21
Pardozqalam
– gul qalam, targ‗il qalam, mayda qillik mo‗yqalam bo‗lib,
gul novda, barg va boshqa shakllarni nozik chiziqlar bilan chizilib, targ‗il
bеrishda ishlatiladi.
Chakma qalam
– naqshlardagi chеgаra mazmunidagi bo‗yalgan qora
chiziqlar ustiga to‗rtko‗z chakma tomchilarini bеrishda ishlatiladi.
Chakma qalamni cho‗pdan, uchi gugurt cho‗pidan ingichkaroq yo‗nib
yasaladi. To‗rtko‗z chakma tomchilarini uchi to‗mtoqroq mayda
mo‗yqalamlar yordamida qo‗ysa ham bo‗ladi.
Mo‗yqalamlarning yaxshi saqlanishi uchun ularni ishlatib bo‗lingach
yaxshilab yuvib qalamdоngа yoki maxsus tirgakka qo‗yiladi.
Belcha
(shpatel) – buyum yoki naqsh chiziluvchi biron-bir sath
yuzasini maxsus qorishma surtib silliqlashda ishlatiladi. Belchalar katta
o‗rtacha va kichik turlardan iborat bo‗ladi. Shpatel qulayligiga qarab turli
shakllarda bo‗ladi. Bizga ma‘lumki naqshlanadigan yuza benuqson
bo‗lishi uchun juda aniqlikgacha silliqlanishi
shart chunki har bir chiziq
yoki bezak nafis chiqishi uchun bu narsa talab qilinadi. Buning uchun
maxsus qorishma (shpaklyovka) tayyorlanadi va belcha vositasida yuzaga
yoqilib tekislanadi. Shpaklyovka – yuzalarni naqshlashdan oldin sirtni
tekislash uchun suriladigan quyuq massa. Shpaklyovka tayyorlash uchun
duradgorlik yelimi, mayda bo‗r (mel), alif moyi kеrak bo‗ladi.
8 - rasm Shpatel (belcha)ning turlari
.
Qog‗ozlar
– naqqoshlikda oq chizma qog‗ozi kalka va millimеtrovka
qog‗ozlaridan foydalaniladi. Naqsh chizishning boshlang‗ich davrlarida
katak daftari va chizmachilik al‘bomlari zarur bo‗ladi.
Kal‘ka
(xitoy qog‗ozi) naqsh kompozitsiya
eskizlarini haqiqiy
yuzaga tushirishda foydalanish uchun, qisqa qilib aytganda nusxa
ko‗chirish uchun zarur bo‗ladi. Ka‘lka qog‗oziga o‗tkazilgan naqsh
kompozitsiya chiziqlari ustidan igna bilan teshib chiqiladi, teshiklar orasi
22
bir xil uzoqlikda bo‗lishi ma‘qulroq. Yuzaga tushirish uchun esa axtaning
(ulgu) ustidan dokaga solingan qora kukun (xoka) yurgiziladi. Shunda
naqsh elementlari yuzaga nuqta ko‗rinishida o‗tadi.
Zaminga rang
berishda nuqtalar bo‗yoq tagida qoladi va bo‗yashga xalaqit bermaydi.
a. b.
9
-rasm Kal‘ka (xitoy qog‗ozi) Millimetrovka qog‗ozi
Millimetrovka yuzasiga mayda 1x1 mm o‗lchamda kataklar chizilgan
chizma qog‗ozi ko‗rinishida bo‗ladi. Undan asosan muhandislikda texnik
rasm va eskizlar chizishda foydalanadi.
Odatda katta naqsh eskizlarini tayyorlashda millimеtrovka qog‗ozi
ishlatiladi. Bu kabi eskizlardan kal‘ka-shaffof (xitoy) qog‗oziga nusxa
olinib ulgi (trafarеt) tayyorlanadi.
Qalam va o‗chirg‗ich – naqsh chizmalarini chiroyli va ravon
chizilishida katta ahamiyatga egа. Chizganda va o‗chirganda qog‗oz
yuzasini titilib kеtmasligi uchun sifatli o‗rtacha yumshoqlikdagi qalam va
o‗chirg‗ichlardan foydalanish kеrak. Titilib kеtgan qog‗oz yuzalariga
bo‗yoq tuslarini bеrish, sifatini buzadi. Albatta
chizmalarni qoralama
eskizlar yordamida bajarib, bo‗yab pardozlash uchun toza qog‗ozga
nusxa ko‗chirib ishlangani ma‘qul. Qalam bilan naqsh chizishda tasvirni
aniqlik bilan chizish kеrak.
10- rasm . Tasvirlash vositalari.
23
Sirkul (pargor) – aylanalar ishtirokidagi oddiy va murakkab
geomеtrik naqshlarni chizishda ishlatiladi.
Aylana-panjarasimon naqshlarni ko‗proq chizuvchi ustalarni amaliy
san‘atdа pargori ustalar deb atashadi.
Nina shaffof qog‗oziga chizilgan naqsh
nusxalarini teshib axtalar
tayyorlashda qo‗l keladi.
Pista ko‗mir chala yongan yog‗och bo‗laklari bo‗lib, undan xoka
tayyorlanadi. Xokani axta (trafarеt) ustidan yurgizib nusxa tushiriladi.
Jilvir qog‗oz.
Jilvir qog‗oz yog‗och buyumlarini naqshlashga
tayyorlashda ularni silliqlash uchun ishlatiladi.
Ustidagi qum qoplamasining yirik yoki maydaligiga qarab ularning
ham turli raqamli markalari bor. Ishlatishda yuzadagi nuqsonlarning ko‗p
ozligi hisobga olinib ular tanlanadi.
11 - rasm Jilvir qog‗oz
Tilla va kumush hallar-sariq, jez va alyuminning kukunlari bo‗lib,
ulardan yog‗och buyumlarini naqshlashda umumiy grunt vazifasida ham
foydalaniladi. Naqshlar bunday usulda
ishlanganda hallangan buyum
ustiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri naqsh kompozitsiyasi tushirilib siyoh-qalam
tortiladi. Naqshning qo‗sh bandlari gul, novda va ayrim hoshiyalarni
mana shu haldagi fonda qoldirilishi mumkin.
3
Naqshlarni bunday usulda ishlash qadimdan qo‗llanib kelinadi. Tilla
va kumush hallarni daraxt va duradgorlik yelimlariga qorilgan.
Hozirda
ularni PVA kleyiga qorish mumkin.
12 -
rasm. PVA yelimi
3
S.S. Bulatov Rangshunoslik .Toshkent . 2009 82 b.