O‘zXChO oiladosh cholg‘ulardan tuzilgan 5 ta guruhdan tashkil topgan bo‘lib, partiturada ular quyidagi ketma-ketlikda yuqoridan pastga qarab joylashadi
O‘zXChO oiladosh cholg‘ulardan tuzilgan 5 ta guruhdan tashkil topgan bo‘lib, partiturada ular quyidagi ketma-ketlikda yuqoridan pastga qarab joylashadi:
Puflama cholg‘ular guruhi;
Torli-urma cholg‘ular (changlar) guruhi;
Torli-chertma (mizrobli) cholg‘ular guruhi;
Urma zarbli cholg‘ular guruhi;
Torli-kamonli cholg‘ular guruhi.
· Puflama cholg‘ular guruhiga kichik nay (pikkalo), nay (katta), surnay va qo‘shnay kiradi. · Torli urma cholg‘u guruhiga chang kiradi. · Torli-chertma (mizrobli) guruhiga rubob prima, qashqar rubobi, afg‘on rubobi, tanbur, qonun, kontrabas, dutor, dutor bas asboblari kiradi. · Urma zarbli cholg‘ular guruhiga doyra, nog‘ora, buben, uchburchak, litavra, ksilafon, qayroqtosh, tarelka kiradi. · Torli-kamonli guruhga g‘ijjak (I-II), g‘ijjak alt, g‘ijjak qobuz bas, g‘ijjak qobuz kontrabaslar kiradi. Puflama cholg‘ular. O‘z nomi bilan, demak, faqat puflasa sado taratadigan cholg‘ular bunday nomlanadi. Cholg‘uning g‘ovak ustinida ma’lum miqdorda dam (havo) yig‘ilsa, bosim ostida barmoqlar harakati yoki lab mahoratidan turli balandlikda yoqimli tovushlar tartibli yangraydi. Bu toifa cholg‘ularni ayrimlar – damli cholg‘ular deb ham ishlataverishadi; NAY PIKKALO SURNAY QO‘SHNAY NAY (katta) Torli cholg‘ularning sozlanishi. O‘z nomi bilan ma’lum bir ko‘rinishdagi, tovush chiqarish uchun bir nechtadan yo‘g‘on yoki ingichka torlar tortilgan cholg‘ular nazarda tutiladi. Torlari ichakdan yoki misdan bo‘lishi mumkin. Ulardan sado taratishning asosiy usullari ham turlicha, masalan, barcha torli cholg‘ularga nisbatan (bir-biridan farqlash uchun) mana bunday iboralar qo‘llaniladi. · Torli-urma (demak, torlariga urib chalinadi), · Torli-chertma (demak, torlarini chertib yoki tirnab chalinadi), · Torli-kamonli (demak, torlari ustida kamon tortib chalinadi); Urma zarbli orkestrda kerakli guruhlardan hisoblanadi. Ayniqsa O‘zbek mumtoz va xalq kuy qo‘shiqlariga albatta ommaviylashgan doyra asbobi qo‘shilishi kerak. Doyra, nog‘ora asboblari o‘zbek xalqining eng sevimli va O‘zbekistonda keng tarqalgan cholg‘ulari hisoblanadi. Doyra-chalish imkoniyati juda katta cholg‘u hisoblanadi. Orkestrga o‘zgacha zavq va jilo beradi. Davrimizning oxirgi vaqtlariga kelib O‘zbek kompozitor va cholg‘ulashtiruvchilari doyra imkoniyatlarining barcha qirralarini ochib, juda murakkab, jozibali, zavq baxsh etuvchi virtuoz yakkasoz asarlar yaratib, orkestr javonini yanada kengaytirmoqdalar. Urma zarbli cholg‘ular kuchli va kuchsiz hissalarni berib turuvchi asosiy cholg‘u bo‘lganligi sababli, orkestrda alohida o‘rin tutadi. Orkestrni yanada jonlantirib turadi. Urma zarblilar tarkibida yana uchburchak, bubin, tarelka, kayrok, safail, kastaneta, ksilafon asboblari ham ishlatiladi. Bu o‘z o‘rnida boshqa millat kuylarini o‘ziga xos ijro etishda qo‘l keladi. Cholg‘ularning yozilish diapazoni. Har qanday cholg‘u o‘z tovushlarining sadolanishiga qarab aniq diapazonga ega bo‘ladi. Butun dunyo musiqachilari qabul qilgan 5 ta nota chizig‘ida sozandalar notaga qarab chalishlarida qulaylik zarurligi uchun musiqiy kalitlar tanlangan va o‘sha kalitlarda (eng pastki tovushdan eng baland tovushgacha) notalar yordamida kuylar yoziladi. Mana shu nota yozuvlari «cholg‘ularning yozilish diapazoni» deyiladi. Epizodik cholg‘ular. Kino san’atida «epizodik rollar» degan tushuncha bor, bu degani, ma’lum bir obraz (aktyor) kerak paytda bir paydo bo‘ladi-yu, so‘ng kerak bo‘lmaydi. Buni cholg‘ularga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi, musiqiy asarning qaysidir bir qismida o‘z tovush sadolari bilan paydo bo‘ladi-yu, so‘ng yangramaydi. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrida ishlatilishi mumkin bo‘lgan bir talay xususiyatli cholg‘ularimiz ham bor, ular – karnay, an’anaviy surnay, sibizg‘a, chang qobuz, qonun, ud, sato, safoyil, qayroq kabilardir. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT