Mustaqillik mafkurasiga e'tiborsizlik jamiyatimizdagi barcha illatlarga keng yo'l ochib beradi. 1999 yil 16 fevral «qonli seshanba» kungi voqealar buning yaqqol dalilidir. Mustaqilligimiz tufayli fan, maorif, ta'lim tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirildi. «Ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa, biz ko'zlagan maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi», - deydi I.A.Karimov. Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda tariximizdagi ta'lim jarayonlarini o'rganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturi tayyorlandi. 1997 yil 2 avgustda Respublikamizda «Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ta'limni isloh qilish qo'yidagi tamoyillar asosida olib boriladi: ta'lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi; ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi, dunyoviyligi ; ta'limda umuminsoniy, milliy -madaniy, ma'naviy qadriyatlarning ustivorligi; e'tiqodi, dinidan qat'iy nazar ta'lim olish imkoniyatlarining kengligi; ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan holiligi. WWW.ARXIV.UZ
1998 yil Avstraliyada kelgusi asr ta'limi istiqbollariga bag'ishlangan «Osiyo -Tinch okean mintaqasida XXI asrda ta'lim muammolari» deb nomlangan xalqaro anjumanda ta'limni rivojlantirishga qaratilgan maxsus davlat dasturi faqat ikki davlat - AQSH va O'zbekistondagina mavjudligi ta'kidlandi. Anjuman ishtirokchilari yangi ta'lim tizimimizga katta ishonch bildirdilar. 1993 yildan Prezidentimiz farmoniga binoan talaba va aspirantlarga maxsus