hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa Sud organlariga taqsimlanib berilgan. Davlat boshqaruvida yana islohotlar o'tkazilib, Sud sistemasi yanada isloh qilinmoqda. Davlatni boshqarishning Prezidentlik shakli mamlakat boshqaruvi tizimini isloh qilishning boshlanishi bo'ldi. Prezident davlat hokimiyatining boshlig'i bo'lib, bir vaqtning o'zida Vazirlar Mahkamasining raisi vazifasini bajaradigan bo'ldi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat, xo'jalik jamiyatning barcha sohalaridan tortib, intizom o'rnatish, ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash ehtiyoji shuni talab qildi. Demak, Prezident suveren Respublika boshlig'i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat yurgizadi. Bu ayrim g'alamislarning fikricha aftoritar hokimiyatni o'rnatilishi emas, aksincha, hozirgi paytda kuchli ijroiya hokimiyati bo'lishi kerakligidandir. Aks holda, jilov qo'ldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz tutishi hech gap emas. Masalan, Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarni olsak. Ular iqtisodiy islohotlar yoki o'tish davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi. WWW.ARXIV.UZ
Mashhur rus tarixshunosi V.V. Bartold (1869-1930) bu to'g'rida shunday deb yozgan : «Sharq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki, biz ularni ular o'zlarining bilishlaridan (bilganlaridan) ko'ra yaxshiroq bilishimizga tan bersalar » (Bartold V.V. Sochineniya. Tom I. Moskva, 1963 g., s. 607 -608.). Haqiqatan ham chorizm itibdodi, so'ng sho'rolar zamonida qariyib 130 yil davomida biz