Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish



Yüklə 169,76 Kb.
səhifə6/36
tarix04.01.2023
ölçüsü169,76 Kb.
#78433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini

Birinchi savolning javobi: TMZ birligining tannarxi:
45000000 so‘m + 3000000 so‘m = 48000000 so‘m/3000=16000 so‘mni tashkil qiladi.
Sof sotish qiymati:

  • yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar uchun 12500 so‘m shikastlanmagan mahsulotlarning birligi uchun 25000 so‘m

  • Balansda TMZ tannarxi va sof sotish qiymatidan eng kichik

qiymat bo‘yicha aks ettiriladi:
Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar 50x12500=625000so‘m
Shikastlanmagan mahsulotlar 300x 16000=4 800000 so‘m
Jami TMZ qoldiqlari 5425000 so‘m
Ikkinchi savolning javobi:
Sotishdan olingan sof tushum (2650x25000so‘m)=66250000 s
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi (2650x16000so‘m)=42400000 s
Sof sotish qiymati (50x12500so‘m)=625000 so‘m
Tannarx (50x16000so‘m)=800000 so‘m
Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlardan ko‘rilgan zarar (175000so‘m)
Sotuvdan kelgan yalpi foyda 66250000-42400000-175000=23675000 so‘m
4-sonli BHMSning 45-bandiga muvofiq, tovar-moddiy zaxiralar odatda "moddalar bo‘yicha usul" asosida sotishning sof qiymatiga qadar arzonlashtiriladi. Bunda bir turdagi yoki o‘zaro bog‘langan tovar-moddiy zaxiralarni guruhlash mumkin bo‘ladi, ya’ni:

  • bir xil assortimentga taalluqli bo‘lgan zaxiralar;

  • bir xil maqsadga mo‘ljallgan yoki bir xil pirovard ishlatish ega bo‘lgan zaxiralar;

  • bir geografik hududda ishlab chiqariladigan yoki ushbu hudud bozorida talab qilinadigan zaxira-lar;

ushbu assortimentda boshqa zaxiralardan alohida baholanishi mumkin bo‘lmagan tovar-moddiy zaxiralar.
Tovar-moddiy zaxiralarni tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki muayyan tarmoqdagi yoxud birgina geografik zonadagi tovar-moddiy zaxiralarga bo‘lib tasniflashga asoslanib arzonlashtirish huquqiy jihatdan to‘g‘ri emas.
Tovar-moddiy zaxiralarni extimolli sof sotish qiymatiga arzonlashtirish usullarini 2-sonli Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti "Tovar-moddiy zaxiralar" ham xuddi yuqorida keltirilganidek tavsiflaydi: Zaxiralar odatda ehtimolli sof sotish qiymatigacha har bir zaxira moddasi asosida hisobdan chiqariladi. Biroq, ayrim sharoitlarda bir-biriga o‘xshash va o‘zaro bir-biriga bog‘liq moddalarni guruhlashtirish juda qulay bo‘lishi mumkin. Bunday holat, bir xil mahsulot assortimentiga tegishli zaxiralar, bir xil maqsadga mo‘ljallangan yoki oxirgi ishlatilishi bir xil bo‘lgan, bir geografik hududda ishlab chiqarilgan va sotiladigan hamda ushbu assortimentning boshqa moddalaridan alohida baholash imkoniyati deyarli bo‘lmagan zaxiralar bilan amalga oshirilishi mumkin. Zaxiralarni namuna sifatida tayyor mahsulotlar, yoki muayyan tarmoqdagi yoxud geografik segmentdagi barcha zaxiralar sifatida guruhlab hisobdan chiqarish maqsad muvofiq emasdir. Xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari odatda xarajatlarni, har biri bo‘yicha alohida sotish bahosiga ega bo‘lgan alohida xizmatlar bo‘yicha jamg‘arib (akkumulyatsiya qilib) boradi. Shunday qilib, har bir bunday xizmat alohida modda sifatida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarni sof sotish qiymatiga baholash zaxiralarning umumiy hajmi usuli bo‘yicha amalga oshirish holatlari ham uchrab turadi.
Shunday qilib, har bir modda bo‘yicha usulida tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati zaxiralarning har bir nomi (navi, markasi, turi va shu kabilar) bo‘yicha tannarxi va bozor bahosini solishtirish (taqqoslash) yo‘li orqali aniklanadi;
asosiy tovar guruhlari bo‘yicha usulida tovar-moddiy zaxiralar sof sotish qiymatini tovarlarning xar bir kategoriyasi (guruhlari) bo‘yicha umumiy tannarxi va umumiy bozor bahosini solishtirish natijasida aniqlash ko‘zda tutiladi;
zaxiralarning umumiy hajmi usuli qo‘llanilganda esa barcha zaxiralarning umumiy tannarxi ularning umumiy bozor bahosi bilan solishtiriladi va baholash sifatida ushbu miqdorlardan eng kichigi tanlab olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralar sof sotish qiymatini baholashning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan usullarining mohiyatini quyida keltirilgan misol ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqamiz.
Misol. «Afrosiyoob» kompaniyasi personal kompyuterlar sotish bilan shug‘ullanadi. Quyida personal portativ kompyuterlar zaxiralari (TMZ)ning nomlari bo‘yicha 2019 yil 31 dekabr holatidagi ma’lumot keltirilgan.
Tovarlar zaxirasi o‘n ikkita portativ kompterlarlardan iborat bo‘lib, ular uch guruhga bo‘lingan. ASYeR guruhidagi kompyuterlarni sotish ancha qiyinlashdi, chunki yangi texnologiyalar bo‘yicha ushbu kompyuterlar ma’naviy jihatdan eskirgan hisoblanadi. Quyida keltirilgan tannarx va sof sotish qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga esosan quyidagi usullar bo‘yicha buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo‘lgan TMZ qoldig‘i summasini aniqlaymiz:
a) har bir modda bo‘yicha usuli;
b) asosiy tovar guruhlari usuli;
v) zaxiralarning umumiy hajmi usuli.



Yüklə 169,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin