Tayyorladi Isayev Akmal


Raqobatli strategiyalarning turli xil darajasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/7
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132549
1   2   3   4   5   6   7
Tayyorladi Isayev Akmal

Raqobatli strategiyalarning turli xil darajasi
F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik
strategiyasini 4 ta turga ajratib ko‘rsatadi:
1. Lider strategiyasi;
2. Kurashga chaqiruvchi strategiya;
3. Lider orqasidan boruvchi strategiya;
4. Mutaxassis strategiyasi.
Odatda lider bu asosiy bozorni rivojlantirishga katta hissa qo‘shuvchi firmadir.
Liderning javobgarligini aniqlovchi eng tabiiy strategiya bo‘lib, yangi
iste’molchilarni egallashga, mavjud tovarlarni qo‘llashda yangi tashviqotga yoki tovarlarni bir marta iste’molini o’stirishga yo‘naltirilgan global talabni kengaytirish strategiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Mudofaa strategiyasi - bu bozor liderining strategiyasi bo‘lib, u orqali korxona bozorda raqobat kurashida qo‘lga kiritgan yutuqlarini, pozitsiyalarini (masalan, bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot markasini obro‘sini ko‘tarish, tovar harakati kanallari ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi.
Mudofaa strategiyasi - bu bozor sardori tomonidan o‘zining biznesini
raqobatchilar tajovuzidan doimo himoya qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir.
Mudofaa strategiyasining quyidagi turlari mavjuddir: pozitsiyali mudofaa, qanot mudofaasi, mudofaa qayta hujumga o‘tish yo‘li bilan, mobil mudofaa va qisilib qolayotgan mudofaa.
Hujum strategiyasini qo‘llash natijasida firma bozorda o‘z ulushini oshirishga harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini keng ishlatish hisobiga rentabellikni oshirishdan iboratdir.
Raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan eng «salmoqli», yetakchi bo‘lgan parametrlar birinchi navbatda sinchkovlik bilan tadbiq etiladi. Albatta, bunday yondashuv ikkinchi darajali parametrlarni tahlil etishni istisno qilmaydi, chunki ba’zan tovarning bozor muvaffaqiyatini ta’minlashda xuddi shunday parametrlar g‘oyat muhim rol o‘ynashi mumkin.
Raqobatbardoshlikni baholashning uchinchi bosqichida nisbiy raqobatbardoshlikning integral ko‘rsatkichi hisoblab chiqiladi. Buning uchun birinchi navbatda tadbiq qilinayotgan buyum va namuna parametrlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlab olinadi. Har bir «qat’iy» parametr muayyan birliklarda — kilovatt, millimetr va hokazolarda ifodalangan
ayrim qiymatlarga ega bo‘ladi. Bu qiymatlarda buyumning iste’molchi ehtiyojlarini qondiradigan bir qancha xossalari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Qondirish darajasi birlik parametrik ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Bu ko‘rsatkich esa, biz yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, parametrning amaldagi qiymatini ehtiyoj 100% qondiriladigan qiymatga foiz nisbatida topiladi.
Raqobatbardoshlik darajasini aniqlash aksariyat faqat tovarlar bilan chegaralanib qolmay, balki korxonalar, kompaniyalar, xatto mamlakatga nisbatan ham tadbiq etiladi.
Raqobatbardoshlik serqirra tushuncha bo‘lib, unga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqot maqsadlariga qarab asosiy omillar va ularning. miqdorlarini hisoblash usullari tanlab olinadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda biz raqobat haqida juda ko'p ma'lumotlarga ega bo'ldik.Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan
yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar)
o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy
resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun
raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar
o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchiturli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi
ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik
o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli
alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat,
monopoliya va oligopoliyadir.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Salimov S.A. Marketingni boshqarish. T.: Aloqachi, 2010.

2. Soliyev A. Marketing. Bozorshunoslik. T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010. 234 b


3. Strategik marketing / Qosimova M., boshq. T.: O’qituv-chi, 2004y–272 б.
4. Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., boshq. Turizm asoslari. O’quv qo’llanma.
SamISI, 2010y. -_228 б
5.O'zbekiston respublikasi konstitutsiyasi ,,O'zbekiston ''2012-yil
6. http://lex.uz– O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligi
7. www.Ziyonet.uz –ta'limportali



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin