Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali PSIXOLOGIYA FAKULTETI OILA PSIXOLOGIYASI 210-20 GURUH TALABASI rASHIDOVA DIYORANING RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Tayyorladi:RASHIDOVA D Qabul qildi:SHOVXIYEV L
Mavzu:GO‘DAKLIK DAVRI
Go‘daklik davri bolaning tug’ilganidan bir yoshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z
ichiga oladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ejtiyojlarni (kislorodga,
ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan hatti–
harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof xolda kuzatiladigan yagona davr
hisoblanadi. Bola tug’ilishining birinchi haftasidanoq uning ko‘rish va eshitish
sezgilari jadal suratda rivojlanadi.
Ilk go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan
juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt
ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan
foydalanishga o‘rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li
bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va
predmetlar yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi
va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Go‘dak yoshidagi
bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi.
Go‘daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o‘z ichiga oladi. Bu yosh
Go‘daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o‘z ichiga oladi. Bu yosh
davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin_x0002_asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari
rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o‘ldirash belgilari paydo bo‘ladi.
Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o‘zlashtira boshlaydi.
1 yoshda bola 30-40 ta so‘zni o‘zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida
bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o‘rgatilgandagina bola tarbiyalanadi
va psixik taraqqiyot yuz beradi.1 yoshgacha bo‘lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning
rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga
borib, o‘tirishni o‘rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va