Tayyorlash usuli qo’yidagicha:
1 qavat o’rov qog'oz yoki gazeta ustiga oldindan tayyorlangan
suyuq kelestorni surib
chiqamiz va kelestr surilgan qog'ozni qo’limizda g'ijimlab maydalab bir hil massa
bo’lguncha ezg’ilab olamiz. Tayyor bo'lgan massani bo’laklarga bo'lib xoxlagan o'yinchoqni
yasashimiz mumkin.
Bajarish
usuli:
O'yinchoq
yasash
davomida
barcha
xaykaltaroshlik
usulidan
foydalanishimiz mumkin bo'ladi. G'ijimlash usuli orqali o'yinchoq yasashdan ko'pincha archa
bezaklari yasaladi.Bunda yasalayotgan o'yinchoq ichiga simdan ilgak joylashtiriladi.
Yasalgan o'yinchoq qurigandan so’ng qum qog'oz bilan ishkalanib silliqlanddi.
Sungra oq
guash yoki tish pastasi bilan buyab olinadi. Qurigandan sung akvarel buyoq bilan buyaladi va
ustidan lak beriladi.
Bu usul orqali, sabzavotlar, mevalar, xayvon, parrandalar, qushlar, gullar va boshqa narsalar
yasash mumkin.
Uy ro’zg’or buyumlari quydagicha tayyorlanadi:
Masalan qozoncha ,lagan, kosa,payola, tarelka.Bu buyumlar tonkarilib ustiga o’simlik yog’I
yoki
vazilin surtiladi, so’ngra idishga suv solib gazetani maydalab 15-20 daqiqaga ivitib
qo’yiladi so’ngra idish ustiga bir qavat qilib suvli qog’oz yopishtiriladi,ustidan yahlit olingan
gazeta bo’lagiga kaft orasiga qo’yib kelestor surtib g’ijimlanadi, qog’oz
uymshagach suvli
qog’oz ustiga uzib uzib yopishtiriladi, ochiq joyi qolmaydi.Bu usul yana ketma ketlikda 6
marotaba takrorlanadi va quritishga qo’yiladi. Ikki kundan so’ng
buyumni ich tarafidan
pichoq yordamida yumshatib qolib ko’chirib olinadi so’ngralestorli qog’ozda ich tarafiga va
yuqori qismiga ishlov beriladi va yana quritiladi . Qurigach qum qog’ozda silliqlab chiqiladi
va emultsiya bo’yog’ida bo’yaladi.Qurigach rangli guashda ishlov beriladi va laklanadi.
Qo’l qo’g’irchoqlarni yasash;
Shar puflanib qo’g’irchoq bosh qismiga mos qilib bog’lanadi va ustidan kelestorli qog’oz
yopishtiriladi bu usul 7 marotaba takrorlanadi va quritiladi.Qurigach unga yelpig’ich
tayoqchasining bosh qismi olib tashlanib o’rnatiladi so’ngra mih yordamida tunikachaga qoqib
o’rnatiladi va surup yordamida PVA yelimida yopishtiriladi so’ng ustidan kelestorli qog’oz
yopishtiriladi.Yuz
qismini
tayyorlsh
uchun
ho’jalik
qog’ozidan
foydalanib
qosh,burun,quloq,og’iz qismlari tayyorlanadi, ustidan kelestorli qog’oz yopishtiriladi.2 kun
quririladi.So’ngra qum qog’ozda ishlov berib emultsiya bo’yog’ida bo’yaladi. Qurigach boyoq
yordamida odam rangi chiqariladi(oq,
jigarrang, sariq,qizil) va qosh ko’z chiziladi va soch
o’rnatiladi. Tanasi uchun chihol qo’l,oyoq va patronlar tayyorlanadi.Tayyor bo’lgan
qo’g’irchoq laklanadi va kiyintiriladi.