Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

quyidagilardan iborat:  
1. Ishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, vaziyatni pedagogik tahlil qila bilish, 
vaziyatdan to‘g‘ri chiqa bilish, har bir ishga ijodiy ѐndashuvish, o‘zining shaxsiy 
ibrati, ishga bo‘lgan munosabati bilan pedagogik jamoani ergashtira bilish.
2. Pedagogik mahorat va boshqara olish mahorati, fan yutuqlarini 
o‘zlashtirish, yangi g‘oyalar, ichki imkoniyatlarni qidirib topib, uni amaliѐtga tatbiq 
etish.
3.Umummadaniyatlilik, ziѐlilik, milliy qadriyatlarni qadrlash, jahon 
madaniyati durdonalaridan xabardorlik, dunѐqarashning kengligi, mehribonlik, 
insonparvarlik, o‘qituvchi, o‘quvchi shaxsini hurmat qilish.
4. Pedagogik madaniyat hozirgi zamon pedagogika, psixologiya sohasiga 
oid yangiliklardan xabardor bo‘lish, innovatsion texnologiya, didaktik bilimlardan 
boxabarlik. Kuchli pedagogik qobiliyatga egalik.
5. Tashkilotchilik – har bir pedagog xodimga uning harakteri, imkoniyatlari 
va ehtiѐjidan kelib chiqib vazifa berish, muomala qilish. Jamoa ishonchiga kirish, 
aytilgan fikr, taklif, qabul qilingan qarorning o‘z vaqtida bajarilishiga erishish. 
Pedagogik jamoa, maktab oldida turgan vazifalar, maqsadlar, istiqbolni aniq 
belgilash.
6. Kommunikativlik – odamlar bilan o‘zaro samimiy munosabat o‘rnatish, 
muloqotga kirishish, jamoani ishontira bilish, ѐrdam berish, xodimlar kayfiyatini 
ko‘tarish, ixtiѐriy-majburiy o‘z orqasidan ergashtirish. 7. Aqlan etuklik – jamoaning 
har bir a’zosini, o‘quvchini, ota-onani e’tibor bilan eshita bilish, har bir ishning 
muqobil variantlarini e’tiborga olish va amalga oshirish.
8. Nutq madaniyatiga egalik – mantiqli, qisqa, lo‘nda, obrazli fikrlay bilish, 
fikrni qiѐmiga etkazish, o‘z so‘zamolligi bilan suhbatdoshi (ѐki jamoa) qalbiga kirish 
kabilar ijodkor rahbarda mujassam bo‘lmog‘i kerak.
SHu bilan birga ta’lim muassasalar rahbarlarining ish faoliyatida zarur 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin