Tatu ikkinchi mutaxassislik 080-20 guruh talabasi Ulashov Qurbonalining boshqaruv qobilyatini shakllantirish fanidan bajargan mustaqil ishi mavzu: Rahbarning kommunikativ sifatlari Bajardi: Ulashov Qurbonali Tekshirdi: Xakimdjanova D



Yüklə 24,57 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü24,57 Kb.
#100143
Ulashov Mustaqil ish


TATU ikkinchi mutaxassislik 080-20 guruh talabasi Ulashov Qurbonalining boshqaruv qobilyatini shakllantirish fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Rahbarning kommunikativ sifatlari
Bajardi: Ulashov Qurbonali


Tekshirdi: Xakimdjanova D

Mavzu: Rahbarning kommunikativ sifatlari


Reja:




  1. Rahbar va uning vazifalari

  2. Kommunikatsiya nima

  3. Boshqaruv jarayonida kommunikativ sifatlarning ahamiyati




  1. Rahbar va uning vazifalari

Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan.
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim:

Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim.


Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.


Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.


Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.


Ouen YaNG durusutgina lavozimni egallab turgan bo’lishiga qaramay, qo’l ostidagi xodimlarning hech biriga hech qachon buyruq ohangida ish buyurmagan. U buyruq berishdan ko’ra maslahat solishini afzal bilgan. Bunday yumshoq muomala birichidan, Ouenning o’ziga katta izzat-obro’ keltirgan bo’lsa, ikkinchidan idora ishining har doim bir maromda muvofiqiyatli kechishini ta’minlagan.


Ya’ni hech qachon “Mana bu ishni unday yoki bunday qiling” yoki “Bunday yo unday qilmang” demagan. Buning o’rniga “Shu masalada bir o’ylab ko’rsangiz” yoki “Shunday qilinsa yaxshi natija beradi deb o’ylaysizmi” qabilida muomala qilishga odatlangan.



  1. rahbar bo’ysinuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatto shu takliflarga shaxsan qo’shilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim.


Yang biror tashkilotga xat yo’llash zarurati tug’ilib qolgan holda maktub matnini boshidan oxirigacha aytib turib yozdiradi-da, pirovardida xodimiga shunday savol bilan murojat qilardi: “Sizning xat matni xususidagi fikringiz qanday?” Agar xat matnini biror xodimi tayyorlagan bo’lsa, uni o’qib chiqqach, mabodo kamchiligi uchrasa yoki yoqmasa, buni xodimning yuziga solish o’rniga maslahat yo’sinida fikrlashadi: “Balki xat matnini biroz boshqacharoq qilib yozganimiz ma’qulmidi, siz nima deysiz?”.
Yang o’z xodimlariga nima qilish kerakligi haqida hech qachon ko’rsatmalar bermaydi, zimmadagi vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun imkon yaratadi. Mustaqil harakat qilishga, o’z xatolaridan tegishli xulosa chiqarish va boshqa takrorlamaslikni odat qilishga undaydi.

  1. Kommunikatsiya nima

Aloqa (lotincha: communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan K.lar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondoshiladigan K. Aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanali boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy K. Turi bor: “inson-inson”, “inson-mashina”, “mashina-inson”, “mashina-mashina”. Texnikaviy darajadagi K. Jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan K. Guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi K., asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka K.da inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi K. Uchun shu guruh yoki tashkilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan K. Qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli; 2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy kollektordan oʻtkaziladi, natijada K.ni taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat qolmaydi; Z) hayvonlarda bir-biri bilan “muloqot qilish”dagi “signalli” usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun “oʻziga xos” K. “signallari” boʻladi.


Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qat’iy talab qilishi va bo’ysinuvchilarning biron nojo’ya harakatini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.

Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida g’amxo’rligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlik, mustaqillik, talabchanlik, bo’ysinuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, o’z so’zini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy qusurlardan qutulishga yordam beradi.


Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. U egallab turgan lavozimidan ketib qolmasligi uchun quyidagi o’nta qoidaga rioya qilmog’i lozim:


  1. Iloji boricha qulog’ingizgachya ishga qo’miling. O’z kompaniyangiz mijozlarini ko’paytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.



  1. Kompyuterni o’rganing.



  1. Chet tilini o’rganing.



  1. O’z arxivingizni tashkil qiling.

Zarur tashklotlar va kishilar adreslari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak bo’lib qoladi.




  1. Har doim “ha” deng.

Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz etarli bo’lmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishidan ketib qolishning eng qisqa yo’li: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday so’zni aytishdan o’zingizni tiying.




  1. Chiroyli imo, ishora qilishni biling.

Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring.




  1. Malakangizni muttasil oshirib boring.



  1. Kishilar bilan bo’ladigan muomalada xushfel va iltifotli bo’ling.

Noyob, nazokatli, do’stona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, o’zaro ishonchni mustahkamlaydi., kishilarni hamjihatlikka chorlaydi.




  1. Boshqalar bilmaydigan va bajaraolmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga a’lo nur bo’ladi.



  1. Ish vaqti faqat “dan va gacha” bo’lmasin.

Agar Siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan so’ng ish joyida bo’lsangiz, bilingki bu ham e’tiborsiz qolmaydi.





  1. Boshqaruv jarayonida kommunikativ sifatlarning ahamiyati

Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o’ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi.


Biroq har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan xarakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Uslub boshqaruv organing intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Rahbarlik uslubi boshqarish metodlari bilan muayyan o’zaro aloqada bo’ladi.

Boshqarish metodi ham boshqarish faolitini amalga oshirish usullari va yo’llari majmuasidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishidan, ya’ni boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir.

Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod bu tamomila ob’ektiv rahbarga bog’liq bo’lmagan mustaqil tushunchadir. Uslub garchi u ham ta’sir o’tkazish usullari majmuasidan iborat bo’lsada, metoddan farq qiladi, u yoki bu rahbarning sub’ektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi.

Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil bo’lsa-da, lekin musiqachilarning ijro etish uslub (manera)lari har xildir.

Buni quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin. Barcha rahbarlar xodimlarni rag’batlantirish maqsadida boshqarishning iqtisodiy metodidan foydalanishlari kerak. Lekin ba’zi rahbarlar individual rag’batlantirishga, boshqa bir rahbarlar esa jamoani rag’batlantirishga ko’proq mablag’ ajratishga harakat qiladilar. Ba’zi rahbarlar chorak natijalarga, ikkinchi bir rahbarlar esa yillik ish natijalariga qarab mukofotlashni afzal ko’radilar.

Buyruqlar va farmoyishlar chiqarish kabi boshqarishning tashkiliy-ma’muriy metodlaridan ham rahbarlar turlicha foydalanadilar. Bular bo’lmasa ham buyruq chiqarish va aksincha boshqarish funktsiyalarini buyruqsiz ham muvaffaqiyatli bajarish mumkin. Buyruq chiqarib, uni nazoratsiz qoldirish ham, uning bajarilishi ustidan aniq va amaliy nazorat o’rnatish ham mumkin.



Shunday qilib, muayyan metodlarni amalga oshirishga har xil rahbarlar o’z indivudual uslublari bilan yondoshadilar.

Shu bilan birga, rahbarlik uslubi butunlay indivudual asosga ega deb qarash noto’g’ri bo’lur edi. Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga bo’lgan yagona talablar, jamoadagi sotsial-psixologik muhit, yuqori rahbarlarning boshqarishda qo’llaniladigan usullari kabi ko’pgina ob’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi. Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik uslubining sub’ektiv va ob’ektiv unsurlari aralashib ketadi. Sub’ektiv unsurlar rahbarning
Yüklə 24,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin