15 -rasm. b. Tyubiklardagi akvarel bo‗yog‗i
Tayanch iboralar.
Dekstrin, gliserin,
tuxumli tempera,
gummi arabika, shpatel
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Bo‗yoq turlari haqida tushuncha bering?
2. Guash bo‗yog‗ining akvarel bo‗yog‗idan farqli jihatlarini ayting?
3. Naqqoshlikda badiiy bezash ishlarida qo‗llaniladigan materiallar
haqida ma‘lumot bering ?
4. Naqshlarni bezatishda tilla va kumush hallardan qanday foydalaniladi?
5. Qog‗oz turlari va ulardan foydalanish haqida tushuncha bering?
6. Asbob uskunar va jihozlar haqida ma‘lumot bering?
29
1.5. O„simliksimon naqsh elementlari
Naqshga
arabcha
-tasvir va gul deb ta‘rif berilgan. Ushbu ta‘rifga
ko‗ra naqshlar tabiatda uchrovchi o‗simlik parranda, hayvonot dunyosi va
turli geometrik shakllarni eng sodda ko‗rinishda takrorlanib keluvchi
tasviri ya‘ni bezakdir. O‗zbek xalq amaliy san‘atining barcha turlari,
jumladan naqqoshlik, ganch va yog‗och o‗ymakorligi, kandakorlik
kabilar uchun naqsh elementlarining chizilishi o‗xshash ko‗rinsada,
bajarilishi, texnologiyasi va pardozlash usullari turlichadir.
Asosan naqshlar o‗simliksimon va geometrik, murakkab deb
ataluvchi turlarga bo‗linib ularni ustalar tili bilan aytganda ko‗pincha
islimiy, girih va gulli girih (aralash) kabi iboralarda ham uchraydi.
O‗simliksimon naqshlar asosan gul novda, kurtak, barg, g‗uncha kabi
elementlarining o‗zaro ma‘lum tartibda bog‗lanib tuzilishidan iborat.
Islimiy naqshlar tabiatdan novda elementlarining bir tomonlama
harakatlanib o‗suvchanligini anglatish bois yuguruvchi nomiga ham ega.
Jumladan majnuntol, chirmovuq, kabi o‗simlik elementlari aks ettirilgan
naqshlarni kuzatar ekanmiz, ko‗z ilg‗amas jimjimali novda yo‗llari
tabiatda bir tomonga harakatlanib chizilganligini yaqqol sezamiz.
O‗simliksimon naqshlar yakka (bir) va qo‗sh (ikki) bandli novda
ko‗rinishlarida ishlanadi.Ularga misol qilib: ruta xoshiya, raftor,
namoyon, mehrob, turunj, muhabbat va hakozo kabi naqsh namunalarini
olish mumkin.
Naqsh elementlarning o‗zaro birikib borishi mutanosib bo‗g‗lanishlar
orqali naqshning butun bir yaxlitligini tashkil etadi. Naqsh chizishni
o‗rganishni dastlab quyidagi elementlarni chizishni mashq qilishdan
boshlash lozim.
Barglar, gullar, novdalar bog‗lam va sirtmoq, marg‗ula va kurtak,
madohil, gajak va jingalak, bofta va shkufta kabi naqsh elementlarini
chizishni o‗z o‗rnida o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Odatda o‗simliksimon naqsh elementlarini chizish, ularni guruhlarga
bo‗lib olingan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Masalan dastlab barg elementlarini, gul, band, marg‗ula sirtmoq
elementlarini osondan qiyinga oddiydan, murakkab tomon chizib mashq
qilish lozim. Chizishdan oldin daftarni chizg‗ich va qora qalam bilan
qalamni yengil yurg‗izib sxematik kataklar ichiga naqsh elementlarini
chizishdan boshlanadi.
Daftarning har betiga xuddi boshlang‗ich sinflarda harflarni mashq
qilgan kabi bitta elementni to yaxshi chiqmaguncha qayta-qayta chizib
o‗rganiladi. Mashqlar davomida simmetriya va asimmetriyaga alohida
30
e‘tibor qaratiladi. Naqsh elementlarini chizish uchun oddiy qora qalam
B,2B, yoki M,2M, 3M, 4M shuningdek o‗rtacha yumshoqlikdagi TM, HB
va G harflari belgilangan qalamlardan foydalanish mumkin.
Naqsh elementlarini chizish o‗zlashtirilib rovon chizila boshlagandan
so‗ng, yo‗l ichidagi oddiy naqsh kompozitsiya namunalarini chizishga
o‗tiladi.
Dastlab yo‗l ichidagi naqshlarni chizish uchun al‘bom yuzasiga
kompozitsiyani umumiy o‗lchami olinib katakli taqsimlar qilinib
yordamchi chiziqlar o‗tkaziladi. Mana shu yordamchi chiziqlardan
foydalanib naqsh birma – bir joylashtirladi. Shu tariqa oddiy naqsh
namunalarini tartib raqam bo‗yicha chiziladi
.
Oddiy naqsh namunalaridan 1-gul bodom va 2- pechaksimon islimi,
3- gul bargli va 4- bargli raftor islimi, 5-gul aylana va 6-mehrob islimi, 7-
gul boftali va 8-qo‗sh mehrob islimi, 9-gul patnis gul va 10-shkuftli islimi
naqsh kompozitsiyalarini dastlab qora qalamda so‗ngra rangda bajariladi.
sinchiklab o‗rganib, ulardan turli naqsh kompozitsiyalar ishlash uchun
har xil elementlarni umumlashtirib olganlar. Biz endi naqsh elementlari
barg, gul, marg‗ula va tanob, band, marg‗ula, madohil turlari, nomlari
bilan birgalikda ularni chizishni o‗rganamiz.
Naqsh rang bilan jozibalidir. Naqsh elеmеntlarining ko‗zga yaqqol
tashlanishi, naqsh va zamin yuzalarining hamohangligi va o‗ziga xos
ramziylikni kashf etuvchi xususiyatlarini, albatta rang tuslarisiz tasavvur
etish qiyin naqshda rang uyg‗unligiga erishish katta san‘atdir.
Rang uyg‗unligi deb ma‘lum bir yuzadagi turli ranglarning qaysi
tomonlari bilandir o‗zaro mos kelishiga aytiladi. Rang uyg‗unligini ko‗ra
bilish va yarata olish uchun qaysi rangni qanday rang bilan aralashtirish
mumkin, uni qaysinisi bilan aralashtirib bo‗lmasligini, qaysi ranglar
yonma-yon kelsa, rang uyg‗unligi paydo bo‗lishini bilish kеrak. Ranglar
uyg‗unligi to‗g‗ri topilsa, mavjud barcha ranglarni qo‗llash imkoniyati
keskin ortadi, san‘atkor ranglar yordamida mo‗jizalar yaratadi
Xalq ustalarining ijodiy ishlarini qaysi naqqoshlik maktabiga mansub
ekanligini naqsh kompozitsiyasi va rang tuslari orqali tezda aniqlab olish
mumkin. Masalan: Xorazm naqshlarida havo rang yashil tuslarni ko‗plab
uchratish mumkin. Naqsh elеmеntlari esa spiralsimon islimiy naqshlarni
tashkil etadi. Farg‗ona uslubi esa yashil ko‗k, qizil rang tuslarining bir oz
to‗qroq darajada aralash uyg‗unlashuvchi bilan xaraktеrlidir. Toshkent
naqshlari och yashil – havo rang, to‗ti yoyi hamda och jigar rang tuslarda
tovlanadi.
31
Naqsh elеmеntlarini Ovro‗po bezakchilik tuslariga xos oltinsimon
jigar rang koloritlarida turlash usullarini birinchi bo‗lib naqqoshlik
san‘atiga usta Tohir To‗xtaxo‗jaev kiritgan .
Naqqoshlikda ranglar naqsh tuzilishi va uslublariga xos ravishda
tovlanadi. Shuningdek, naqsh ishlanadigan buyum yoki yuzaning
maqsad-vazifalari, hajmli, balandligi va kompozitsion yеchimlari alohida
e‘tiborga olinadi. Yangi naqsh kompozitsiyalarini tuzish jarayonlarida
ustalar (ayniqsa bino bezaklari) masofani ranglash va pardozlash
bosqichlarini ham hisobga oladilar. Bu esa naqshdagi rang tuslarining
tеng tarqalishi – zamin shakl va gul elеmеntlarining oraliqlaridan yaxshi
ko‗rinishiga sabab bo‗ladi.
Ma'lumki naqshda har bir elеmеnt shakl va rang tuslarining o‗z
nomlari, ramziy ma'nolari mavjud. Naqshlarni ranglash va pardozlash
bilan ularning go‗zalligini, mazmun va ma'nolari unsiz tovushlar orqali
ifodalanadi. Naqshlarni ranglash bosqichlarida zamin shakl, gul, novda,
barg kabi elеmеntlar asosan bitta rang koloritiga bo‗ysungan holda
turlanadi. Naqshni ranglash bosqichlari quyidagicha:
Naqshning zaminini (tagini) ranglash.
Naqshdagi shakl oralarini ranglash.
Naqshning gullari, barglari va bandlariga rang bеrish.
Naqshning shkufta va yo‗l chiziqlarini ranglash.
Naqshga siyoh qalam va targ‗il bеrish.
Naqshning oq bandlari va obisini tortish.
Naqshlarga rang bеrishda qalamda chizilgan chiziqlarni bеrkitish,
chala bo‗yamaslikka alohida e‘tibor bеrish kеrak. Naqsh ranglari bir-biri
bilan tutashtirilgan holda bo‗yalmasa, siyoh qalamda bеrilgan pardoz
ko‗ngildagidek chiqmaydi. Natijada naqshning go‗zalligi va chiroyiga
putur yеtadi.
Naqshlarni asosan guash va akvarel bo‗yoqlari yordamida bo‗yash
maqsadga muvofiqdir. Ranglarning xilma-xil tuslarini tayyorlashda
guashning oq bo‗yog‗i yеtakchi vazifani o‗taydi. Naqshni bo‗yash uchun
bo‗yoqlar chinni yoki plastmassa idishchalarda tayyorlanadi.
Ayniqsa, maxsus chiqarilgan kolеrlarni bir biriga qorishtirishda
yog‗och kurakchalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bunda har bir rang tusi uchun alohida yog‗och kurakcha qo‗llaniladi.
Bu o‗z navbatida bo‗yoqlarni ifloslanib kеtishdan saqlaydi.
Tayyorlangan bo‗yoq judayam suyuq bo‗lsa, unda naqsh yuzasi bir
tekisda bo‗yalmaydi. Guash bo‗yog‗ini qog‗oz sathiga qalin va quyuq
32
surtish mumkin emas. Chunki qalin bo‗yoq qavati quriganidan so‗ng ,
yorilib ko‗chib kеtadi.
Dostları ilə paylaş: |