Tayyorladi: Tagayev G


Demetra- dehqonchilik va hosildorlik xudosi



Yüklə 127,22 Kb.
səhifə4/5
tarix27.09.2023
ölçüsü127,22 Kb.
#149640
1   2   3   4   5
DARS ISHLANMASI . Qadimgi Yunoniston afsonalari.

Demetra- dehqonchilik va hosildorlik xudosi


Asotirlar:haqiqat va uydirma.Yunon asotirlari (miflari) – xudolar va bahodirlar haqidagi rivoyatlarning qahramonlari har xil titanlar (xudolardan tug'ilgan qudratli pahlavonlar), yovuz maxluqotlar, sirenalar (yarim qush, yarim ayollar), kentavrlar (yarim otlar, yarim odamlar), sikloplar peshanasida bitta dumaloq ko'zi bo'lgan afsonaviy mavjudotlardir. Asotirlar (yunon tilida "mif") mamlakat tarixidagi qadimgi davr haqida ko'p narsalarni bilishga imkon beradi. Ular Olamning yaratilishi, Yer yuzida hayot va odamning paydo bo'lishi, qahramonlar jasorati va dengiz sayohatlari haqida hikoya qiladi.
Yunon asotirlari rang-barang va qiziqarlidir. Olam va xudolarning kelib chiqishi haqidagi asotir ham maroqli. Avval boshda Yer va Osmon — Geya va Uran bunyod etilgan. Ular Olamni boshqaruvchi titanlarni dunyoga keltirdilar, Olimp tog'ida yashovchi xudolar ularni taxtdan ag'darmagun-cha hukmronlik qildilar.
Asotirlarda aytilishicha, azalda Yer hamma tomonidan dengizlar bilan o'ralgan edi. Dastlab ularning hukmdori Okean degan titan bo'lgan. Ulkan osmon gumbazi Yerning bir chekkasida turguvchi Atlas degan titan yelkalariga suyanib turardi.
Yunonlarning rivoyatlari Gerakl, Axill, Tesey va Ayaks singari bahodir qahramonlar jasorati haqida naql etadi. Ularning barchasi matonat, kuch-qudrat va aql-zakovat kabi fazilatlarga ega bo'lgan. O'n ikki jasorati tufayli Gerakl Olimp tog'idagi xudolar saltanatida faxrli o'ringa ega bo'lgan ekan.
Qadimgi yunonlarning xudolari . Qadimgi yunonlar ham ularning hayoti va tevarak olam ko’zga ko'rinmas sirli kuchlarga tobe ekanligiga e'tiqod qilardilar. Bu ko'rinmas kuchlarni yunonlar xudolar deb atadilar. Xudolar ularning Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotida hukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga hukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengizda, Aid marhumlar saltanatida oliy xudo deb hisoblangan. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san'at va she'riyat, ishq-muhabbat va go'zallik homiylari hisoblangan. Urush va g'alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari ham bo'lgan. Satiralar va nimfalar degan tuban xudolar ham mavjud edi. Ular o'rmonlar, daryolar va tog'larda yashagan deb tasavvur etilgan.



Yüklə 127,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin