66
kino-teatr). O‘z xohishingizdan voz kechasizmi yoki navbatda turib, kutasizmi?
12. Janjalli vaziyatlarni hal qiladigan komissiyalarda
ishtirok etishdan
qo‘rqasizmi?
13. Adabiy asarlar, san’at, madaniyat asarlarini baholashda o‘z bahongiz
mavjudmi? Boshqalar fikrini e’tiborga olasizmi?
14. Sizga yaxshi tanish bo‘lgan masala yuzasidan hato fikrni eshitib, jim tura
olasizmi?(janjalga aralashmaslik uchun)
15. Biror kishi u yoki bo‘ xizmat yuzasidan
muammoni hal qilish uchun
yordam so‘rasa noroziliq tug‘iladimi?
16. O‘z nuqtai nazaringizni (fikringizni) og‘zakiga qaraganda yozma holda
to‘la bayon eta olasizmi?
Har bir “ha” javob uchun-2 ball, “ba’zan”-1 ball, “yo‘q”-0 ball beriladi.
Umumiy ball qushib hisoblanadi.
30-32 ball—Siz muloqotga kirishishga qiynalasiz. Lekin sizning
tanishlaringizga ham qiyin. Chunki guruhiy bajariladigan
vazifalarda sizga
ishonish qiyin.
25-29 ball— Siz, yolg‘izlikni yoqtiradigan kishisiz. Yangi ishdagi aloqalar
sizni anchagacha muvozanatdan chetga chiqaradi.
19-24 ball—Siz, muloqotga tez kirishuvchisiz, notanish vaziyatda o‘zingizni
yaxshi tutasiz. Yangi muammolar sizni cho‘chitmaydi. Yangi topshiriqlar bilan
silliq munosabatda bo‘lasiz.
14-18 ball — Sizda muomalaga kirishish normada. Ko‘p
narsani bilishga
qiziqasiz, suhbatdoshingizni yaxshi tinglaysiz, boshqalar bilan suhbatda o‘zingizni
bosiq tutasiz, o‘z fikringizda qat’iy turasiz. Lekin turli shovqinli, ko‘p gaplar
bo‘ladigan vaziyatlar sizda ko‘zg‘alishni vujudga keltiradi.
9-13 ball —siz normadagi yuqori darajada muloqotga kirishuvchansiz.
ko‘p narsani, ko‘p
gapirishga, turli mavzularda fikrlashni bayon etishga
harakat qilasiz. odamlar bilan tez tanishasiz, barchani e’tiborida bo‘lishga,
qo‘lingizdan kelmasa ham boshqalar iltimosini bajarishga harakat qilasiz.
4-8 ball — Siz haddan tashqari muomalaga kirishuvchansiz. Barcha sohalar
bo‘yicha ma’lumotga egasiz. Turli bahs va tortishuvlarda ishtirok etishga harakat
qilasiz.
Har qanday mavzuda, u sizga judayam yuzaki tanish bo‘lsa ham so‘z
olishingiz mumkin. Har qanday ishni uddasidan chiqa olmasangiz ham harakat
qilib ko‘rasiz.
3-va undan kam bo‘lsa juda ko‘p gapirasiz, o‘zingizga aloqador bo‘lmagan
narsalarga ham aralashaverasiz. Boshqalar uchun siz bilan, o‘yda, ishda va boshqa
joyda muomalada bo‘lish juda qiyin.
Dostları ilə paylaş: