50
maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga - o‘zi
gapirib berishni mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi.
Bolalar nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi,
chunki uning
nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z
nutqini takomillashtirish ustida ishlashi kerak. Maktabda bolalarda eng avvalo faol
ishlatiladigan so‘zlarning miqdori oshadi. Yozma nutqni, o‘qish
va yozishni
o‘zlashtirish o‘quvchi hayotida hosil qilingan malaka hisoblanadi. Kichik maktab
yoshidagi bolalar tovushlarni bir-biriga qushish orqali so‘z to‘zish malakasini
egallab olgach, ba’zida matn mazmunini noto‘g‘ri tushunadilar. Unga
o‘quvchilarning so‘z boyligining kamligi yoki asosiy fikrni ajrata bilmasligi sabab
bo‘ladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchi oldida bolalarda lug‘at boyligini oshirish
va ularni o‘qigan narsalari yuzasidan mustaqil reja to‘zishga barvaqtroq o‘rgatish
vazifasi turadi. Yozuv darslarida bola harf va so‘zlarni yozishda katta qiyinchiliqka
duch keladi. Dastlab bola bo‘tun e’tiborini yozish texnikasiga va o‘tirish qoidasiga
rioya qilishga qaratadi. Avval bolaning yozma nutqi uning og‘zaki
nutqi orqali
belgilanadi, ya’ni u so‘zni qanday talaffo‘z etsa shunday yozadi. Bo‘ davrda bola
bilan ovoz chiqarib aytish bo‘yicha muntazam mashqlar o‘tkazish uning imlo
qoidalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishida katta ahamiyatga ega.
Yozma nutqda
imo-ishora, ohangdan foydanilmaydi, bolalarning yozma nutqlari ularning og‘zaki
nutqiga qaraganda ancha bo‘sh bo‘ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi.
Shuning uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og‘zaki va
yozma nutqni o‘stirish bilan birga нutq madaнiyatiнi ham o‘rgatib borishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: