TAVSIYALAR Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bular esa hamisha bolalar ta’lim-tarbiyasi oldidagi dolzarb yechimtalab muammolardan biridir. Bugun maktabgacha ta’limi oldida ham shu savollar ko‘ndalang turibdi. Sababi uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda eng asosiy fundamental bilimlar shakllantirilishi lozim. Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun, jumladan, barcha fanlar qatorida Maktabgacha ta’lim - tarbiyani tashkil etish fani bo‘yicha ham zamon talabiga javob bera oladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishni taqzo etmoqda. Shu boisdan Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish faniga oid zamonaviy bilimlar tizimini bo‘lajak tarbiyachi pedagoglarga o‘qitish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda Respublikamizda “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi” hamda maktabgacha ta’lim uchun o‘quv dasturlari va o‘quvmetodik majmualarda bolalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. MTT tarbiyalanuvchilarining bilish faoliyatlarini rivojlantirish tarbiyachipedagoglarning ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etishlariga bevosita bog‘liqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur jarayonni tadqiq etish va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan didaktik tizim sifatida ko‘rib chiqishda bolalar aqliy salohiyatini rivojlantirishda tarbiyachipedagoglarning ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish va amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bola rivojlanishining ijtimoiy programmasi hayot ta`sirida odam uchun xos bo`lgan xususiyatlarni shakllanishi bilan bog`liq . Aytilayotgan ilmiy fikrlar barcha bolalar uchun bir xilmi? Yo`q albatta, ana shu maktabgacha tarbiya davrida bolaga berilgane’tibor, yoki e’tiborsizlik juda katta farqlarni keltirib chiqaradi. Men pedagogik faoliyat olib borish asosida haqiqatdan ham bolalarning erta rivojlanishi ayniqsa, go`daklik davridagi rivojlanishijuda muhim ekanligini teran his qildim. Bu borada ko`pdan ko`p yozilgan buyuk allomalar, olimlar, ilg`or fikrlovchi shaxslarning fikrlari, mulohazalari bilan qiziqdim. Bola rivojlanishida erta ta’limning ahamiyati. U qaysi davrni nazarda tutadi? Eng zarur masala bola tarbiyasining natijasi ijobiy bo`lishi uchun nimalarga e’tibor berish haqida so`z yuritmoqchiman. Pedagogik tajribamdan kelib chiqib angladimki bolalarning ta’lim tarbiyasida hozirgi davrda ota-onalarning o`rni juda katta. Albatta bu qarash azaldan mavjud. Lekin aynan hozirgi vaqt sharoitini nazarda tutgan holda qobiliyatli bolani shakllantirish uchun nimalar qilish kerakligini zamonaviy tajribalar asosida har bir ota-ona bilishi va bunga astoydil e’tibor berishi juda ham zarur. Bunday fikrlarni butun dunyo ota-onalariga tavsiya tarzida Yaponiya tadqiqotchisi Ibuka Masaru ham o`zining “Uchdan keyin kech” asarida keng yoritib bergan. Asarni kuzatar ekanmiz muallifning ko`p fikrlari diqqatga sazovordir. Ularni ayrimlarini keltirib o`taman: “…Qadim zamonlardan buyon noyob qobiliyatni irsiy, tabiat in`omi deb hisoblashadi. Bizga: “Motsart uch yoshda pianino chalgan” deyishadi. Lekin Motsartning go`daklik chog`idagi hayoti borasida olib borilgan chuqur tahlillardan ma`lum bo`ladiki, uning otasi o`z farzandining buyuk shaxs bo`lib voyaga yetishu uchun natijali tarbiya usullaridan foydalanganlar. Mening fikrimcha Motsart daho bo`lib dunyoga kelmagan, uning qobiliyati go`dakligidanoq yaratilgan qulay shart sharoit va berilgan samarali ta’limdan to`liq rivojlandi. Aksincha bo`lganda edi, kelajakda uning to`liq rivojlanishi hamda tabiat in`om etgan iste`dodning shakllanish imkoniyati yo`qolgan bo`lur edi. Agar har bir bolaga kerakli narsa zarur vaqtda berilsa, u o`tkir zehnli va kuchli irodaga ega bo`lib ulg`ayadi. Bizlar uch yoshdan katta bolalarga nimani o`rgatish masalasiga ko`p e’tibor beramiz. Ammo zamonaviy tadqiqotlarga ko`ra, bu yoshgacha bosh miyadagi hujayralarning 70-80 foizi rivojlanib bo`ladi. Bu hol bizlarning o`z hatti harakatimizni uch yoshgacha bo`lgan bolalar miyasini erta rivojlantirishga yo`naltirishimiz zarurligini anglatmaydimi? Erta ta’lim berish degani chaqaloqlarni raqamlar va har hil ma`lumotlar bilan majburan aqliy rivojlantirishga erishish degani emas, albatta. Asosiysi, hamma tajriba va ta’lim usullarini “o`z vaqtida” joriy etishdir. Buni esa chaqaloqlarga tunu kun g`amxo`rlik qiladigan onalardan boshqa hech kim uddalay olamaydi, aynan ona bola tarbiyasidagi “kerakli vaqt”ni aniq his qiladi.
Ehtimol, har biringiz maktab davringizni yaxshi eslarsiz? Sinfdagi o`tkir zehnli o`quvchi hech qanday mashaqqatsiz sinf yetakchisi bo`lar, ayni paytda, boshqa bir o`quvchi qancha harakat qilmasin, bilim olishda orqada qolardi. Nega shunday? Qobiliyat tug`ma deyilishi rostmi? Xulosa shundan iboratki, insonning qobiliyati va fe`l atvori tug`ilganida belgilanmay, uning aksariyat qismi hayotining ma`lum davrida shakllanadi. Qadimiy bahslardan biri: insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta’lim tarbiyami?
Zamonaviy fiziologik tadqiqotlar hamda bolalar psixologiyasini o`rganish natijalariga ko`ra, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti – bu uning birinchi uch yilida, ya`ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Barcha insonlar dunyoga bir xil holatda keladi, ya`ni hech bir bola qobiliyatli yoki qobiliyatsiz bo`lib tug`ilmaydi. Tug`ilgandan boshlab oladigan ta’lim tarbiyasi sabab uch yoshgacha bo`lgan oraliqda bolaning qobiliyati va fe`l atvori deyarli shakllanib bo`ladi. Shuning uchun maktabga borganida qobiliyatli bola bilimni hech qanday qiyinchiliksiz, qobiliyati yetarlicha shakllantirilmagani esa doim uzoq vaqt sarflab, mashaqqat bilan o`zlashtirishga to`g`ri kelishi adolatsizlikdek ko`rinsada, lekin bu hech qachon yo`qotib bo`lmaydigan holat sanaladi…”
.