50
Rahbarning vaqtni boshqarishi muammoni
malakali tarzda aniqlay olish,
maqsad va vazifani to‘g‘ri belgilash, xodimlar o‘rtasida ishni taqsimlay olish
qobiliyatiga asoslanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbari ish faoliyatida vaqtni to‘g‘ri
taqsimlamaslik oqibatida quyidagi muammolar kelib chiqishi mumkin:
1.
Doimiy shoshilish. SHoshilish holatida shaxs biron-bir masala ustida
to‘xtab, batafsil mulohaza yuritolmaydi, jamoaga mos
qaror qabul qila olmaydi va
qaralaѐtgan masalaga takroran qaytishga to‘g‘ri keladi. 2.
CHarchash. Doimiy
shoshilinch sharoitida uzoq vaqt ishlash, o‘rinbosarlariga ishlarni to‘g‘ri
taqsimlamaslik natijasida yuzaga keladigan holat.
3.
Pala-partishlik. Ishni ѐmon tashkil etish, rejalashtirmaslik natijasi. Bu
ayrim hollarda inson o‘z hissiѐtini boshqara olmaslik oqibatida namoѐn bo‘ladi.
4.
Ishni rejalashtirmaslik. Ko‘p hollarda bu xislat alohida shaxs emas, balki u
ishlaydigan tashkilot muammosi hamdir.
5.
Mehnat qilishga bo‘lgan motivatsiyaning sustligi. Bu omil ish
unumdorligining pastligiga va natijada me’ѐrdagi vazifalarni vaqtida bajara
olmaslikka sabab bo‘ladi.
6.
Iroda sustligi. Diqqatni
jamlay olmaslikda, beqarorlikda namoѐn bo‘ladi.
Qaror qabul qilishning qiyinligi uning ijrosini ham orqaga cho‘zib yuboradi.
7. Ishni bajarishda ѐki uni tashkil etishda kasbiy mahorat –
professionalizmning etishmasligi.
Vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha har bir rahbar va pedagog xodim
quyidagilarni ѐdda tutishi lozim:
1. Vaqtni haqiqatan ham juda muhim vazifalarni hal etishga sarflash.
2. Kunni rejalar bilan to‘ldirib yubormaslik, belgilangan ishlar orasida
tasodifiy va tezkor ishlar uchun bo‘shliqlar qoldirmaslik.
3. Muhim (3 tagacha) va ikkinchi darajali (5 tagacha) ishlarni rejalashtirish.
4. Kunini qiyin, muhim va ѐqimsizroq ishlardan
boshlash va yakunlashda
oddiyroq, ѐqimliroq ishlarga o‘tish.
5. Eski ishni tugallab, keyin yangisiga kirishish. YAngi ishni boshlab har
qanday sharoitda uni tugatishga ishonch hosil qilish.
6. Vaqtni ko‘p oladigan ѐki o‘z vaqtini rahbar hisobidan tejaydigan
xodimlardan uzoqroq bo‘lish.
7. Vaqtni boshqarishga oid qobiliyatni tahlil qilishga o‘rganish.
8. O‘zini ―harakatsizlikda‖ ayblayvermaslik. Rahbar faoliyatida ijodiy
tanaffuslar bo‘lib turishi maqsadga muvofiq.
«Ikir-chikirlar bezovta qilganligi»
doim quloqqa chalinadi, xizmat
vazifalarini bajarishga vaqt qolmaydi. Ijod haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Aytish
joizki, bunday so‘zlar asoslidir. Rahbar bu hakda jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak.
CHarchagan, holdan toygan xodim ѐki maktab o‘qituvchisi ijodiy ishlashga qodir
emas.
Nima qilish kerak?
•
Xodim (o‘qituvchi)ning ortiqcha ishlashida aybdorlarni o‘zingizdan
tashqarida izlamang.
•
O‘qituvchi vaqti uchun sabot bilan, izchil ish olib boring.
51
•
Sizning ko‘rsatma, talablaringiz qancha vaqt sarf talab qilaѐtganligini tahlil
qiling.
•
Muayyan bir xodim ish vaqtini xronometraj qiling,
vaqtning ishga oid
bo‘lmagan sarflarini aniqlang va tahlil qiling.
Eslatma. «Rahbar va vaqt»
1. O‘zining va boshqalar vaqtini tashkil k
ilishga o‘rganish vaqtni idora
qilishni o‘rganishdir.
2. Hamma narsani o‘z vaqtida qilish — haѐtdagi va ishdagi eng katta boylik.
3. Siz vaqtga qanday munosabatda bo‘lsangiz, u sizga shunday munosabatda
bo‘ladi.
4. Rahbar vaqtdan unumli foydalanishga va boshqalarni shunga o‘rgatishga
majbur bo‘lgan tashkilotchidir.
5. O‘z vaqtida bajarilmagan narsa o‘z ijrosi uchuy ancha ko‘p vaqt va kuch
talab qiladi.
6. Vaqt ozligidagina emas, balki ko‘pligida ham ishlashni bilish kerak.
7. Rahbar vaqt ustidan hukmron emas, lekin u vaqtdan oqilona foydalanishi
mumkin.
8. Har qanday vaqt oralig‘ida biror foydali va zarur narsa qilish mumkin.
9. Hozir va bugun bajarish mumkin bo‘lgan
narsani keyinga va ertaga
qoldirmaganingiz yaxshi.
10. Vaqt ozligida ѐki yo‘qligida vaqt topa bilish — raqbarning eng oliy
san’ati.
11. Eng qimmat haq boy berilgan va yo‘qotilgan vaqt uchun to‘langan
hakdir.
12. Eng ko‘p tarqalgan jinoyat vaqtni o‘g‘irlash, sarflash va behuda
o‘tkazishdir.
Vaqtdan foydalanishni o‘rganish maqsadga yo‘l topish demakdir.
Xulosa
Dars jaraѐnida ta’kidlanganidek, raqbarning belgilangan vaqtdan samarali
foydalanishi muvaffaqiyatli boshqaruv bilan chambarchas bog‘likdir. Bu esa, o‘z
navbatida, quyidagi xulosalarni kdlishga asos bo‘ladi.
Birinchi xulosa. Rahbarlar haftalik vaqti byudjetining o‘tkazilgan
xronometraji natijalarining ko‘rsatishicha, ular eng ko‘p vaqtni ma’muriy-xo‘jalik
faoliyatga, yuqori tashkilotlar topshiriqlari bo‘yicha hisobotlar tayѐrlashga,
majlislarda ishtirok etishga sarflaydilar.
Pedagoglar jamoalari bilan ishlashga, ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya
jaraѐnining holatini tahlil qilishga sarf qilinadigan vaqt o‘rtacha bor-yo‘g‘i 10-15
foizni tashkil etmoqda. Ushbu natijalar rahbarlar faoliyatida pedagogik yo‘nalishga
e’tibor sustligini ko‘rsatadi.
Bu, o‘z navbatida, ta’lim boshqaruvi idoralari va muassasalari rahbarlarining
malakasini
doimiy oshirish, bunda ularning kasbiy faoliyatlaridagi pedagogik
yo‘nalishni kuchaytirish, rahbarlikning pedagogik va tashkiliy-xo‘jalik jihatlarini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zaruratini hisobga olish vazifasini qo‘yadi.
Ikkinchi xulosa. Darsdagi muhokamalar jaraѐnida, tinglovchilar tajribalaridan
kelib chiqqan holda, yillik, oylik, haftalik va kunlik
ish maromini belgilab olib,
52
vaqtdan samarali foydalanish rejalarini tuzish va uni ongli ravishda joriy etish
lozimligini ta’kidlashdi.
Uchinchi xulosa. Ishlab chiqarilgan rejaga asosan, amalga oshirish lozim
bo‘lgan ishlarni quyidagi tarzda uch guruhga bo‘lish mumkin:
Dostları ilə paylaş: