56
rag‘batlantiruvchi axborotni berish zarur. Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali
uyushtirish mumkin. Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o‘rgatish shunga
taalluqlidir. Ruhiy madaniyatga o‘rgatishni o‘smirlik yoshidan boshlash muhim,
chunki o‘z shaxsi haqidagi axborotga qat’iy ehtiyoj
xuddi shu davrda vujudga
keladi. O‘smirlikda o‘zining “Men”i xususida ziddiyatli kechinmalar boshlanadi.
Ilk yoshlik paytida - o‘z ruhiy holati haqida hayol surish kuchaygan, muloqot juda
ahamiyatli va g‘oyat tanlab o‘tkaziladigan yoshda inson shaxsi, shaxslararo
muloqot to‘g‘risidagi axborot zarurdir.
N.P. Anikeeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs
muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsni to‘laroq ochib berishi, uni
niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya - rollarni tanlash albatta insonning o‘z
mohiyatiga,
uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat darajasiga, o‘z-o‘zini tanqid qila
olishiga, xulq - atvorining puxtaligiga, o‘zining chetdan ko‘ra bilish qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi. (Jamoada ruhiy muhit. 146-147 bet)
Ba’zan
muloqotdagi
muvaffaqiyatsizliklar
yoshlarni
benuqsonroq,
himoyalanganroq bo‘lish uchun o‘zidagi eng
yaxshi narsalarni yashirishga,
bo‘zishga majbo‘r etadi. Erta o‘smirlik paytida yig‘it va qizlar yakkalik holatini
boshdan kechiradi. Ular his-tuyg‘ularini hech kimga aytishmaydi. O‘zi haqidagi va
atrofdagi kishilar haqidagi axborot - muloqot usullarini va mazmunli muloqotni
tashkil etishga intilishni belgilab beradi. Bo‘ning uchun ruhiy tusdagi muayyan
ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Har bir kishiga xos bo‘lgan ruhiy xususiyatlar
asab tizimi turi bilan belgilanadi va avvalo temperamentda: ta’sir ko‘rsatish
sur’atida, ham tabiiy signallarda (ovoz, yorug‘lik, rang, hid, haroratning
o‘zgarishi), ham ijtimoiy signallarda (so‘z, voqea, o‘ta sezgirlikda,
emotsional
ko‘zg‘aluvchanlikda, tashvishliliq darajasida, ekstraversiya, introversiya) namoyon
bo‘ladi. Ekstroversiya bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot
sohasida yorqin namoyon bo‘ladi. Ekstroversiya - individning tashqi dunyoga,
introversiya - ichki dunyoga qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog‘liq
ekstroversiya xususiyatlari ustun bo‘lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar,
tanishishlar doirasiga moyil bo‘ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi tanishlar
orttiradilar, shovqin - suronli davralarni yoqtiradilar. Introvertlar - bo‘ asab
faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o‘z ichki dunyolariga berilishga,
kechinmalarga moyillar. Atrofdagilardan ko‘p tashvishlanadilar,
ular yaqinlarning
tor doirasini ma’qul ko‘radilar. ”Ekstroversiya-introversiya” o‘qining o‘rtalarida
joylashgan kishilar psixologiyada sentrovertlar degan nomni olgan. Ular me’yorida
kirishimli, me’yorida yolg‘izlikka moyildirlar.
Nutq bilan ishlash orqali ham muloqotga o‘rgatish mumkin. Masalan, ovozni
57
baland chiqarib she’r o‘qish, hikoyani gapirish kabi treninglar ham muloqotni
shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni esa o‘yin faoliyati
davomida muloqotga o‘rgatish oson kechadi.
Muloqotga o‘rgatishda o‘yin va noo‘yin
shakllarini
qo‘shib
olib
borishning ahamiyati katta:
1. Darsga norasmiy muloqot elementlarini kiritish. Ayni paytda didaktik
o‘yinlardan foydalanish, ularda muloqot tashkilotchisi rolini muallim emas,
o‘quvchilardan biri bajarishi.
2. E’tiborni javobning ijobiy jihatlariga qaratish. O‘quvchilar o‘rtoqlarining
javoblarini xolisona baholashga maxsus o‘rgatiladi, ayni paytda mayda -
chuydalargacha e’tiborni qaratib, o‘rtoqlarining javoblaridagi
eng muvaffaqiyatli
jihatlarini ajratib ko‘rsatishni o‘rganish. Kamchiliklarni qanday qilib yo‘qotish
haqida bahslashish, ya’ni kamchilikni bitta o‘quvchining o‘ziga aytish orqali ta’sir
qilish.
3. Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o‘ziga xos
xususiyatga ega. Ushbo‘ o‘quv qo‘llanma jamiyatning yangilanish davrida inson
ma’naviyati va ruhiyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning psixologik tabiatini
anglashga yordam beradi.
Yaratiladigan yangi qo‘llanmalar oldiga talaba - yoshlarni ma’naviy
dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g‘oya asoslarini singdirish,
vatanparvarlik hissini tarbiyalash, o‘tmish va bo‘yuk
kelajak haqida fikrlash, u
bilan faxrlanish hissini, yangicha tafakkurni shakllanishi jarayonidagi ziddiyatlar
va ularni bartaraf etish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: