TASVIRIY SAN’AT VA UNING MOHIYATI, TUR VA JANRLARI
Xamroqul Boboqulovich Raxmonqulov
Muattar Fazliddin qizi Bekkeldiyeva
TerDU
Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san’atning hozirgi kunda tutgan o’rni va
tasviriy san’at va uning mohiyati, tur va janrlari haqida ma’lumot berilgan. Aslida
san’atning turlari juda ko’p. Ular badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, teatr, kino,
xoreografiya, me’morchilik, amaliy bezak kabi boshqa san’at turlari ham mavjuddir.
Odatda, haqqoniy borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda fazoviy kengiikda yoki
tekislikda (qog’oz yuzasida) aks ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. Tasviriy
san’at tushunchasi keng ma’noga ega. Rassom tasviriy san’at bo’yicha ijod qilar ekan
u bu yo’nalishning tur va janrlarini bilmasligi tasviriy san’atning haqiqiy ijodkori bo’la
olmasligidan dalolatdir.
Kalit so’zlar: Tasviriy san’at, tur va janr, ijod, natyurmot, portret, manzara,
haykaltaroshlik, kompozitsiya.
FINE ART AND ITS NATURE, TYPES AND GENREES
Khamroqul Bobokulovich Rahmonkulov
Muattar Fazliddin qizi Bekkeldiyeva
TerSU
Abstract: This article provides information about the current role of fine arts and
the fine arts and its essence, types and genres. The fact that an artist does not know the
types and genres of the field in which he works in the field of fine arts is a sign that he
cannot be a true creator of fine arts.
Keywords: Fine arts, type and genre, creativity, still life, portrait, landscape,
sculpture, composition.
KIRISH
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha
sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan
keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki
dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va
sanʼat rivojiga, ijod ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor misolida ham koʻrish
mumkin.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
540
http://oac.dsmi-qf.uz
Binobarin, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat
va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi degan so’zlarining zamirida keng
ma’no mujassamdir. Shunday ekan san’at xususan tasviriy san’atni o’rganar ekanmiz,
biz avvalo tasviriy san’atning maqsad vazifalari hamda
tasviriy san’at va uning
mohiyati, tur va janrlari haqida bilmog’imiz lozim. Ushbu Maqolada ham bu haqida
fikr yuritamiz.
Tasviriy san’ai va uning mohiyati, tur va janrlari Tasviriy san’at - eng qadimiy va
keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. Aslida san’atning turlari juda ko’p. Ular badiiy
adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, teatr, kino, xoreografiya, me’morchilik, amaliy bezak
kabi boshqa san’at turlari ham mavjuddir. Odatda, haqqoniy borliqni tasviriy
obrazlarda, shakllarda fazoviy kengiikda yoki tekislikda (qog’oz yuzasida) aks
ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. Tasviriy san’at tushunchasi keng ma’noga
ega. XIX asrgacha me’morchilik, haykaltaroshlik va rangtasvir tasviriy san’atning
turlari boMib hisoblangan. Asrning oxirlarida esa grafika tasviriy san’atning eng
muhim va hozirjavob turlaridan biriga aylandi. So’nggi 20 yil ichida san’atning dizayn
kabi turi ham o’z o’mini topdi. Tasviriy san’atning hamma turiari bir-biriga juda yaqin
va ularning bir qator o’xshashliklari bor. Lekin har birining o’ziga xos tasvirlash
uslublari va texnikasi mavjud. Bundan tashqari, ulaming har biri ishlatilish o’mi,
tasvirlaydigan mavzusi, ishlanish uslubiga qarab bir qator turiarga va janriarga
boMinadi. Grafika. Grafika yunoncha «grapho» so’zidan olingan boMib, «yozaman»,
«chizaman» degan ma’noni anglatadi.
Grafikaga oddiy qora qalam, tushda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiyalar
kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasmlar, illyustratsiya, plakat,
hajviy, sharj, efiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san’ati asosan
chiziq, shakl va oq qora ranglar orqali tasvirlanadi. San’atning ayrim turlarida
bo’yoqlardan ham foydalaniladi, lekin asar mazmunini ochib berishda asosiy vazifani
o’tamaydi, faqat kishilami jalb qilishi yoki chaqiriq vazifasini bajarishi mumkin.
Shuning uchun ham bu sohada ikki uch xildan ortiq bo’yoq deyarli ishlatilmaydi.
Tasvir mazmuni, xarakteri va boshqa barcha xususiyatlari bo’yoqlar orqali
ifodalab berilsa, rangtasvir san’ati deb ataladi. Tasviriy san’atning bu turida ijodkor o’z
ichki kechinmalarini ranglar orqali tasvirlaydi, fazoning cheksizligi, undagi
narsalaming rang- barangligi, moddiyligini mohirona ko’rsatadi. Masalan, qizil va qora
bo’yoqlarda fojiaviylik aks ettirilsa, och moviy va yashil ranglarda tinch va osoyishta
holatlar tasvirlanishi mumkin.
Rangtasvir san’ati jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni
idrok qila bilishda ham o’quvchidan muayyan tayyorgarlikni talab etadi. Rangtasvir
asarlari yana o’zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko’ra monumental, dastgohli va
dekorativ turiarga bo’linadi. Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas
bog’liq bo’lib bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
541
http://oac.dsmi-qf.uz
hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoq
masofadan ko’rishga mo’ljallanadi va obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda
tasvirlanadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq
to’g’risida haqqoniy tasawur berishi kerak. Monumental rangtasvir me’morchilikda
ma’lum miqdorda bezash vazifasini o’taydi, shuning uchun uni ba’zan monumental-
dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning bir turi bo’lib, lotincha «skulpo» so’zidan
olingan, qattiq materiallarga «qirqish, kesish, o’yish, tarashlash» orqali ishlov berish
ma’nosini anglatadi. Haykaltaroshlik san’ati ko’rinishiga qarab, dumaloq va qabariq
(relef) haykaliar yaratish turiga bo’linadi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan
ko’rish mumkin. Agar bu san’atda inson obrazining bosh qismi yoki beligacha
tasvirlansa, bunday haykaliar byust deb ataladi. Relef (qabariq) haykaliar esa yuzaga
bo’rttirib ishlangani uchun faqat bir tomondan ko’rishga moMjallangan bo’ladi.
Releflar o’z o’rnida Gorelef va Barelef guruhiga boiinadi. Gorelef - yuzaga yopishgan
holda nisbatan bo’rtib ko’rinadi. Goho biror bir boiagi dumaloq haykal darajasida ham
boiadi. Bareleflar yuzaga nisbatan kam bo’rtib tasvirlanadi, bu o’rinda tanga va
taqinchoqlarni misol keltirish mumkin. Haykaltaroshlik asarlari asosan qattiq
jismlardan - tosh, yog’och, marmar, granit, bronza, gips va boshqa shu kabi
materiallardan tayyorlanadi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun
berishda xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitdan ishlangan haykaliar kishida
ulug’vorlik, abadiylik baxsh etsa, aksincha marmardan ishlangan haykaliar nozik, koi-
kam ko’rinadi. Shuning uchun haykaliar o’zining mazmuni va o’rnatiladigan joyiga
qarab har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko’p. Bu plastilin,
loy, yog’och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir. Qimmatli
metallar - oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qoilaniladi. Haykaltaroshlik
asarida tevarak-atrofga bo’lgan munosabat, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin
etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo haykaltaroshning o’ta ziyrakligi, odam
gavdasi va mimik o’zgarishlarini to’g’ri ifodalashi muhim o’rinni egallaydi. To’g’ri
topilgan harakat, yuzdagi mimik holat - bular uning ta’sirli boMishiga zamin
tayyorlaydi. Eynulla Aliyev, Abdumo’min Boymatov, Ulug’bek Mardiyev, Ilhom
Jabborov kabi haykaltaroshlar shu sohada samarali ijod qilishmoqda.
Tasviriy san’at janrlari Portret janri. Insonning ichki ruhiy olami bilan bog’langan
holda aniq bir obraz yaratilishi portret san’ati deb yuritiladi. Portretda insonning to’la
gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat o’zi ham bo’lishi mumkin. Portret yaratish
o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib, insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruhiy,
ma’naviy, shuningdek, tashqi ko’rinishidagi barcha jihatlarini aks ettirishi bilan san’at
darajasidagi asar boMishi mumkin. Portretchi rassom odamlarga xos turli harakatlami
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
542
http://oac.dsmi-qf.uz
his qila bilmog’i, ayniqsa, odamning qiyofasidagi samimiyük yoki soxta jihatlami
tasviriay bilish qobiiiyatiariga ega bo’ilshi kerak.
O’zbekiston xalq rassomi akademik M.Nabiyev buyuk siymolar obrazini o’ziga
xos talqin eta oigan iste’dodli mo’yqalam sohibidir. Uning «Amir Temur» portreti
fikrimiz dalilidir. Buyuk Sarkardaning, taxtda o’ychan qilichga qoilarini qo’yib oürgan
hoiati mohirona tasvirlangan. Uning yurt tinchligi, xalq farovonligini o’ta ziyraklik
bilan mushohada etayotganligi ishonarli ko’rsatilgan. Boshidagi shoxlik toji barvasta
qomatlariga juda mos tushgan. Uning nihoyatda qattiq qo’lligi, dovyurak va abjirligi,
o’ta zakovatliligi yuzidagi qiyofada o’z ifodasini topgan. Inson obrazini yaratish -
tasviriy san’atda eng murakkab jarayon hisoblanadi. Tasviriy san’atning portret janri
insonning ma’naviy qiyofasini o’zida ifodalashi bilan san’atning boshqa turlaridan
birmuncha farq qiladi. Portret orqali inson obrazini mohirona koisata oigan buyuk
rassomlar qatoriga Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Rembrandt, shuningdek,
o’zbek rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Chingiz Ahmarov,
Malik Nabyiev va boshqa bir qancha rassomlarni kiritish mumkin.
Natyurmort
- fransuzcha «jonsiz tabiat» degan ma’noni beradi. Odamlar hayotida
ishlatiladigan, ko’pincha turmushda zarur boigan turli buyumlar, mehnat qurollari,
sabzavot va mevalar, gullar, parranda va mayda hayvonlar tasvirlanadi, ya’ni
natyurmort san’atida insonning maishiy hayoti aks ettiriladi. Natyurmort XVI asrning
oxirlariga kelib, mustaqil janr sifatida shakllandi. XVII asrga kelib, Gollandiya va
Flandiya, XVIII asrda esa Fransiya tasviriy san’atida keng tarqaldi. Ma’lumki, har bir
rassom tasviriy san’at sirlarini o’rganishni natyurmort ishlashdan boshlaydi.
Natyurmort asarlarini diqqat bilan o’rgangan kishi ularda ma’lum davr ijtimoiy
hayotining aksini ko’radi va shu davrda yashagan odamlarning turmush tarzi haqida
tasavvurga ega bo’ladi.
Natyurmort.
Vaholanki, natyurmort janrida barakali ijod etish uchun ham tinmay
o’qish, o’rganish va izlanish zarur. Tasviriy san’atning gullab yashnashida Piter Klass,
Jan-Batist-Simeon Sharden, Frans Snayders, I. Xrutskiy, P.Konchalovskiy, I.Mashkov,
N.Kashina, Rahim Ahmedov, G’ofur Abdurahmanov, Akmal Ikromjonovlarning o’z o
‘rni bor. Natyurmort janrida asar yaratish rassom xayolida uzoq vaqt davom etadigan
kuzatishlar natijasida yoki to’satdan paydo bo’lishi ham mumkin.
Manzara janri - Go’zal ona tabiatnmg turli ko’rinishlarini san’atda aks mahorat
bilan aks ettirganlar. Yevropada manzara XVI-XVII asrlarda taraqqiy etdi.
G’.Abdurahmonov. Oydin kecha. XIX asming ikkinchi yarmidagi rus realistik
san’atida manzarjanri beqiyos o’sdi. Bu janrning novatorlaridan biri A.K.Savrasovdir.
Tog’, o’rmon, dengiz, shahar va qishloq manzaralárining tasvirlanishi manzara janriga
tegishlidir. Manzaraning mohir ustalari Klod Loren, LShishkin, LLevitan, O’.
Tansiqboyev, N.Karaxan, G’.Abdurahmonov va boshqa mashhur rassomlar ijodini bu
borada misol keltirish mumkin.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
543
http://oac.dsmi-qf.uz
Tarixiy janrda - uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar,
xalqlaming turmush madaniyati tasvirianadi. U Uyg’onish davrida vujudga kelib, XIX
asr ms san’atida keng rivojlangan. Rus san’atida bu janrning ko’zga ko’ringan
namoyandalaridan biri V.LSurikov edi. U qator ajoyib « O’qchilar qatl etilgan tong»
kabi asarlarni yaratdi. Rassomning tarixiy janrda ilgari surgan asosiy maqsadi xalqning
o’tmishda boshidan kechirganlarini ko’rsatish edi. Tarixiy mavzudagi asarlarga taniqli
musavvir M.Nabiyevning «Eski maktab» asari misol boÍa oladi. Batal janr - «batal»
fransuzcha so’z boiib, «jang», «urush» ma’nosini bildiradi. Tarixiy urush voqealarini,
harbiy yurish manzaralarini aks ettiruvchi janr. Batal janr mavzusi jihatidan tarixiy
janrga yaqin turadi. Jang bilan bevosita bogiiq boigan tarixiy voqealarni ham
ko’rsatadi. Musavvirlardan M.Grekov, G.Savitskiy, A.Deyneka, R.Rizamuhamedov
(Muqanna qo’zg’oloni), T.Sodiqov (To’marisning qasosi), M.Nabiyevlarning
(Spitamen qo’zg’oloni) asariari bunga yorqin dalil bo’la oladi.
Maishiy janr - tasviriy san’atda kishilaming kundalik maishiy hayotini, turli
voqealami o’zida mujassamlashtiradi. Rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor
XVII asrda ijod etgan Golland rassomlari - Piter de Xox, Ostade, Sten, Terborx,
Vermef kabilar ijodida namoyon boiadi. Rus realist rassomlaridan P.Fedotov, V.Perov,
V.Maksimov, K.Savitskiy, I.Repin kabilar maishiy janming rivoj lanishiga ham katta
hissa qo’shdilar. O’zbek rassomlaridan R.Ahmedov, M.Saidov, Z.Inog’omov,
R.Choriyev, F.Abdurahmonovlar ham ushbu janrda barakali ijod etmoqdalar.
Z.Inog’omov. Qiyom payti.
Animalistik Janr o’zgacha tasviriy san’at turidir. U lotincha «anima» - hayvonot
olami degan ma’noni bildiradi. Animalist - rassom hayvonot dunyosiga zo’r qiziqish,
sevgi va mahorat bilan yondashadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta
ahamiyatga ega boigan. o’sha davrda ular g’orlaming devorlarida kiyik, qo’tos,
mamontlaming suratlarini chizganlar. Qadimgi Yaponiyada va Xitoyda hayvonlaming
tasvirlari dekorativ naqshlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda
asosiy hisoblangan. XVII asrga kelib, hayvonot olami anatomiyasini buyuk musawirlar
Leonardo da Vinchi va A. Dyurerlar ishlab chiqdilar.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O’zbekistonda dekorativ-amaliy san’at tasviriy san’atning eng qadimdan rivoj
topgan yagona va barhayot turi boiib keldi. Amaliy san’atning ko’p tarqalgan va eng
ommaviy turi kashtachilík boiib, u qadimiy an’analarga ega, o’zbek kashtachiligida
guldastani, majnuntolni, quyoshni ba’zan daraxt shoxlariga qo’ngan qushlar, hayvon
va odam tasvirlarini ham uchratamiz. O’zbekistonning eng qadimiy madaniyat
o’chog’lari hisoblangan Buxoro va Samarqand so’zanalari o’zining serrangligi,
shakllarining turli-tumanligi va ulaming nihoyatda nozik tikilishi bilan farqlanadi.
Shahrisabzjik ayollar tikkan kashtachilik buyumlari esa ko’proq gilamni eslatadi.
O’zbek oilalarida uyning ichki devorlarining tekis qismiga aylantirib ilib qo’yiladigan
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
544
http://oac.dsmi-qf.uz
dorpechdan bezak maqsadida foydalaniladi. Ulaming past qismida shokila-shokila
bo’lib osilib turgan kokillari bo’ladi. Do’ppichiardagi bir shakl qayta takrorlanaveradi.
Bu gulli daraxt yoki guldastani qator qilib safga tizib qo’ygandagidek manzarani
beradi. O’zbek kashtachiligida do’ppi alohida o’rinni egallaydi. Shahrisabzning gilam
do’ppisi, Buxoroning zar do’ppisi, Farg’onaning chust do’ppisi, iroqi, duxoba va
boshqa do’ppilar O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Do’ppi nusxalari ichida
eng mashhuri chust do’ppilaridir. Qora atlas (yoki satin) ustiga ipak bilan tikilgan
bodom guli (yoki qalampir), kizzaka tushirilgan gullar do’ppiga nafislik baxsh etadi.
Kashtachilik san’atidagi belbog’, dastro’mol, sandalpech, bo’g’macha va turli
to’rvachalar ham nafis bezatiladi. O’zbek kashtachiligining an’analari hozirgi kunda
ham muvaffaqiyatli ravishda rivojlanmoqda.
Kashtachilik san’atida kishilar portretini aks ettirish ham paydo bo’ldi. Namshoxl
gazlamalar - beqasam, banoras va adras, atlaslar xalqimiz tomonidan e’zozlanadi.
O’zbek xalqi ipak yetishtirishda mohir bo’libgina qolmay, balki shohi atlaslami
to’qigan, uni nihoyatda yuqori badiiy did bilan bo’yay oigan. Nuqul ipakdan tikilgan
to’rt, sakkiz, o’n ikki tepkili atlaslar jahonga dong taratgan. Atlas gazmollar
kompozitsiya jihatdan turli-tumandir.
Ganchkorlik - O’zbekistonda amaliy san’atning eng sevimli va qadimiy turlardan
biridir. Amaliy san’atning bu turida Buxoro va toshkentlik ustalar samarali mehnat
qilganlar. Avvallari devorlar o’yma gulli ganchkorlik pannolar bilan bezatilar,
taxmonlar qirrasiga naqshlar o’yilardi. Tokchalar bo’lsa o’ymakor yoki jimjima
tabaqalar bilan yasatilar, xonaga nur va havo kirib turishi uchun deraza va eshik ustidan
tuynuk qo’yib unga ganch va yog’ochdan panjara o’rnatilar edi. Hozirda qandil, navo,
ship kabi me’morchilik detallari ganchlardan tayyorlanmoqda. Shuningdek, madaniyat
saroylari, klublar, teatr va uy-joy binolarining ichki va tashqi qismini qurishda
ganchkorlikdan keng foydalanilmoqda. O‘zbek ganchkorligining ajoyib sahifasini
Buxoro yaqinidagi Sitorai-mohi hosadagi «Oq uyda», Toshkentdagi Navoiy nomli
katta opera va balet teatrida ko’rishimiz mumkin. San’atning bu ajoyib va murakkab
turida ustalardan Usta Shirin Murodov, Toshpo’lat Arslonqulovlar dong taratganlar.
Amaliy san’atning yog’och o’ymakorligi turi qadimdan mavjud bo’lib, o’zining
boy an’analariga ega. Yog’och o’ymakorligi asarlari eshik, deraza, quti, xontaxta, kitob
tokchalari, qutichalar, qanddon, ustunlar, o’yinchoqlarda o’z aksini topgan.
O’zbekistonning xalq san’atida yog’och o’ymakorligi salmoqli o’rinni egallaydi. Bu
borada Xiva ustalarining ishlari maqtovga loyiqdir. Ular ishlagan asarlar
o’simliksimon elementlaming ko’pligi va bo’rttirib ishlanganligi bilan boshqa
asarlardan ajralib turadi.
XULOSA
O’zbek misgarligi san’ati juda qadimdan shuhrat qozonib keldi. Sai’iq va qizil
misdan ishlangan turli xil xo’jalik va uy-ro’zg’or buyumlari juda nozik shakllar bilan
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
545
http://oac.dsmi-qf.uz
bezatiladi. Bezatilgan mis asboblar Buxoro, Qo’qon, Samarqand, Qarshi va Xiva
shaharlarida ko’proq yasaladi. Misgarlikda bu shahar ustalarining o’ziga xos ishlash
uslubi bor. Lagan, patnis, choy idish, oftoba va obdastalar misgarlik buyumlari ichida
eng ko’p tarqalgan buyumlardir. Suyak o’ymakorligi san’ati mamlakatning shimolida,
ayniqsa, Xolmogorsk, Tobolsk va Chukotkada keng rivojlangan. O’rta Osiyoda suyak
o’ymakorligi geografik sharoiti tufayli rivojlanmagan. Ammo xalq amaliy san’atining
boshqa turiarida (pichoqchilikda) qo’llanilgan. Bular oddiy suyaklardan (qoramol,
echki shoxlaridan) ishlangan.
Naqqoshlik. Xalq ustalari tajribasida naqshning quyidagi turlari ko’proq
qo’llaniladi: islimi - egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat naqsh; girih - to’g’ri
chiziqli elementlai’dan geometrik shakl hosil qiluvchi naqsh; murakkab naqsh - bu
avvalgi ikki gumhdagi naqsh (islimi va girih) elementlarining yig’indisidan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.F.Abdirasilov. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. - T.: «Fan va
texnologiya», 2012, 8-.7 bet.
2. Zarina, Muhammadiyeva, and Qayumova Sabina. "THE PRACTICAL
IMPORTANCE OF TYPES AND GENRES OF FINE ARTS IN HUMAN LIFE."
Universum: технические науки 11-5 (92) (2021): 90-91.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
546
http://oac.dsmi-qf.uz
Dostları ilə paylaş: |