7-savol: Individual yondashish deganda nimani tushunasiz? 0 ‘rta ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o'rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o'quvchisi muayyan axborot va individual xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o'zlashtirish jarayonlariga ta’sir ko'rsatadi. Biroq o'qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o'zlashtirish darajasi bir xil bo'lishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to'g'ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o‘xshashligi bo‘lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir o'quvchi uchun o'zining individual xususiyatlari; 1) diqqatning rivojlanishi; 2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri; 3) predmetga munosabati; 4) ko'rgazmali va og'zaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi; 5) o'quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri; 6) tabiat to'g'risidagi bilimlarining sifati, og'zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o'ziga xosdir. O'qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o'quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o'rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak. O'qituvchining o'z o'quvchilarini yaxshi bilishi ularga individual yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim o'quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o'rganib boradi. O'quvchilarning qanday o'zlashtirayotganligidan qat’i nazar, ularning hammasiga individual yondashish kerak. Darsni o'zlashtirishga qiynalayotganlarga o'z vaqtida qo'shimcha yordam ko'rsatish zarur. O'qituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va www.ziyouz.com kutubxonasi kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o'quv-tajrib* maydonchasidagi ishlar, tabiat obyektlarini kuzatish) o'quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holds berishi kerak. 0 ‘quvchilarga individual yondashishga asoslangar o'qitish jarayoni o'quv materialining muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, axloqi) me’yorlarni singdiradi.