Ta’zimdamiz ustozlar” nomli tadbir senariysi



Yüklə 72 Kb.
səhifə1/7
tarix22.01.2023
ölçüsü72 Kb.
#80092
  1   2   3   4   5   6   7
1 oktyabr Ustoz-va-murabbiylar-kuni


Ta’zimdamiz ustozlar” nomli tadbir senariysi.


I.Boshlovchi:


So’zlarning ichida eng shirin kalom
Shubhasiz , o’zbeklar uchun Assalom!
Assalom ,qalblari mehrga to’lgan.
Zahmatkash ustozim, dildan-assalom!


II.Boshlovchi:


Yurak so’zim tinglahg, mehribon ustoz,
Sha’ningizga ezgu so’z aytsam bo’lar soz.
Lekin qalb mulkidan men sizga loyiq
Otash so’z topolmam, ey aziz ustoz.
(Madhiya haqidagi she’r audio tarzda qo’yiladi Madhiya ijro etiladi)


I.Boshlovchi.
Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, biz yoshlarga beminnat ilm-ziyo tarqatuvchi , o’z yo’limizni topib olishda charog’bon misoli nur taratuvchi mehri daryo, qalbi-qaynoq ustozlar! Kelajakda orzulari bisyor, bilimga chanqoq tengdoshlaru va ko’zlari porlab turgan jajji ukajonlar.


I.Boshlovchi:__Ha_to’g’ri_aytasiz,_Asaloy'>I.Boshlovchi:__Mehriniso'>II.Boshlovchi:
Mehriniso bilasizmi, ustoz, muallim deganda har qanday kishining ko’nglida chuqur-hurmat e’htirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg’usi, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o’lchab, ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi.
I.Boshlovchi:
Ha to’g’ri aytasiz, Asaloy, xalqimiz bejizga “Ustoz-otangday ulug’ ” deb aytishmagan.Mana bugun siz azizlar bilan bu yerda yig’ilib turishimizning boisi ham, shu mo’tabar ustozlarimizdir. Ya’ni 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Ta’zimdamiz ustozlar”nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazmoqdamiz. Chiroyli tabriklar va kuy-qo’shiqlar orqali mehribon ustozlarimizni oz bo’lsada ko’ngillarini shod qilmoqchimiz.
I.Boshlovchi:
II.Boshlovchi(Birgalikda).
BAYRAMINGIZ QUTLUG’ BO’LSIN, AZIZ USTOZLAR…
I.Boshlovchi:
Tadbirimizni ochib berish uchun endigi navbatni aziz ustozimiz, maktabimiz direktori Dildora Ismoilovnaga beramiz. Marhamat ustoz.
II.Boshlovchi:
Rahmat ustoz, bayramingiz qutlug’ bo’lsin. Hamisha yuzingizdan kulgu tabassum arimasin.Biz kabi shogirdalringiz baxtiga doimo sog’-salomat bo’ling.


I.Boshlovchi:
Ilk marta partaga sekin o’tqazib,
Jajji qo’llarimga qalam tutqazib,
Menga harf tanitgan qalbi jahonni
Aslo unutmayman o’sha insonni.
BIRGALIKDA:
Doim yuragimda ulug’ muhabbat
Birinchi ustozim sizga ming rahmat!
II.Boshlovchi:
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor
Siz-ku yuraklarga nur , ziyo sochgan.
Olimmi, shoirmi yoki san’atkor
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.
I.Boshlovchi:

Dono xalqimizdaning bir naqlida:”Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, bug’doy ek; o’n yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang tok ekib bog’ qil; umr bo’yi yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, muallimlik qil” deyilgan. Ko’rinib turibdiki, azal-azaldan o’qituvchilik eng oliyjanob kasb hisoblangan..


II.Boshlovchi:
Sohibqiron bobomiz Amir Temur uch holatda zudlik bilan otdan tushar ekanlar: Ustozlarini uchratib qolganlarida, non bo’laklarini yerga ko’rganlarida va qabriston yonidan o’tayotganlarida. Demak, Sohibqiron ustozlarga nisbatan juda katta hurmatda bo’lganlar.Bu ulug’ zotdagi ezgulik va insoniylik xislatlarini ota- onalari va ustozlari tarbiyalagani barchamizga tarixiy manbalardan ma’lum.

Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin