Milliy mafkura: 1. O'zligimizni, an'analarimizni, xalqimizni asriy orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan maqsad va vazifalarni qamrab olmog'i kerak. 2. Jamiyatdagi xilma-xil fikrlar va g'oyalar bo'lishidan qat'iy nazar, ularni birlashtiruvchi yagona g'oya -mafkura bo'lishi kerak. 3. Har qanday millatchilik va boshqa unsurlardan holi bo'lishi kerak. 4. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi, ularning qalbiga insonparvarlik fazilatlarini singdirishda madadkor bo'lishi kerak. 5. O'tmishimizni eslatib turadigan va umumbashariy yutuqlarga erishmoqqa da'vat qiladigan bo'lishi kerak. 6. Kundalik ishlarimizda, bunyodkorlik faoliyatimizda belimizga quvvat bo'lishi kerak. 3. 2000 yil 6 aprelda Oqsaroy qarorgohida milliy mafkuraga bag'ishlangan maslahatlashuv yig'ilishi bo'ldi. 1. O'zining kelajagini qurmoqchi bo'lgan jamiyat o'z g'oyasi, mafkurasiga tayanmog'i lozim. Davlat siyosati aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosida olib borilmog'i kerak. 2. O'tish davrida xalqimiz va jamiyatimiz uchun oliy maqsadimizga puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin. (O'tish davrida mafkuraning roli ) 3. Yoshlarimizni milliy g'oya va mafkura asosida tarbiyalashimiz kerak. 4. Tarbiyaviy ishlarimizda g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligimiz kerak. Mafkura kurash maydoniga aylanmoqda. 5. Xalqimizni o'zligini anglashiga, milliy qadriyatlarimizni asrab yosh avlodga yetkazib berishda xizmat qilishi kerak. 6. Milliy mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko'tarilmasligi kerak. 7. Milliy an'analarimiz va umumbashariy yutuqlar o'z aksini topishi kerak (Karimov I.A. Milliy mafkura -kelajak poydevori. Ishonch.-2000.-7apr.). WWW.ARXIV.UZ