Tayyorladi: Shukurullayeva Sarvinoz 1-savol Tabiatshunoslik darslarida tabiatga muhabbat, uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni


-savolga Tabiatshunoslikni o'qitishda ilmiylik tamoyilining mazmunini qanday tushunasiz?



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə3/6
tarix08.06.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#126989
1   2   3   4   5   6
Shukurullayeva Sarvinoz

4-savolga Tabiatshunoslikni o'qitishda ilmiylik tamoyilining mazmunini qanday tushunasiz?
O'quv materialining ilmiy va tushunarli bo'lish tamoyili deb nimani tushunasiz?

JAvobi : Tabiatshunoslikni o'qitishda o'quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili. O'quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili: 1) o'quvchilarning o'qishga ongli va ijodiy munosabatda bo'lishlarini; 2) o'rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; 3) o'qishning ijodiy xarakterda bo'lishini ; 4) bilimlarni amaliyotda ongli qo'llashni va ularni ishonchga aylanishini o'z ichiga oladi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o'qituvchiga taalluqlidir, u o'quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshi bajarishga qiziqish uyg'otishi kerak. O'qitishda onglilikni namoyon bo'lishining oliy shakli o'quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o'tkazilgan kuzatishlami tavsiflash va o'qituvchi taklif qilgan mavzu bo'yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog'liq bo'ladi. 0 ‘qitishning ko'rgazm alilik tamoyili. K o'rgazm alilik tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o'quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o'qitishni nazarda tutadi. Ko'rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o'rganishning dastlabki bosqichlarida juda muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o'quvchilari ko'rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to'g'ri tushuncha va xulosalar hosil bo'lishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak. Tabiatshunoslik bo'yicha dastuming organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o'rganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi maydonchalarida tajribalar, kuzatishlar o'tkazishga imkon beruvchi metodlarning qo'llanilishini, ya’ni o'quvchilarning bevosita ko'z bilan yoki bevosita ko'rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko'rgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas. Tabiatshunoslikni o'qitishdagi ko'rgazmalilikni mashg'ulotlar jarayonida faqat tabiiy jism lar (tirik tabiat burchagidagi, www.ziyouz.com kutubxonasi zooparkdagi o'simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko'rinishidagi hodisalami eslatuvchi predmetli ko‘rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko‘rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir. Predmetli va tasviriy ko'rgazmalilikni amalga oshirish asosida 0‘qitish, ayniqsa, bolalar tarbiyasining ertangi bosqichlarida, tafakkurning, kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, o‘rganilayotgan masalalarga o'quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o'rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashib, o‘zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta’minlaydi. Tabiat jismlari va hodisalari yuzasidan olib borilgan kuzatishlar materialni tushunib olishga va o ‘zlashtirilganlarni mustahkamlashga, o'qituvchi rahbarligida tabiat hodisalari o‘rtasidagi chuqur bog'lanishlarni aniqlashga, jismlar to‘g‘risidagi fikrlar bilan ko‘rishganlarini taqqoslashga imkon beradi. So‘z bilan qabul qilish, so‘z bilan tasavvur etish o‘rtasida puxta bog‘lanishlarning vujudga kelishi 0‘quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to‘g‘risida o'qituvchi hikoya qilib berganlarning va ular to'g'risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi

Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin