Forobiy
Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon
falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olim-u
fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy
manbalarda keltirilishicha, Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.
اﻟﻔﺎراﺑﻲ ﻣﺤﻤﺪ ﻧﺼﺮ أﺑﻮ (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy; Forobiy)
|
|
Tavalludi
|
10-yanvar 873-yil, Forob
|
Vafoti
|
taxminan 12-yanvar 951-yil (77 yoshda), Damashq
|
Fuqaroligi
|
Abbosiylar
|
Qiziqishi
|
tibbiyot, [lkimyo]], astronomiya, falsafa, islomshunoslik, mantiq, matematika, fizika, nazm, teologiya
|
Koʻrsatgan taʼsirlari
|
Al-Beruniy, Umar Xayyom, al-Gʻazzoliy, Averroes, Nosir al-Din Tusiy, Ibn al-Nafis, Averroizm, Sxolastitsizm, Albertus Magnus, Duns Scotus, Thomas Aquinas, Buridan, Benedetti, Galileo, Harvey
|
Olgan taʼsirlari
|
Arastu, Galen, Plotinus, Aflotunchilik, Muhammad, Vosil ibn Ota, al-Kindiy, Abu Ali ibn Sino, al-Roziy, al-Beruniy
|
|
Only two pages were converted.