori – oliy e‘tiqod, oq rang –
tozalik, baxt va omad ramzi.
Naqqoshlikda kompozitsiya qonuniyatlaridan tashqari uni bo‗yashda
qo‗llaniladigan bo‗yoq turlari, ularning o‗ziga xos xususiyatlari, rang
koloriti, hamohanglik va shu kabilar muhim ahamiyatga ega.
40
15-rasm Ranglar spektori
Xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy san‘at namunalarini
kuzatar ekanmiz, ular biron-bir rang tuslari ta‘siriga ya‘ni rang kaloritiga
bo‗ysundirilganini ko‗ramiz. Shunga asosan havorang, yashil rang, jigar
rang va shu kabilar muhitiga xos naqsh kompozitsiyalari ishlanadi.
Mo‗jaz bezatilgan buyumlardan tortib katta-katta bino va inshoatlar
asosan rang va chizgilar jilosida nechog‗lik nafis va ulug‗vor ko‗rinadi.
Har bir voha va naqqoshlik maktablarining o‗ziga xos rang kaloritlari
mavjud bo‗lib, Xorazm naqqoshlari havo rang, qo‗qon ustalari qizil-
zangori, Toshkent naqqoshlari esa to‗ti yoyi va och jigar rang tuslarida
ijod qiladilar.
Albatta naqqoshlik san‘atida oddiy chiziqlar mohiyatini rang tuslari
ochib bеradi. Naqshlarni bo‗yashda zamin va shakl oraliqlariga to‗q rang,
gul novda va boshqa elеmеntlariga och ranglar bеriladi.
Ranglash bosqichlarida iliq va issiq ranglar aralash qo‗llanilmaydi.
Aksincha, naqsh namunalarining umumiy talqinlariga e‘tibor bеriladi.
Ma‘lumki, iliq ranglar tarkibiga: qizil, qirmizi, gulnor, sariq, zarqaldoq
ranglar kiradi. Bu kabi ranglar issiq havo, quyosh taftini, sovuq ranglarga
esa salqinlik, suv, muz holatini anglatuvchilar kiradi. Yashil ranglar iliq-
issiq ranglardir.
6
Atrof-muhitdagi narsalar tushayotgan yorug‗lik ta‘siri ostida
o‗zlarining rang tuslarini tez-tez o‗zgartirib turadi. Masalan, quyosh nuri
yon tomondan yoritib turgan maysalarning rangi sarg‗ish-yashil
ko‗rinishda bo‗lsa, xuddi shu maysaning soyada turganlari bir oz to‗qroq
yashil rangda ko‗rinadi.
6
S.S. Bulatov “Rangshunoslik” Toshkent 2009 y. 5-6 bb.
41
Naqqoshlikda ham ranglarning ana shu xususiyatlarini hisobga
olgan holda ish ko‗rish lozim bo‗ladi.
Agarda ishlanadigan naqsh yorug‗roq joyga qo‗yiladigan yoki
ishlanadigan bo‗lsa, rang tuslarini bir oz to‗qroq olish mumkin. Aksincha,
bir oz yorug‗lik nurlari kamroq tushadigan yеrlarga joylashtiriladigan
bo‗lsa yoruqroq ko‗rinishdagi rang tuslaridan foydalaniladi.
Naqqoshlikda suv va moybo‗yoqlardan kеng ko‗lamda foydalaniladi.
Bu esa o‗z navbatida rangshunoslik borasida ham kеrakli bilim va amaliy
malakalarga ega bo‗lishlari lozimligini taqozo etadi.
Tayyor naqsh namunalarini bo‗yashda bir rangning bir necha xil
tuslari qo‗llaniladi. Bunda oq bo‗yoq asosiy o‗rinni egallaydi. Akvarel
bo‗yoqlari bilan qog‗ozga ishlangan naqshlarni bo‗yayotganda esa suv-
rang tusini ochlashtiruvchi vosita sifatida katta ahamiyatga egadir. Shuni
esda tutish lozimki, ayrim bo‗yoqlarni bir-birlari bilan aralashtirishda
ba'zi bir ehtiyot choralarini ko‗rish lozim bo‗ladi. Chunki, to‗q rang
tusiga ega bo‗lgan bo‗yoq tarkibiga boshqa rang aralashtirilsa uning tusi
ham to‗qlashadi. Bu esa o‗z navbatida rang tusining tiniqlik darajasiga
ta‘sir etadi.
Ayniqsa, moy bo‗yoqlarida ishlangan naqshlarning tuslari keyinchalik
to‗qlashib, qorayib kеtishga moyil bo‗ladi. Agarda naqshlar uzoq vaqt
saqlash uchun mo‗ljallangan bo‗lsa ularni iloji boricha ochiq rang
tuslarida bo‗yash tavsiya etiladi. Umuman olganda naqsh sirtiga iloji
boricha quyosh nuri tushmaydigan bo‗lishi lozim. Shuningdek, nam havo
yoki suv tegishi naqshning uzoq muddatga saqlanishi uchun jiddiy to‗siq
bo‗lishi mumkin. Umuman olganda badiiy naqqoshlikda ana shu
sharoitlarni hisobga olish kеrak bo‗ladi.
Badiiy naqqoshlikda quyidagi ranglar va ularning tuslaridan kеng
ko‗lamda foydalaniladi:
Zangori ranglar va ularning tuslari (och zangori, zangori, to‗q
zangori, och havo rang, havo rang, to‗q havo rang, moviy ko‗k).
Sariq ranglar va ularning tuslari (och sariq, sariq, to‗q sariq sarqish,
limonli sariq, kadmiyli sariq, sarg‗ish zarg‗aldoq). qizil ranglar va
ularning tuslari (och qizil, qizil, to‗q qizil, och va to‗q qirmizi, qirmizi,
alvon rang, och va to‗q zarg‗aldoq, zarg‗aldoq ranglar va boshqalar).
Yashil rang va ularning turlari (och va to‗q yashil, yashil, sarqish
yashil, to‗tyoyi (to‗taki), zaynovi (chiroyli o‗tkir rang yashil), zumrad
rang, ko‗kish yashil. Binafsha rang va ularaning tuslari (och va to‗q
binafsha , binafsha siyoh rang, ko‗kish binafsha qizg‗ish binafsha va shu
kabilar).
42
Jigar ranglar va ularning tuslari (och va to‗q jigar rang, jigar rang,
qizg‗ish va sarg‗ish jigar rang, qoramtir jigar rang va boshqalar). qora
rang va uning tuslari (och va to‗q qora, qora och va to‗q kul rang va shu
kabilar).
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan ranglar va ularning tuslari ko‗pincha
badiiy naqsh koloritini belgilashda katta o‗rinni egallaydi. Shunga ko‗ra
rang muhiti biror bir aniq rang tusi koloritiga bo‗ysundiriladi. Masalan
jigar rang, havo rang, sarg‗ish yoki qizg‗ish ranglar muhitida ishlangan
naqsh kompozitsiyalari shular jumlasidandir.
16- rasm
Dostları ilə paylaş: |