Qutlov
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK ! Taniqli ijodkor, O’zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Asadullo SHukurov bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda. U 30 yildan ortiq vaqt moboynida turli ijodiy jamoalarda faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, 2009-2014-yillarda gazetamiz tahriyatida muhbir, muharrir o’rinbosari vazifalarida faoliyat yuritib, o’zining tashkilotchilik, keng ijodiy qobiliyatga ega ekanligini namoyon etdi.
Asadullo SHukurov ayni paytda “Durdonai SHarq” jurnali , “Mahorat” nashriyot –matbaa ijodiy uyi bosh muharriri sifatida faoliyar yuritmoqda. Ijodkorning “Atri vaxdat”, “CHorbog’” kabi 10 dan ortiq ijod na’munalari kitob shaklida chop etilgan.
Ayni ijodiy mahorat cho’qqisiga intilayotgan hamkasbimizni tavallud ayyomining 52 yilligi munosabati bilan qutlaymiz hamda unga uzoq umr, ijodiga Baraka tilaymiz!
“Samarqand” gazetasi tahririyati jamoasi