67
GLOSSARIY
ABSTRAKTSIYA
- (lot, abstractio- mavxumlashtirish) – narsalarning o‘ziga
xos
belgi va xususiyatlarini, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, narsalarning muhim
belgi va xususiyatlarini ajiratib olishga qaratilgan fikrlash operatsiyasi.
AVTORITARIZM
– (lot. auct’ritas – hokimiyat ta’sir) –
buyruq asosidagi
talabalarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunush. Uni avtoritet so‘zi bilan
adashtirmaslik kerak
ADAPTATSIYA
– (lot. adatare – moslashtirmoq) – sezgi a’zolarining
qo‘zg‘ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o‘zgarishi A.
hodisalarida sezgirlik ortirishi
hamda kamayishi mumkin; kuchli ta’sirotdan
kuchsiz ta’sirotga o‘tganda sezgirlik asta-sekin ortib boradi; ta’sirot kuchayganda
esa, sezgirlik aksincha kamayib boradi. A. qonuniyati barcha sezgilarga xosdir.
(ko‘ruv A.si, eshitish A.si, teri A.si)
ADOLAT
– axloqiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy
ong kategoriyasi, u insonning
daxlsiz huquqlari to‘g‘risidagi tarixan o‘zgarib kelgan tasavvurlari bilan bog‘liq.
A. shaxslarning asli kimligi bilan ularning ijtimoiy mavqelari,
huquqlari bilan
burchlari, qilmishlari bilan «qidirmish»lari, jinoyat bilan jazo o‘rtasidagi moslikni
taqozo etadi. Bu nisbatlar o‘rtasidagi nomunosiblik A.sizlik deb baholanadi
ALAXLASh
– psixik qo‘zg‘alishning ko‘rsatkichi bo‘lib, noto‘g‘ri xulosa,
fikr, qarashlarni tashkil etadi; uni tuzatib bo‘lmaydi.
ALTRUZM
– (lot. alter – boshqa) – shaxs qabul qilgan qadriyatlar
yo‘nalishi bo‘lib, bunda uning ma’naviy bahosi mezoni va asosiy mohiyatida o‘zga
odamning yoki ijtimoiy guruhning qiziqishlari yotadi.
AMBIVALYeNTLIK
– (yunon. ambi – tevarak, ikki tomondan, lot. valentia
– kuch) – bir vaqtda qarama-qarshi hissiyotlarning namoyon bo‘lishi. (mas., kulgu
va qayg‘u, xusandlik va kulfat). A. – shaxsdagi
ichki nizolarning namoyon
bo‘lishi.
BOShQARISh
- tabiatning turlicha bo‘lgan (biologik, ijtimoiy va texnik,
tizimlari
funktsiyalarini, ularning ishini tashkil qilish) maqsad va dasturlarini
amalga oshirishga qaratilgan jarayon
Dostları ilə paylaş: