Tasviriy san‟at kafedrasi


O‗zbekiston Badiiy Akademiyasi a‘zosi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
NAQQOSHLIK

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
 
O‗zbekiston Badiiy Akademiyasi a‘zosi
 
 
 
Universitet ilmiy Kengashining 2021 yil 30 oktyabrda № 3- bayonnoma
qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-7041-6-9
© 
Samarqand davlat universiteti, 2021 



KIRISH 
 
Ko‗p tarixiy manbalar va adabiyotlarda berilgan ma‘lumotlarga 
ko‗ra naqqoshlik san‘ati juda qadimdan rivojlanib kelgan. Qadimiy 
bo‗lishi bilan birga yillar davomida o‗zining qimmati va qadrini 
yuksaltirib borgan san‘at turi hisoblanadi. Ajdodlarimizning qo‗llariga 
qurol olib o‗zlarining turmush ehtiyojlarini qondirish maqsadida yasagan 
barcha anjom hamda jihozlari amaliy san‘atning ma‘lum bir turiga borib 
qo‗shiladi.
U toshga ishlov berish bo‗lsin, yog‗ochni yo‗nish bo‗lsin umuman 
aytganda yaratuvchanlik tashabbusi yuzaga kelgan. Buni biz o‗sha amaliy 
san‘atning boshlang‗ich qadamlari deb qabul qilsak bo‗ladi. O‗zlari 
bilmagan holda go‗zallikka intilishi hamda uni o‗z mahsulotlarida ifoda 
etish san‘atdagi ilk qadamlarining nishonasidir. Shu tariqa murakkab 
hayot bosqichlaridan o‗tib hozirgacha o‗z tarovatini yo‗qotmagan bu 
san‘at turlari milliy bezak san‘atimizning o‗zagi hisoblanadi.
Har qanday amaliy san‘at turiga oid asarlarni tahlil qilganimizda 
uning tarkibiy qismi naqsh kompozitsiyalardan iborat ekanligini 
kuzatamiz. Demak naqsh kompozitsiyalarni turlarga mos qilib qo‗llab 
borish azaldan ustalarimiz ijodining samarasi bo‗lib kelgan. 
Mustaqilligimizning 
dastlabki 
kunlaridanoq 
mamlakatimizda 
boshlangan bunyodkorlik ishlari qadimiy qadamjolar, milliy merosimiz 
bo‗lgan madrasa va minoralar o‗zbek naqshu nigorlari bilan bezatilgan
inshootlarni aks holicha saqlash ularni tamirlash va qayta qurish 
hukumatimizning qarorlarida o‗z ifodasini topdi.
Buning misolida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Imom 
Al- Buxoriy majmuasi, imom al Motrudiy maqbarasi, Xo‗ja Ahrori Vali 
masjidi, Xo‗ja Doniyor maqbarasi shunga o‗xshash juda ko‗plab ulug‗lar 
yashab o‗tgan maskanlar obod qilindi. 
Ularni bezatish ishlari hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan 
naqqoshlik maktablarining vorislari Toshkent, Farg‗ona, Samarqand, 
Buxoro va Xiva maktablarining usta naqqoshlari o‗zlarining betakror 
naqqoshlik va yog‗och o‗ymakorligi asarlari bilan bezatdilar. 
Kompozitsiyalarni kuzatar ekanmiz har birining o‗ziga xos uslub 
yaratilganligi va nafis qilib ishlanganligini guvohi bo‗lamiz.
O‗zbek xalq amaliy bezak sana‘tining turlari ularning rivojlanish 
tarixi, ularga doir maktablarning vujudga kelishi ustalarning ish uslublari 
yaratgan asarlarining badiiy tahlili xususida yozilgan kitoblar va 



manbalarning tahchillik muommosi mustaqillikka erishganimizdan so‗ng 
yechila boshlandi.
Bu borada pedagogika fanlari doktori professor S.S. Bulatovning bir 
qator darslik va qo‗llanmalari: ―O‗zbek xalq amaliy bezak san‘ati‖, 
―Naqqoshlik‖, ‖Ganchkorlik‖, ―Naqsh alifbosi‖, ―Rangshunoslik‖, 
O‗zbek xalq amaliy bezak san‘ati ensiklopediyasi‖ni misol qilib aytib 
o‗tish mumkin. 
Ayniqsa ―O‗zbek xalq amaliy bezak san‘ati‖ nomli kitobi amaliy 
san‘at fanlari o‗qitiladigan oliy o‗quv yurtlari, kasb - hunar kollejlari 
hamda nafis san‘at litseylari va umumta‘lim maktablari o‗quvchilari 
uchun keng foydalaniladigan qo‗llanma sifatida qabul qilindi.
Q.Qosimovning ― Naqqoshlik‖, A.Ilhomovning ―O‗zbek naqshu 
nigorlari‖, K.G‗ulomovning―, Ashyolarga ishlov berish‖, Xolmatovning 
―Kompozitsiya‖ nomli qo‗llanmalari ham bu sohadagi yangi 
adabiyotlardir.
Mazkur qo‗llanmada ham yuqorida nomlari aytib o‗tilgan 
mualliflarning asarlaridan foydalanib naqqoshlik fanining nazariy va 
amaliy mashg‗ulotlarini tashkil qilishning metodikasini yoritib berishga 
harakat qilindi. 

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin