Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
30. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklari 
nimalardan iborat? 
Amir Temur o‘z davrida davlatning kuch va qudrati uning qonunga amal 
qilishida ekanligini ta'kidlab o‘tgan. Mustaqil O‘zbekistonda qonun insonga uning 
huquq va erkinliklarini kafolatlab beradi. Mustaqillikning e'lon qilinishi va 
davlatning muhim hujjati – Konstitutsiyani yaratishda xalqaro huquq me'yorlariga 
amal qilinishi O‘zbekiston Respublikasining siyosiy aktlaridan biridir. 
Konstitutsiyada, inson, uning huquq va erkinliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan 
(2-bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari). O‘zR 
Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklari uch guruhga 
bo‘linadi: 
I guruh: Shaxsiy huquq va erkinliklar: 
 shaxsning yashash va qadr-qimatini himoyalash huquqi; 
erkinlik va shaxsiy dahlsizlik
 turar joy dahlsizligi; 
 erkin ko‘chish va turar-joy tanlash huquqi; 
 so‘z, fikrlash va e'tiqod erkinligi; 
 vijdon erkinligi. 
(7-bob 24-31- moddalar O‘zR Konstitutsiyasi) 
II guruh: Siyosiy huquqlar: 
 siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari tuzish; 
 yig‘ilish, miting, namoyishlarda ishtiroq etish; 
 jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish; 
 Davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.
(O‘zR Konstitutsiyasi 8-bob, 32-35 moddalar) 
III guruh: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar: 
 mulkdor bo‘lish; 
 mehnat qilish va erkin kasb tanlash; 
 turar joyga ega bo‘lish; qonun doirasida iqtisodiy faoliyat yuritish; 
 ijtimoiy ta'minot olish; 
tibbiy xizmatdan foydalanish
 ijod erkinligi. 
(O‘zR Konstitutsiyasi 9-bob, 36-42 moddalar) 
 
31. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi. 
O‘zbekistonda davlat hokimiyatini faqat Konstitutsiya asosida, qonunlarda 
ko‘zda tutilgan tartibda va ular asosida tuzilgan idoralar tomonidan amalga 
oshiriladi. Davlat idoralari faqat qonunda ko‘rsatilgan vakolatlari doirasidagina 
faoliyat ko‘rsatadi. Hokimiyat davlat hokimiyatining keng tarmoqlari orqali 
amalga oshiriladi. Masalan, vakillik organi bo‘lmish Oliy Majlis qonunlar 
chiqaradi. Ijro etuvchi hokimiyat – hukumat, Vazirlar Mahkamasi qonunlarning 


20 
ijrosini ta'minlaydi. Sud organi odil sudlov sifatida qonunlar asosida bahsli 
masalalarni hal qiladi. Bu organlarning har biri ma'lum doiradagi vakolatlarga ega 
va birgalikda o‘zaro bog‘langan yagona davlat tizimini tashkil etadi. 
Konstitutsiyaning 11 – moddasida O‘zbekiston Respublikasida davlat 
hokimiyatini tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy prinsipi mustahkamlab 
qo‘yilgan: 
“O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga 
asoslanadi”. 
Hokimiyatning bo‘linish prinsipini demokratik davlatlarning tarixiy 
rivojlanishi davomida jahon hamjamiyati ishlab chiqqan. Uning mazmuni shundan 
iboratki, davlat hokimiyati funksiyalarining mustaqil davlat tashkilotlari orasida 
bo‘linishi mavjud bo‘lgandagina davlatda demokratik siyosiy tuzum o‘rnatilishi 
mumkin. 
Hokimiyatning bo‘linish prinsipiga muvofiq, davlatning qonun chiqarish, 
ularni bajarish va odil sudlov borasidagi faoliyati hokimiyatning uch tarmog‘i – 
Parlament, hukumat va sud o‘rtasida taqsimlanishi zarur. Bunda hokimiyatning 
biror tarmog‘i boshqa birining faoliyati sohasiga aralashmasligi zarur. O‘zaro bir-
birini tiyib turish, hokimiyatning barcha tarmoqlarini mutanosiblashtiradi, ularning 
munosabatida ma'lum muvozanat yaratadi. Ushbu prinsipning amalga oshirilishi 
xalq hokimiyatining biror guruh yoki alohida shaxs tomonidan suiiste'mol 
qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisi, ijro etuvchi hokimiyatni esa O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Sud hokimiyati 
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, 
ular birgalikda O‘zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin