55
11. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim (I - IV sinflar),
tayanch
o‘rta ta’lim (V-IX sinflar) hamda umumiy o‘rta (X-XI sinflar)
bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
12. Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olish
uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratiladi.
13. Tayanch o‘rta ta’lim bilimlarning zaruriy hajmini beradi, mustaqil
fikrlash, ta’lim dasturi mazmuniga mos
qobiliyat va amaliy tajriba
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quvchilarga yo‘nalishni ixtiyoriy tanlash
asosida ta’limni akademik litseylarda davom ettirish huquqini beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim umumta’lim dasturlarini o‘zlashtirish asosida
o‘quvchilarda ijtimoiy hayot uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallash, kompetensiyalarni
shakllantirish, kasb-hunar ko‘nikmalarining
o‘zlashtirilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni
talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltiradi hamda ta’limning navbatdagi
bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim – umumta’lim muassasasi bitiruvchilariga
yo‘nalishni ixtiyoriy tanlash asosida ta’limni kasb-hunar va oliy ta’lim
muassasalarida davom ettirish huquqini beradi.
14. Umumiy o‘rta ta’lim mazmuni o‘quv
rejasi davlat va maktab
komponentlardan iborat bo‘ladi.
Davlat komponentlari umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti
bilan belgilanadi.
Maktab komponentlari o‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyatlaridan,
maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib
chiqib belgilanadi.
15. Umumta’lim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi
mumkin:
boshlang‘ich maktab (o‘qitish muddati 4 yil: I - IV sinflar);
umumta’lim maktabi (o‘qitish muddati 11 yil: I - XI sinflar);
ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab (o‘qitish muddati 7 yil:
V - XI sinflar);
ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish
muddati
5 yil: VII - XI sinflar);
futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati
5 yil: V - IX sinflar);
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat) (o‘qitish muddati 10 yil:
I - X sinflar);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati
11 yil: I - XI sinflar);
alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (o‘qitish muddati zaruriyatga ko‘ra);
56
ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlari (o‘qitish
muddati zaruriyatga ko‘ra);
ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab- internatlari (o‘qitish
muddati zaruriyatga ko‘ra).
16. Umumta’lim muassasalarida iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish
va ularni ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim
muassasalarida
(sinflarida) o‘qitish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi.
17. Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat), san’at
va
madaniyat,
olimpiya
va
milliy
sport
turlari
bo‘yicha davlat
ixtisoslashtirilgan maktab-internati, jismoniy yoki psixik rivojlanishida
nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat),
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat,
alohida sharoitlarda
ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish tartibi va ular faoliyatining
alohida
xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
18. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, alohida
sharoitlarda yoxud uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan
bolalarning
ta’lim olishlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabda (maktab-internatda);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda;
inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda yashash joylaridagi umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida;
uyda yakka tartibda;
davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda.
19. Olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi
bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli
tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining
filiallari tashkil etiladi.
Umumta’lim muassasalarining filiallarida o‘quvchilar soni 100
nafargacha bo‘ladi.
Boshqa umumta’lim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-texnik
bazasining holatidan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari
hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlarining takliflariga ko‘ra,
tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari asosida o‘quvchilarining
soni 180 nafargacha bo‘lgan o‘rta ta’lim muassasalari
ham filiallarga
aylantirilishi mumkin.
20. Zaruriyatga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning
yashashi va ovqatlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.
22. O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslarning (keyingi o‘rinlarda - ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib,
bolalarning
ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish maqsadida umumta’lim
muassasalarida kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilishi mumkin.
57
Kuni uzaytirilgan guruhlarning faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan
kelishilgan holda belgilanadi.
23. YAngi o‘quv yilida umumta’lim muassasasida tashkil etiladigan
sinflar
soni
muassasaning
xarajatlar
smetasida
nazarda
tutilgan
ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri
kelmagan hollarda, tuman (shahar) xalq ta’limi
bo‘limlari va tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlarining roziligi bilan
qo‘shimcha sinflar tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: