Nazorat savollari:
1.Papye –mashye nima?
2.Papye –mashye usulida nimalarni tayyorlash mumkun?
3.Uy ro’zg’or buyumlarini yasalish yo’lini tushuntiring?
4.Mevalarni va sabzavotlarni tayyorlash yo’lini tushuntiring?
5. O’yinchoqlar qanday tayyorlanadi?
6. Qo’g’irchoqlar bosh qismini tayyorlash yo’lini tushuntiring?
7.Tayyorlangan ishga qanday ishlov beriladi?
8.Bo’yashda qanday bo’yoqlardan foydalaniladi?
9.Silliqlashda nimadan foydalaniladi?
10.Qanday lakdan foydalaniladi?
Mavzu: Tabiiy materiallardan ijodiy ishlar bajarish.
Reja:
1.Tabiiy materiallari va ulardan foydalanish.
2. Tabiiy materiallardan applikatsiya ishini bajarish
MTT da va oilada aplikatsiyada qollaniladigan tabiiy va tashlandiq materiallar
bilan ishlanadi. Bolalar bog’chasi tarbiyachisi tabiiy materiallarni avvalo yil
davomida to’plash mumkin.Yilning har bir fasli o’z xususiyatlariga ega. Tabiiy
materiallarni to’plashda erta baxorda lola gullarini qurutib olish, daraxt va
butalarning yosh novdalarining, yoz oyida rezavor mevalar donalarini, turli
gullarni, kuzda daraxtlarning xilma xil barglari, mevalarini to’plashlashlari lozim.
Bu tabiiy materiallar ko’proq sayr ekskursiyalar davomida yig’ilsa juda maqsadga
muvofiq bo’ladi.Sababi tabiatni qo’riqlash qonunlari bilan tanishtirish lozim.
Respublikamiz taiiy resurslar va foydali qazilmalar, o’simliklar, qushlarga boy
o’lka hisoblanadi. Biror buyum narsa yasashda g’oyalarni qayerdan olishni
bilishga, g’oyalar esa obraz, syujetlardan, bolalarga tanish ertak va hikoyalardan ,
rasm, shakllardan olish mumkin.
MTT tabiiy va tashandiq materiallardan keng foydalaniladi. Bu materiallar
gerbariy asosida quritilgan barcha daraxt va sabzavot, mevalar, manzarali
daraxtlarning danaklaridur. Bu materiallarni asosan kuz faslining Sentabr, oktabr,
noyabr oylarida yig’ish va quritish lozim.Tarvuz, qovun, bodiring, do’lana,
qovoq, urug’lari yangi olinganda yopishqoq massada bo’ladi. Uni bittalab ajratib
olinadi va maxsus stkacha yoki elakchada yuviladi va fonera ustiga gazeta yozib
issiq va iliq yelvizak joyda quritiladi 3-4 kun. Quritish jarayonida urug’larni qol
bilan aralashtirib turilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Tabiiy va tashlandiq
materiallardan ijodiy ishni quyidagicha bajarish mumkin .
Tabiiy materiallar yordamida turli hil estalik sovg’alari tayyorlash mumkun.
Qalam qipig’idan applikatsiya ishi;
Kerakli jihozlar:rangli qalamlar, A4 qog’ozi,qalam ochgich,qora qalam,yelim.
Bajarish usuli:Rangli qalamlarni qalam ochgich yordamida extiyotkorlik bilan
ochamiz, Iloji borich qalam qipiqlari yaxlit olishga harakat qilinadi.Oq qog’ozga
tasvir chizib olinadi.Gullar,qushlar,tabiat manzaralari,ertak qaxramonlarn
tasvirlarini chiziladi.Tasvir ustiga PVA yelimi surtilib qalam qipiqlari
extiyotkorlik bilan yelimlanadi.
Quritilgan gullardan ekibana yasash.
Kerakli jihozlar: Quritilgan gullar, qaychi,PVA yelimi yoki pistalet yelimi,A4
qog’ozi ,foni uchun rangli qalam kukunlari va sabzavod suvlari,paxta tampon.
Bajarish usuli:A4 qogoziga fon beriladi,quritiladi.So’ngra vazada gullar, tabiat
manzara ko’rinishlarini quritilgan gullar, shoxlarni yelimlash yordamida
tasvirlanadi. Turli hil bezaklardan xam foydalanish mumkun.
Tabiiy materiallar ko’proq sayr ekskursiyalar davomida yig’ilsa juda maqsadga
muvofiq bo’ladi. Sababi tabiatni qo’riqlash qonunlari bilan tanishtirish lozim
O`simliklarni quritib olish.O’simliklarni to’plash va kuritib olishda gazeta,
gerbariy papkasi, kaychi, paxta bulishi kerak.
O`simliklarning gullari, barglari, poyasi va shu kabilarni tuplash maksadida
ekskursiyaga chikilganda bir juft gazeta, kaychi bulishi shart. Gazeta daftarsimon
taxlanib, orkasiga materiallar tartib bilan joylanadi. Gullarni kul bilan sindirib
bulmaydi, aks xolda poyasi zararlanishi mumkin
Kuritib olishga muljallangan usimliklar xar q anday namlik (yongir yoki
shudring) dan xoli bulishi kerak, aks xolda usimlik kuritilganda unda doglarning
izi koladi.Kuritilayotgan usimliklarda tabiiy rangni asrab kolishning eng muxim
sharti ularni shamol utib turadigan joy da, elvizakda, kuyosh nurida tez kuritib
olishdir.Usimliklarni kuritish uch sutkadan ortik davom etmasligi kerak.Turli
usimliklarni tuplashni uz muddatlari bor.
Gerbariy ramkalarda quritish.
Gerbariy ramkalarida kuritilgan usimliklarning kupchiligi uzining tabiiy rangini
saklab koladi. Bunda usimlik yumshok kogoz yoki gazeta orasiga solib quyiladi.
Xar bir varaqqogoz vao’simlik urtasiga bir necha kavat qogoz yoki gazeta
ko’yiladi, chunki quritilayotgan o’simlik o’zidan namlik chikaradi. Shundan
so’ng papka ikkita to’rsimon rama ortasiga qo’yilib, ochiq xavoga qo’yiladi.
Agarda xavo xarorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo’lsa,
quritilayotgan o’simlik issiq va quruq joyga olib kiriladi.
Murakkab gullilar quritilganda to’pgullilar poyasidan ajratilib pasgacha
joylashtiriladi, sungra uning ustiga paxtani aylana qilib qo’yiladi, bunda fakat
barglar usti yopilib, gulning o’rtasi ochiq qoldiriladi.
Pressda quritish.
Orasiga usimlik solingan qogozlar gerbariy papkasi o’rniga ikkita faner listlari
o’rtasiga joylanib, ogir narsa bostirib qo’yiladi.Ogirlik pressga qancha o’simlik
joylashtirilganiga bog’lik buladi.Mayda nozik o’simliklar kam ogirlikni
vaquritish uchun kamrok vaqtni talab qiladi.
Ikki uch soatdan so’ng qogoz prokladka almashtiriladi.Quritish shu usulda davom
ettiriladi.
Issik dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi.Qavat - qavat
gazeta yoki yumshok qogoz orasiga o’simliklarni qo’yib, ustidan dazmol
yurgiziladi. So’ngra ustki qavatdagi gazetani olib, quritilayotgan narsani
shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so’ngra gazetani yopib Yana
dazmollanadi. O’simlik ikki uch minutda quriydi va u uzining tabiiy rangini
yuqotmaydi.
Agarda quritilgan narsa ko’tarilganda o’z tanasini ushlab tursa u yaxshi quritilgan
xisoblanadi, agarda u sinib, maydalanibketsa demak u ortiqcha quritib yuborilgan
xisoblanadi.
Quritilgan o’simliklar, ayniksa gullar gigroskopik bo’lib, nam tekkanda ular tezda
ildiz otadi, shuning uchun foydalanishga qadar ularniquritilgan joylarida, varaqlar
orasida, yopik papka, quti, shkaflarda saqlagan maqul.
Bunda ular pechka va shu kabi isitish asboblarida uzoqroqda bo’lishi kerak, aks
xolda ular ortiqcha qurib sinuvchan bo’lib qoladi. Zarang, juka, shumtolning
uruglarini kuzda uraglar pishib daraxtdan to’kilganda teriladi.Biroq bu ishning
kech kuzga qoldirib bo’lmaydi, aks xolda ular ortiqkcha qurib sinuvchan bulib
qoladi.To’plangan uruglar qutichalarda quriq ammo issiqlik manbalaridan
uzoqroq joyda saqlanadi.
Qushchayasash uchun kerakli jihozlar:
Ikkita archa g’uddasi biri yopiq holda, biri ochilgan,xondon pista po’chog’i,patlar
va plastin,yoki pistolet yelimi, ko’z uchun nomozshom guli urug’i
Bajarish usuli: Yopiq holda archa g’uddasi qushchaning tumshuq qismi
debolinadi. Orqasiga ochilgan archa g’uddasi yopishtiriladi. Tumshug’iga xandon
pista,ko’ziga nomozshom gul urug’i yopishtirib ikki yon tomoniga pat va orqa
tarafiga patlar yopishtiriladi. Qarabsizki ish tayyor.Quritilgan barglardan turli hil
applikatsiya ishlarini bajarish mumkun.
“ Quritilgan barglardan Qushcha ” tayyorlash.
Kerakli jihozlar: qutitilgan barglardan kichik va o’rta, katta o’lchovdahilar
tanlanadi, pva yelim, qaychi, fon uchun rangli qog’oz yoki bo’yalgan qog’oz,
kalka, qora qalam.
Bajarish usuli:
Biz yasamoqchi bo’lgan parranda, qush yoki uy-yovvoyi hayvonlar skeleti ora
qalamda tushiriladi, fonga.So’ngra shu yasaladigan tasvir ustida pva yelimi
surutib burglar yopishtiriladi PVA yelimi 25-30 daqiqada yopishadi ustiga
og’irroq narsa yopishtiriladi.
O’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish, ularga topshiiqlar berish, bajargan
ishlarini eksport guruhi orqali nazorat qilish.
Bo’shagan gugurt qutisi va boshqa qutilardan o’yinchoqlar yasash.
Turmushimizda chiqariladigan mahsulotlarning foydalanib bo’lingan qismi
tashlandiq materialar ikkilamchi hom ashyo deyiladi. Bularga turli
mahsulotlardan bo’shagan qutilar (gugurt. choy, qand. dori, tish yuvish pastasi,
atir, katta hajimdagi kardon qutilar va boshqalar) kiradi. Bunday qutilardan
mayda archa o’yinchoqlardan tortib, katta qutilardan uy, tilivizor, radio, uy,
yihozlari, hayvon va qushlar transport vositalarni yasash mumkin. Buning uchun
qutilar rangli qog’oz bilan o’rab chiqiladi va elimlanadi su igra boshqa qisimlar
yopishtiriladi. Masalan: gugurt kutnsidan kushchayoki mushukcha yasash uchun
quticha rangli qog’oz bilan elimlanadi va qushni qanoti tumshigi qushimcha
tayyorlanadi va hokozo.
Katta hajimdagi ishlarni bajaryotganda har-bir quti alohida qog’ozga urab
elimlanadi so`ngra ular bir-biriga elimlanadi.Masalan: Quchukcha- bosh qismi,
tanasi, oldi, va orqa oyoqlari, qushimcha ko’z qo’loq, tumshuqchasi
yopishtiriladi.
Tuxum po’chog’idan “Baliqchalar “yasash.
Kerakli ashyolar:
Tuxum po’chog’i(guashga bo’yalgan holatda).
2.Rangli qog’oz(suzgichi,dumi,ko’zi uchun).
3.Guash,oddiy qalam,flomaster.
4.PVAyelimi,mo’yqalam,qaychi,kurakcha.
Bajarish usuli:Baliqcha suzgichi,ko’zi flomaster yordamida chizib qo’yiladi.
Nazorat savollari:
Tabiiy materiallarga nimalar kiradi?
Tabiiy materiallardan qanday applikatsiya bajarish mumkin deb o`ylaysiz?
O`simlik barglari va urug`lardan qanday applikatsiya ishlarini bajarish mumkin?
O`simlik barglarini qanday yig`ish, saqlash yo`lini bilasiz?
Gerbariy tayyorlash yo`llarini aytib bering?
Document Outline
Dostları ilə paylaş: |