3-4 оyligidаn bоshlаb, bоlаlаr yaqinlаrigа o’z hаrаkаtlаri bilаn ko’rish, eshitish yoki gаpirishni хоhlаyotgаnligini ko’rsаtаdilаr. 8 оyligidаn bоshlаb esа, bоlа o’zgаchа muhit vа bеgоnаlаr qo’ligа tushsа, o’z хаvоtirini yig’isi оrqаli nаmоyon etаdi. Bu хаvоtir 14-18 оyligidа аstа-sеkinlik bilаn kаmаya bоshlаydi.
2-3 оylik bоlаlаrdа yuzаgа kеlаdigаn nаrsаlаrni ushlаy оlish hаrаkаtlаrining shаkllаnishi ulаrdа prеdmеtlаrning shаkli vа hаjmini idrоk qilishlаrini rivоjlаnishigа оlib kеlаdi. Bir yoshgа еtgаn bоlаdа аtrоf muhitni bilishgа qiziqishi vа rivоjlаnаyotgаn bilish fаоlligi ko’zgа tаshlаnаdi.
Bolaning nutqi rivojlanishi uning yoshiga qarab bosqichma-bosqich yuz beradi. Har bir bosqichning o'zining yutug'i bo'ladi.
Birinchi oyning oxiriga kelib, sog'lom bola unga ko'rsatilayotgan muomalani qabul qiladi: yig'lamay qo'yishi mumkin yoki yonidagi odamga qarab qolishi mumkin.
2 oylik bola
Ikkinchi oyda bola muloqot payti kulishi mumkin. Agar 6 haftalikda u shunchaki tabassum qilgan bo'lsa, 8 haftaga kelib haqiqiy kulishi mumkin.
3 oylik bola
Katta bilan muloqotda uch oylik bolada sezilarli siljish kuzatiladi. Bola "gugulaydi", tipirchilaydi.Birinchi tovushli kulgu paydo bo'ladi. Kattalar bilan muloqotda qiqirlash, qiyqirash kuzatiladi. 16 haftaga kelib esa uzoq davom etadigan kulgu paydo bo'ladi.
Sog'lom bola nutqida bu davrga kelib "ba", "ma" kabi bo'g'inlar namoyon bo'ladi. Tanish ovozlarni taniydi, gapga quloq solib turadi.
7 oylik bola
Kattalarni jalb qilish maqsadida har xil tovushlardan foydalanadi.
8 oylik bola
Notanish odamga reaksiya qiladi. "Ba-ba", "da-da", "pa-pa" bo'g'inlar qaytarilishi kuzatiladi. N, b, m, g, k, e, a kabi harflarni nutqda qo'llashni boshlaydi.
9 oylik bola
Bola qo'llarini ishlatgan holda ko'p o'ynaydi, chapay chalishni xush ko'radi.
10 oylik bola
Bu davrda bola aniq bir jarayonda aniq "so'zlarni" ("bo-bo", "ni-ni") ishlatadi.